Mavzu: Hujjatlarda ish yuritish tili va uslubi Reja: Hujjatlarda ish yuritish tili va uslubi



Yüklə 30,98 Kb.
səhifə2/5
tarix01.02.2023
ölçüsü30,98 Kb.
#99885
1   2   3   4   5
Davlat tilida ish yuritish mustaqil ish Radjapova Aynura

Xususiy hujjatlar – tashkilotlarda matnning o‘ziga xosligi, betakrorligi, mazmun bayoni erkin bo‘ladigan hujjatlardir. Bularga xizmat, so‘rov, iltimos, javob, kafolat, axborot xatlarivaboshqalarkiradi.
Qolipli hujjatlar – odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladigan hujjatlardir. Butur hujjatlarga nisbatan ko‘pincha «yozmoq» emas, balki «to‘ldirmoq» so‘zi ishlatiladi. Bularga ish haqi yoki yashash joyi haqidagi ma’lumotnomalar, mehnatga layoqatsizlik varaqasi, ayrim dalolatnomalar, xizmat safari guvohnomalari va boshqalar kiradi.
Namunaviy hujjatlar – boshqaruvning muayyan bir vaziyatlari bilan bog‘liq, bir-biriga o‘ xshash va ko‘p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladigan hujjatlardir. Bularga tavsiyanoma, ariza, e’lon, taklifnoma va boshqalar kiradi.
Murakkab hujjat – bir necha masalani o‘z ichiga olgan hujjatdir. Bularga shartnomalar ma’lumotnoma, rejalashtirilgan hisobot hujjatlari va boshqalar kiradi.
Tegishlilik jihatiga ko‘ra xizmat (rasmiy) va shaxsiy hujjatlar farqlanadi:
Shaxsiy hujjat– yakka shaxs tomonidan yoziladigan, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladigan hujjatlardir. Bularga shaxsiy ariza, shikoyat va boshqalar kiradi.
Xizmat (rasmiy) hujjatlari – tayyorlanishiga ko‘ra tashkilot yoki mansabdor shaxslarga tegishli hujjatlardir. Bularga ishga qabul qilish buyruqlari va boshqalar kiradi.javob, kafolat, axborot xatlarivaboshqalarkiradi.
Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi ham benihoya katta. Bu jihatiga ko‘ra hujjatlar quyidagicha tavsiflanadi:
Aksar hujjatlar dastlab qoralama nusxada tayyorlanadi, bu hujjat tayyorlovchining qo‘lyozma yoki mashinalangan dastlabki nusxasidir. Bu nusxa tuzatilib, qayta ko‘chirilishi mumkin. Qoralama hujjat huquqiy kuchga ega emas.
Hujjat qat’iy belgilangan rekvizitlar tarkibiga ega bo‘lishi, ularning joylashish va rasmiylashtirish tartiblari 6,38-90 GOST ga muvofiq kelishi kerak. Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlar (rekvizitlar)ning belgilangan majmuiga va ularning barqarorlashgan joylashish tartibiga ega.
Ma’muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeyiga ko‘ra hujjatlar hozirgi kunda asosan, quyidagicha tasniflanadi:
Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi.
Guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, qoida, ustav, shartnomalar ana shunday hujjatlar turiga kiradi.
Shartnomada tomonlar bajarishi lozim bo‘lgan shartlar va boshqa majburiyatlar ko`rsatiladi. Ba’zi shartnomalarda olingan majburiyatni bajarmaslik natijasida keltiriladigan zararni to`lash tadbirlari ham belgilanadi. Tomonlar shartnomaning barcha moddalari bo`yicha bir bitimga kelganlaridan keyin shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Shartnomalaro‘z mazmunigako‘rajudaxilma-xil ko‘rinishgaega: mahsulot yetkazib berish haqida, qishloq xo`jalik mahsulotlarini davlat yo`li bilan xarid qilish haqida, mulkiy (moddiy) javobgarlik haqida, bino va inshootlar ko`rilishi haqida, turar joy ijarasi haqida, uy-joy yoki transport vositalarini oldi-sotdi, hadya qilish, almashtirish, mol-mulkni ijaraga olish, qarz berish haqida va boshqalar. Muassasalar o`rtasida keng tarqalgan shartnoma turlariga mol (tovar) yetkazib berish, pudrat, imoratlar ijarasi, asbob-uskunalarni o`rnatish haqidagi shartnomalarni ko`rsatish mumkin. Har qanday shartnoma o`z mazmuni va shakliga ko`ra qonunga muvofiq bo`lishi kerak. Bu qoidaning buzilishi shartnomaning qonuniy kuchini yo`qqa chiqaradi va uni shu ahvolda tuzgan yoki tuzishga yo`l qo`yganman sabdor shaxslarni javobgarlikka olib keladi. Shartnomalar og`zaki, yozma usulda tuzilishi hamda notarial idoralar tomonidan tasdiqlangan tarzda ham bo`lishi mumkin. Shartnomaning ayrim turlari, chunonchi, imoratlarni oldi-sotdi shartnomasi tegishli davlat idoralarida qayd qilinishi zarur. Keyingi holat faqat qonunda belgilangan taqdirda qo`llanadi.

Yüklə 30,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə