Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə24/139
tarix22.03.2024
ölçüsü2,17 Mb.
#183519
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   139
Ìàâçó Ôàëñàôà ôàíèíèíã ïðåäìåòè, ìà=ñàäè, âàçèôàëàðè âà ìóàììîë 3

Fayoztepa. Toshkentlik arxeolog L.I.Albaum Qoratepa sharqidan sakson metr narida Fayoztepa ibodatxona-monastiri majmuini ochdi. Qazish ishlari uning tomonidan 1963 -yilda boshlangan edi. Fayoztepa bino rejasi to‘g‘ri turtburchakdan iborat alohida turgan stupa shakliga ega. Bino uchta teng qismlarga bo‘lingan bo‘lib, ularning har biri ichki hovliga ega bo‘lgan. Bir qismi, aslida yashash xonasini o‘z ichiga olgan monastir bo‘lgan. Unda buddist rohiblar yashaganlar. Undan tashqari yordamchi xonalar bo‘lgan. Boshqasi – ovqatlanadigan xona, oshxona, non yopadigan xona. Uchinchisi, ibodatxonaga o‘xshagan markaziy xona. Devorlari xom g‘isht va paxsadan qurilgan bo‘lib, somonli loy bilan suvalgan va oqlangan.
Ibodatxona to‘rtburchakli hovliga ega bo‘lib, uning atrofiga shu hovliga chiquvchi 19 ta bino joylashgan. Hovlini barcha to‘rt devori bo‘ylab supa qilingan bo‘lib, ular muqaddas ohak toshlari asosida qurilgan ustunlarga suyanib turgan ayvon bilan yopilgan. Hovli devorlari nAQSHlar bilan qoplangan. Xususan, markazida ibodatxona tasvirlangan janubiy-g‘arbiy devorda nimba kiyimidagi Budda chizilgan bo‘lib, uning atrofini kichik Budda haykalchalari o‘rab turibdi. Mehrob devorlari ham yozuvlar bilan qoplangan. Devorlardan birida ikkita tik turgan Budda suratlari tasvirlangan bo‘lib, ularning har ikki tarafiga ikkita ayol ko‘rinishlari tasvirlangan. Qarama-qarshi devorda sovg‘a ulashuvchi erkaklar tasvirlangan, bundan tashqari boshqa mazmundagi suratlar ham mavjud. Chizmalarning o‘ta qimmatbaholigidan tashqari, Buddalarning bu jonli tasvirlari dunyodagi eng qadimgilari hisoblanadi. Ular milodiy I-II asrlarga tegishli.
Ibodatxonada, shuningdek, qariyb hamma tomoni bo‘yalgan va oltin suvi yuritilgan loy, alebastr, toshdan yasalgan haykal mavjud bo‘lgan. Muqaddas bodxi daraxti ostida o‘tirgan Budda va uning ikki yonida turgan ikkita monax haykalidan iborat uchlik haykallar alohida qiziqishni uyg‘otadi. Bularning hammasi korinf ustunlari ko‘tarib turgan arklarga qo‘shilib ketgan. Hammasi yaxlit ohak toshdan yasalgan sahna ustidan oltin suvi yuritilgan. Xo‘jalik xonalaridan birida kulol o‘tirib, o‘z ziyoratchilariga ibodatxonaga sovg‘a qilish uchun idishlar yasar edi. Bu yerda idishlarga hadya matnini siyoxda yozuvchi odamlar ham mavjud edi. Idishlar kulollik o‘chog‘larida pishirilar edi (o‘chok ibodatxonadan 100 metr narida topilgan). Idishlarga asosan buddizmga xos ramzli qoliplar yordamida nAQSHlar solingan. Bu ramzlar: Buddaning tovoni, «archa» – Bodxi daraxti, «Qonun g‘ildiragi»ning turli xil ko‘rinishlari va hokazolar. Yozuvlar baktriya, sug‘d, kxoroshtiy, braxma, sanskrit (qadimiy hind yozuvlari) va boshqa notanish xatlarda bitilgan. Chamasi, ibodatxonaga turli yurtlardan ziyoratchilar, savdogarlar kelishgan va ular ibodatxonaga idishlarni hadya sifatida o‘zlari bilan olib kelishgan yoki shu yerning o‘zida buyurtma berganlar. Idishlar sindirilib, parchalari yerga sochilgan.
Qazish ishlari natijasida ikkita stupa topilgan. Birinchisi 3x3 m. o‘lchamli bo‘lib, miloddan avvalgi I asrda qurilgan. So‘ngra milodning I asrining oxirida Vixarani qurishda (Kanishka davrida) uni o‘z ichiga olgan yangi, ikkinchi stupa qurilgan, u ancha baquvvat bo‘lib, balandligi 10 metr, uzunligi 25 metr keladi. III asrda Kushon podshohligiga bostirib kirgan Eron sosoniychi qo‘shinlari buddizm ibodatxonalarini, shu jumladan Fayoztepani ham vayron qiladilar. Bosqinchilar hamma oltin buyumlarni olib chiqib ketadilar, haykallarni esa sindirib tashlaydilar.Fayoztepani Qoratepa bilan solishtirganda quyidagilarni qayd etish mumkin. Fayoztepa ochiq tekislikda aniq reja asosida qurilgan bo‘lsa, Qora tepa balandlikda joylashgan, Termiz shahridan ancha yuqorida bo‘lib, uzoqdan ko‘rinib turgan alohida majmualardan iborat.Fayoztepa shahardan tashqaridagi kam sonli buddist ruhoniylar jamoasining yashash, ovqatlanish, o‘zaro muloqot qilish va zarur diniy marosimlarni bajarish uchun qurilgan alohida monastir bo‘lgan. Qoratepada yirik ibodat markazi joylashgan. Katta maydonda buddizmga oid alohida majmualar bor. Ular g‘orlar va yer yuzasidagi binolarni o‘z ichiga oladi. Binolar turli balandlikda qurilgan, ba’zida ikki qavatdan iborat. Binolarning har biri atrofi ayvonli ibodatxonadan iborat bo‘lib, pastroqda markaziy maydonchasi ham bo‘lgan. Tadqiqotchilar fikricha, Qoratepa faqat rohiblar jamoasi uchun emas, balki Termiz va uning atrofida yashayotgan va boshqa shaharlardan kelgan buddist qavmlar uchun ham Budda ibodatxonasi sifatida xizmat qilgan.Qadimiy Termiz shaharchasida Zurmala minorasi nomi bilan mashhur buddizm stupasining qoldiqlari bor. Bu stupa xom g‘ishtdan qilingan uch qavatli binodan iborat bo‘lib, tepasi qubba bilan yopilgan. Devorlari ohaktoshlar bilan qoplangan bo‘lib, ular keyinchalik buzilib ketgan.
Dalvarzintepa (Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumani). Fan olami Dalvarzintepa haqida 1962-yili Hamza nomidagi san’atshunoslik instituti ekspeditsiyasi qazish ishlariga kirishgan paytda bildi. Shahardan tashqaridagi buddizm ibodatxonasi, vino tayyorlash qurilmalari, dafn qilish joyi – naus topilgan. Shahar hududida kulol, hunarmand va boy zadagon o‘ylarining qoldiqlari, shuningdek, mashhur oltin dafina va fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari topilgan.O‘rta Osiyo hududlarida birinchi marta loydan yasalgan yaxshi saqlangan Budda tasviri, ko‘plab haykalchalar, bezaklar, diniy marosim buyumlari va tangalar topilgan, ular II asr oxiri III asr boshidagi buddizm ibodatxonasining markaziy binolari ichida saqlangan.
Ibodatxonani tadqiq qilish 1983-yildan boshlangan. Buddaning tik turgan haykali juda yaxshi saqlangan: uning oyoqlari mustahkam g‘ishtin asosda turibdi, kiyimlarining burmalari aniq ko‘rinishda, bularning barchasi yorqin qizil rangga bo‘yalgan. Budda sochlarining tubi asosan qora, lekin tepasi qizil rangda. Xuddi shu rang bilan qosh va ko‘zining qorachiqlari chizilgan.Qazish ishlari yanada kengaytirilganda chuqurroqda buddizm dinining personaji – bodxisatvaning o‘rab qo‘yilgan haykalchasi topilgan bo‘lib, u loydan yasalgan va pushti rangga bo‘yalgan. Uning qora sochlari medalon ko‘rinishidagi ikki qavat qora bog‘gich bilan o‘ralgan. Chap qo‘li buklab qorini ustiga quyilgan.
E’tiborga loyiq va hozirgacha jumboq bo‘lgani: bodxisatva peshonasiga alebastr surilgan chuqurcha hol qo‘yilgan. Hol ochilganda, uning ichidan halqaga yopishtirilgan kichkina oltin taqinchoq chiqqan. Boshqa binolarda katta miqdorda haykalchalar bo‘laklari, taqinchoqlar topilib, ularning ko‘pchiligiga oltin suvi yuritilgan. Budda tasvirlangan rasm parchalari, ko‘plab sopol idishlar, jumladan: devorlarida qadimgi yunon, hind yozuvidagi braxma bitiklari saqlangan ko‘za qoldiqlari,chiroqlari topilgan. Ibodatxona III asrda qurilgan.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə