Mavzu: Hozirgi kunda barkamol shaxsni tarbiyalash diagnostikasi. Tarbiya ko’rganlikni aniqlash. Reja


O‘qituvchi va o‘quvchilarning jonli muloqotini tashkil etish



Yüklə 95,5 Kb.
səhifə2/6
tarix13.10.2023
ölçüsü95,5 Kb.
#127320
1   2   3   4   5   6
Hozirgi kunda barkamol shaxsni tarbiyalash diagnostikasi.

2. O‘qituvchi va o‘quvchilarning jonli muloqotini tashkil etish


Yosh o‘qituvchi pedagogik mahoratida mujassamlashgan nutqning jozibadorligi, bilim saviyasining va tafakkurining kengligi, o‘tkir dunyo­qarashi, ma’naviy madaniyat darajasi, pedagogik qobiliyati, ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarning mutanosibligi har qanday dars va darsdan tashqari ta’lim-tarbiyaviy tadbirning muvaffaqiyatini ta’minlovchi ham­da o‘qituvchi jonli muloqotini tashkil etuvchi omillardir. O‘qituvchi kasbiy faoliyatidagi jonli muloqot qobiliyatini takomillashtirish uchun o‘z oldiga doimo quyidagi savollarni qo‘yib, unga mustaqil fikr-mulo­hazasi asosida javob bera olishi kerak:
1. Nimaga o‘rgatish:
a) o‘quvchilarni o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha ilmiy yangi­lik­lar­dan xabardor etish, fan terminlarini tushuntirish, o‘quv predmetini to‘liq o‘zlashtirish;
b) o‘quvchilarda shaxs erkinligini, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish;
v) o‘quvchilarning o‘rganilayotgan fan bo‘yicha qobiliyatlarini, ko‘­nik­ma va malakalarini shakllantirish;
g) yangi mavzuni fanlararo aloqadorlik asosida tushuntirish;
d) dars jarayonini pedagogik va axborot texnologiyalarining qizi­qarli metodlari asosida tashkil etish.
2. Kimni o‘rgatish:
a) kelajakda mamlakat taraqqiyoti uchun mas’ul, davlat siyosatining ustuvor sohasi bo‘lmish barkamol insonga ta’lim-tarbiya berish;
b) o‘quvchilarni bilim olish va tarbiyalanishi jarayonida duch kela­digan muammolar va qiyinchiliklarni mustaqil bartaraf etishga o‘rgatish;
v) o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish;
g) dars va darsdan tashqari ta’lim-tarbiya jarayonini o‘quvchilar fikr­larini inobatga olgan holda tashkil etish;
d) yosh va murg‘ak qalb egasi bo‘lmish o‘quvchilarning psixologik o‘zgarishlari va rivojlanishlarini inobatga olish;
e) iqtidorli o‘quvchilar bilan yakka holda pedagogik faoliyat olib borish.
3. Qanday o‘rgatish:
a) o‘qituvchi o‘z faoliyati davomida to‘plagan pedagogik tajribalari asosida kompyuter, axborot va innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan hol­da ta’lim berishi;
b) yuksak pedagogik mahorat bilan dars va darsdan tashqari vazi­yatlarda tarbiyaviy jarayonni milliy mafkura, an’ana va qadriyatlar aso­sida tashkil etish;
v) o‘quvchilarni bilim olishga qiziqishini oshirish maqsadida peda­gogik ta’sir ko‘rsatishning turli usullaridan foydalanish;
g) ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda belgilangan maqsadga erishish uchun, mahalla faollari, ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikni mustah­kam­lash.
To‘g‘ri tashkil etilgan pedagogik muloqot davomida o‘qituvchi tanlagan vositalar ta’lim-tarbiya jarayonining vazifa va sharoitlariga muvofiq kelishini o‘lchovchi vosita sifatida tushuniladigan pedagogik nazokat mujassamlanadi. Pedagogik faoliyatda o‘qituvchi jonli muloqot orqali quyidagi funksiyalarni bajaradi:
birinchidan, ta’lim-tarbiya jarayonining o‘qituvchi tomonidan yakka holda olib borilishi va bu faoliyatga yagona o‘zi javobgarligi;
ikkinchidan, ta’lim-tarbiya jarayonida bir maqsadga yo‘naltirilgan ijtimoiy - psixologik tizimning bir maromda ta’minlashi;
uchinchidan, ta’lim va tarbiyaning muvaffaqiyatini belgilovchi o‘qi­tuvchi va o‘quvchilarning o‘zaro munosabatida muayyan bir tizimning tashkil qilinishi;
to‘rtinchidan, o‘quvchilarni mustaqil fikrlovchi erkin shaxs sifatida shakllantirish, yashirin iste’dodini ro‘yobga chiqarishga erishish imkoni­yatlaridan foydalanish;
beshinchidan, barkamol inson tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor sohasi sifatida o‘qituvchi pedagogik faoliyatining birlamchi vazifasi ekan­li­gini unutmaslik.



Yüklə 95,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə