Mavzu: falsafaning bahs mavzulari



Yüklə 41,13 Kb.
səhifə3/5
tarix15.06.2023
ölçüsü41,13 Kb.
#117324
1   2   3   4   5
MAVZU FALSAFAN-WPS Office

Har bir falsafiy g'oya, mafkura, bilimlar tizimi asosan o'z davri xususiyatlarini aks ettirgan. Ular zamon ruhi va ma'naviyatini o'zida mujassamlashtirgan, davr muammolarini hal etishda qo'l kelgan. Shuning uchun Aflotun, Forobiy va Beruniy, Navoiy va Gegelning asarlari va ta'limotlarida ular yashab o'tgan davr g'oyalari aks etgan.

  • Har bir falsafiy g'oya, mafkura, bilimlar tizimi asosan o'z davri xususiyatlarini aks ettirgan. Ular zamon ruhi va ma'naviyatini o'zida mujassamlashtirgan, davr muammolarini hal etishda qo'l kelgan. Shuning uchun Aflotun, Forobiy va Beruniy, Navoiy va Gegelning asarlari va ta'limotlarida ular yashab o'tgan davr g'oyalari aks etgan.
  • Kishilik jamiyati hyech qachon bir tekis rivojlanmagan. Taraqqiyot ortidan inqirozlar, yutuqlar ketidan mag'lubiyatlar, farovonliklar izidan zavolga yuz tutishlar ta'qib etgan. Muayyan jamiyat iqtisodiy-siyosiy, axloqiy-diniy, badiiy-estetik taraqqiyot borasida inqirozga duch kelar ekan, undan chiqib ketish uchun ilg'or falsafiy ta'limotlarga ehtiyoj sezadi.
  • Shuning uchun ham buyuk falsafiy ta'limotlarni, bir tomondan, madaniy-intellektual rivojlanish samarasi, ikkinchi tomondan, tub ijtimoiy o'zgarishlar taqozosi deyish mumkin. Muayyan tarixiy burilish davrida «falsafa nima o'zi?» degan masala dolzarb ahamiyat kasb etishi ham shundan. Ana shunday davrlarda kishilar falsafaning mohiyati, uning maqsad va vazifalarini yangicha idrok etganlar.

Qadimgi Yunoniston va Rim davridan buyon o'tgan ikki ming yildan ziyodroq vaqt mobaynida «falsafa endi yo'q bo'ldi, uni o'rganishning hyech bir zarurati qolmadi» qabilidagi gaplar ko'p bo'lgan. Lekin zamonlar o'tishi bilan odamzod baribir falsafaga ehtiyoj sezgan va u insonning ma'naviy kamolotida beqiyos ahamiyat kasb etishiga qayta-qayta ishonch hosil qilgan.

  • Qadimgi Yunoniston va Rim davridan buyon o'tgan ikki ming yildan ziyodroq vaqt mobaynida «falsafa endi yo'q bo'ldi, uni o'rganishning hyech bir zarurati qolmadi» qabilidagi gaplar ko'p bo'lgan. Lekin zamonlar o'tishi bilan odamzod baribir falsafaga ehtiyoj sezgan va u insonning ma'naviy kamolotida beqiyos ahamiyat kasb etishiga qayta-qayta ishonch hosil qilgan.
  • Falsafa kishilarga olam to'g'risida yaxlit tasavvur beradi, boshqa fanlar esa, uning ayrim jihatlarini o'rganadi. Masalan, biologiya o'simlik va hayvonot dunyosini, turlarining kelib chiqishi, o'zgarishi va takomillashib borishi kabi masalalarni o'rganadi. Bu sohaga oid fanlar ushbu yo'nalishdagi jarayonlarning ba'zi xususiyat va jihatlarini chuqurroq tadqiq etishga harakat qiladi. Binobarin, biolog har qanday rivojlanish jarayoni bilan emas, balki faqat jonli tanadagi rivojlanish jarayoni bilan qiziqadi. Umuman, rivojlanish jarayonining o'zi nima, uning mohiyati qanday? Masalaning aynan shu taxlitda qo'yilishi ilmiy muammolarni falsafiy masalaga aylantiradi. Ya'ni, shu tariqa muayyan mavzu oddiy ilm sohasidagi yo'nalishdan falsafiy muammo tusini oladi.

Yüklə 41,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə