Mavzu: Guruhiy dinamika tushunchasi Reja


Guruhiy hamjihatlik haqida tushuncha



Yüklə 49,7 Kb.
səhifə2/4
tarix23.12.2023
ölçüsü49,7 Kb.
#156351
1   2   3   4
Guruh ishida qatnashishni istamaslik muammosi Reja

2.Guruhiy hamjihatlik haqida tushuncha.
Guruh hamjihatlik - bu guruhfaoliyati samaradorligining zaruriy sharti hisoblanadi. Faqatgina bir – biriga yaqin guruh ishtirokchilarigina o'z kechinmalarini tashqariga chiqara olishiga yordam beradi va fikrlarning ochiq bayon etishini ta’minlaydi. Tanqidga nisbatan birgalikda konstruktiv tarzda ishtirokchilarning xattiharakatlari va pozitsiyalarini o'zgartirish vositalaridan biri bo’lib, guruh hamjihatligini targ'ib qilish quyidagilardan iborat:

  • boshqa guruhlar bilan raqobat;

  • qabul qilingan maqsadlar yo'lida to'g'ri tashkil etilgan va ishtirokchilar uchun shaxsan ahamiyatli bo'lgan vazifalarning echimi;

  • qatnashchilarning guruh faoliyati bilan bog'liq shaxsiy ehtiyojlarini qondirish;

  • guruhdagi do'stona sog’lom psixologik muhitni hosil qilish;

  • ishtirokchilar o'rtasidagi ijobiy munosabatlar va hamdardlik;

  • treningda qatnashishdan ularning shubhasiz foyda olishlarini kutish; guruhning va rahbarning obro'si;

  • ishtirokchilarning ijobiy motivatsiyasi va boshqalar.

Agar trening jarayonida ishtirokchilarning treningdan kutgan istak, natijalari, ishtirokchilarning haqiqiy shaxsiy intilishlari, guruhdagi vaziyatga mos kelmasa guruhda keskinlik yuzaga keladi. Shuningdek, guruhdagi o'zaro shaxslararo munosabatlarning tabiati va xususiyatlaridan norozilik kabilar hosil bo’ladi.
Aksincha, relaksatsiya stressning teskari holati bo'lsa-da, guruh dinamikasi nuqtai nazaridan, guruhning uyg'unligi stressning aksi sifatida qaraladi. Guruhdagi hosil bo’lgan zo’riqish guruhlar o'rtasidagi ziddiyatlar va to'qnashuvlar natijasida kelib chiqqan va ishtirokchilarni bir –birlaridan ajratishga qaratilgan markazlashtiruvchi kuch vazifasini bajaradi. Ziddiyatdan farqli o'laroq, guruhning hamjihatligi ishtirokchilarni yaqinlashtirishga va guruh munosabatlariga kuch va barqarorlik yaratishga qaratilgan markazlashtiruvchi kuch sifatida ko'rish mumkin. Shu bilan birga, guruhdagi keskinlik va tanglikni trening guruhida salbiy va istalmagan narsa sifatida tushunmaslik , balki uni guruhni kuchlantiruvhi va rag'batlantiruvchi omil sifatida qarash maqsadga muvoviqdir. Lekin bunday vaziyat ishtirokchilarning noroziligiga va ularning o'zgarishni istashiga olib keladi. O'z navbatida, guruhning birlashishi bu guruhdagi barqarorlik omili bo'lib, u ruhlanishning namoyon bo'lishiga yordam beradi va guruhni parchalanishdan saqlaydi. Uning ta'siri ostida guruh a'zolarining bir – birlarini qo’llab quvvatlashi va ba'zi xavfsizlikni his qilishishiga omil bo’ladi. Trener ular o'rtasida dinamik muvozanatni saqlash bilan bir qatorda, guruhning birlashishi va zo'riqishning qarama-qarshi funktsiyalarini ko'rib chiqishi k


Yüklə 49,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə