Mavzu: estetika predmeti,tafakkur tarixi va uning asosiy bosqichlari



Yüklə 18,87 Kb.
səhifə1/3
tarix29.11.2023
ölçüsü18,87 Kb.
#139325
  1   2   3

MAVZU:ESTETIKA PREDMETI,TAFAKKUR TARIXI VA UNING ASOSIY BOSQICHLARI
REJA:
1.MARKAZIY OSIYODA YASHAB IJOD ETGAN MUTAFAKKIRLAR IJODIDA ESTETIK QARASHLAR.ABU NASR FAROBIY,ABU RAYHON BERUNIY,ABU ALI IBN SINO,ULUG’BEK,UMAR HAYYOM,ALISHER NAVOIY VA BOSHQALAR IJODIDA UNING AKS ETISHI
2.NEMIS MA’RIFATPARVARLIGI ESTETIKASI
3. RUS REVOLYUTSION DEMOKRATLARI N.R.CHERNISHEVSKIY,V.R.BELINSKIYNING ESTETIK QARASHLARI
Nafosatshunoslik yohud estetika eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki yarmicha ming yillik vaqtni o’z ichiga oladi. Biroq u o’zining hozirgi nomini XVIII asrda olgan. Ungacha bu fanning asosiy muammosi bo’lmish go’zallik va san’at haqidagi mulohazalar har xil san’at turlariga bag’ishlangan risolalarda, falsafa hamda ilohiyot borasidagi asarlarda o’z aksini topgan edi. "Estetika" atamasini birinchi bo’lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714-1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug’ olmon faylasufi Laybnits (1646-1716) ta’limotidan kelib chiqhan holda munosabat bildirgan edi. Laybnits inson ma’naviy olamini uch sohaga aql, ixtiyor, hissiyotga bo’ladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o’rganish lozimligini ta’kidlaydi. Baumgartengacha aqlni o’rganadigan fan mantiq ixtiyorni o’rganuvchi fan esa axloqshunoslik (etika) ni falsafada ko’pdan buyon o’z o’rni bor edi. Biroq hissiyotni o’rganadigan fan falsafiy maqomdagi nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi xizmati shundaki, u "his qilish", "sezish", "his etiladigan" singari ma’nolarni anglatuvchi yunoncha "oyestetikos" so’zidan "estetika" (olmoncha "estetika" "eshtetik") iborasini olib, ana shu bo’shliqni to’ldirdi.
Baumgarten nafosatshunoslikni hissiy idrok etish nazariyasi sifatida ilgari surdi. Lekin, ko’p o’tmay, u goh "go’zallik falsafasi", goh "san’at falsafasi" sifatida talqin etila boshlandi. Nafosatshunoslik fanining eng buyuk nazariyotchilaridan biri Hegel esa o’z ma’ruzalarining kirish hismida yozadi: "Estetika" degan nom muvaffaqiyatsiz chiqqani va yuzaki ekani sababli boshqa atama qo’llashga urinishlar bo’ldi. So’zning o’z-o’zicha bizni qiziqtirmasligini nazarda tutib, biz "estetika" nomini saqlab qolishga tayyormiz, buning ustiga, u odatiy nutqqa singishib ketgan. Shunga qaramay, bizning fanimiz mazmuniga javob beradigan ibora, bu "san’at falsafasi" yoki yana ham aniqroq qilib aytganda "badiiy iyod falsafasi".
Hegelning "estetika" atamasidan ko’ngli to’lmaganligiga jiddiy sabablar bor. Bulardan biri yuqorida uning o’zi aytib o’tgan fikrlari bo’lsa, ikkinchisi mazkur so’zning barcha his tuyg’ularga taalluqliligi. Vaholanki, fanimiz faqat nafosatli his tuyg’ular va ularning ziddini nazarda tutadi. Ayniqsa, mana shu ikkinchi sababga ko’ra, "estetika" atamasining talabga javob berishi shubhali. Buning ustiga allaqachon fanimizning tadqiqot doirasi san’at hududidan chiqib, inson hayotining deyarli barcha sohalariga yoyilib ketgan. Shu bois biz "nafosatshunoslik" atamasini ilmiy muomalaga kiritishni maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. Zero mazkur atamaga asos bo’lgan "nafis", "nafislik", "nafosat" so’zlari o’z qamrovi bilan fanimiz talabiga to’la javob byera oladi. "Nafis" so’zi "o’zbek tilining izohli lug’ati"da go’zal, nozik, latif, yoqimli, badiiy jihatdan juda yuksak ma’nolarida izohlanadi. Bundan tashqari "estetika" ("eshtetik") so’zi olmonlardagi yoki ruslardagi kabi bizda keng yoyilib, xalqimiz nutqiga singishib ketgan emas.
Sharqda «Ikkinchi Arastu», «Ikkinchi muallim» deya e’tirof etilgan buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiy filosofiya so’zini «Hikmatni qadrlash» deb talqin etgan. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida «donishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot va insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e’zozlash ma’nosida ishlatilgan.
Hayot qonuniyatlarini yaxshi biladigan, umrning o’tkinchi ekani, abadiyat insonga emas, olamga xosligini yaxshi anglab etgan, o’zi va o’zgalar qadrini to’g’ri tushunadigan kishi hech qachon «Men — donishmandman» deya ochiq e’tirof etmaydi. Ayniqsa, Sharq xalqlari hayotida bu hol yaqqol ko’zga tashlanadi. Ammo, Farobiy ta’kidlaganidek, hikmatni qadrlash, olam va odam hamda hayotning qadriga etish — boshqa gap. Shu ma’noda, bizda qadim zamonlarda faylasuf deganda, ko’pdan-ko’p ilm sohalarini egallagan, ustoz va muallim sifatida shuhrat qozongan alloma va mutafakkir kishilar tushunilgan.
Xuddi shunday, XV111-X1X asrlarda milliylik va jahon falsafasining taraqqiyotiga nihoyatda katta ta’sir ko’rsatgan hudud Prussiya bo’ldi. Uzoq vaqt Avstriya-Vengriya imperiyasi tarkibida bo’lgan bu o’lka mustaqillikka erishib, milliy davlatchiligini tiklaganidan keyin, milliy ozodlikning falsafiy in’ikosi o’laroq I. Kant, I. Hegel, Fixte, Shelling, Feyerbax kabi donishmandlar tomonidan asoslangan nemis falsafasi shakllandi. Keyinchalik bu falsafa Nichshe, Freyd kabi ko’plab faylasuflar tomonidan rivojlantirildi. Ushbu falsafa maktabining atoqli namoyandasi hisoblangan Hegel ta’limoti esa, Pruss monarxiyasining davlat mafkurasi maqomini oldi. Hamma narsaning o’tkinchi ekanligini nihoyatda yaxshi biladigan, yangi zamonning Arastusi nomini olgan Hegel Pruss monarxiyasining o’tkinchi ekanligini bilmasmidi? Nima sababdan u dialektik ta’limoti emas, balki monarxiyaga xizmat qilgan falsafiy sistemasining mukammalroq bo’lishi uchun ko’proq kuch sarfladi? degan savollar haligacha faylasuflarni o’ylantirib keladi.
Xo’sh, nima sababdan Hegel bu yo’ldan bordi? Chunki, Hegel o’z davrining, o’z xalqining farzandi edi. U mustaqil nemis milliy davlati — Pruss monarxiyasi davrining mahsuli, o’sha davr falsafasining namoyandasi edi. U «Faylasuflar osmondan yomg’ir kabi yog’ilmaydilar yoki yomg’irdan keyingi qo’ziqorinlardek erdan o’sib chiqmaydilar, balki ularni xalq yaratadi» deganida aynan ana shuni nazarda tutgan edi. Hegel o’z ijodi va faoliyati bilan Pruss monarxiyasi, garchand monarxiya shaklida bo’lsada, nemis davlati ekanligini o’z millatining ongi va dunyoqarashini tarkibiy qismiga aylantirib keta olgan buyuk faylasuf edi. Uning «Aqlga muvofiq narsalarning barchasi voqedir, voqe bo’lgan narsalarning barchasi esa aqlga muvofiqdir», degan so’zlarini ham ana shu ma’noda tushunish lozim. Hegelning bu masalada dialektik emas, balki metafizik usulga ko’proq e’tibor berganligining sababi ham ana shunda.
Bu davrga kelib Rossiyada ham falsafiy tafakkur yuksak darajaga ko‘tarildi, rus san’ati mislsiz taraqqiyotga yetishdi. Shu bois XIX asr oxiri va XX asr boshlarida rus tafakkurini tom ma’noda mumtoz deb atash mumkin.

Yüklə 18,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə