Mаvzu: Geodezik ishlar va geodezik tarmoqlar haqida ma`lumot



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə4/10
tarix24.05.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#112508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Màvzu Geodezik ishlar va geodezik tarmoqlar haqida ma`lumot

Triangulyatsiya uslubi. Triangulyatsiya uslubida qator uchburchaklarning barcha ichki burchaklari (9.6 -rasmda β1, β2, β3,..., βn), boshlang’ich va oxirgi uchburchaklarning biror tomoni (AB va MN) o’lchanishi lozim.Har bir uchburchakning ichki burchaklarini o’lchash uchun ularning uchlari bir-biridan ko’rinishi kerak. Shuning uchun uchburchak uchlari sifatida baland nuqtalar tanlanadi. Biroq bu nuqtalardan hosil bo’ladigan uchburchaklar mumkin qadar teng tomonli bo’lishi shart. Joyda triangulyatsiya uchburchaklarining uchlariga markaz, markazga piramida yoki signal o’rnatiladi. Triangulyatsiya punktlarining koordinatalarini aniqlash uchun uchburchaklarning ichki burchaklari bilan bir qatorda boshlang’ich uchburchakning biror tomonini (AB tomon) va bu tomonning haqiqiy azimuti yoki direksion burchagi (α) ni ham o’lchash kerak. Agar (ABC) yassi uchburchakning (AB) tomoni hamda barcha ichki burchaklari (β1, β2, β3 ) ma’lum bo’lsa, qolgan tomonlarni sinuslar teoremasiga asoslanib chiqarish mumkin

9.6-rasm.Triangulyatsiya uslubi

(

9.7-rasm.Trilateratsiya uslubi
BCD) uchburchakning (CD) va( BD) tomonlari BC tomon bilan ichki burchaklar (β4, β5, β6) qiymatlariga asoslanib topiladi. Keyingi uchburchaklarning tomonlari ham shu tarzda aniqlanadi. Boshlang’ich uchburchakning bevosita o’lchanishi kerak bo’lgan tomoni juda uzun bo’lishi va joydagi sharoit uni o’lchashni qiyinlashtirishi mumkin. Bunday hollarda uchburchakning bu tomoni bevosita o’lchanmasdan, boshqa yordamchi tomon (9.6-rasm,a.b)ning ma’lum uzunligiga qarab hisoblab chiqariladi. Shu maqsadda joyda yordamchi uchburchak (aAb)va (aBb)lar yasaladi. Bular bazis tarmoq bo’ladi. Bazis tarmoq (aAbB) to’rtburchak hamda (AB) va (ab) diagonallardan iborat. Bazis tarmoqning bazis tomoni (ab) va burchaklari (φ) va (ψ) bevosita o’lchanadi. Bu o’lchash natijalariga asoslanib triangulyatsiya uchburchagining bazis tomoni (AB) hisoblab chiqariladi. Bazis tarmoqning bevosita o’lchangan tomoni (ab)ga chiqish tomoni deyiladi. Bazis (chiqish) tomonning haqiqiy azimuti (α) va biror uchining geografik koordinatalari astronomik kuzatish natijasida aniqlaniladi. Bazis tomonning geografik koordinatasi aniqlangan uchiga Laplas punkti deyiladi. Bazis (chiqish) tomonning haqiqiy azimuti va burchak qiymati ma’lum bo’lgach, triangulyatsiya uchburchaklari boshqa tomonlarning haqiqiy azimuti (direksion burchagi) hisoblab chiqariladi. Laplas punktining koordinatalari aniqlangach va triangulyatsiya uchburchaklari o’lchangach, triangulyatsiya uchburchaklari uchlari (punktlari) ning planli koordinatalari birin-ketin hisoblab chiqariladi.
Triangulyatsiya uchburchaklarining ichki burchaklari va bazis tomonini o’lchagan vaqtda kichik bo’lsa-da, har holda tasodifiy xato ro’y beradi. Bu xato o’lchash natijalariga ta’sir etmasligi uchun uchburchaklar qatoridan birontasining koordinatalari astronomik uslubda aniqlanadi va bazisi (6.6-rasm MN) yoki chiqish tomoni (cd) joyda bevosita o’lchanadi. So’ngra bu tomondan yana uchburchaklar qatori boshlanib ketadi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə