Mavzu: Ijtimoiy pedagogika fan sifatida Topshiruvchi: Eshimbetova Nilufar Ijtimoiy pedagogikaning



Yüklə 239,37 Kb.
səhifə4/5
tarix29.11.2023
ölçüsü239,37 Kb.
#140929
1   2   3   4   5
IJTIMOIY PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA

Nazariy vazifa ijtimoiy pedagogik bilimlarni to’plab zamonaviy jamiyatda
o’rganayotgan jarayon va hodisalarining to’liq tasvirini tuzishga intilishida
namoyon bo’ladi.
Amaliy vazifalarga ijtimoiy pedagogikaning ijtimoiylashuviga tashkiliy pedagogik va psixologik yo’nalishlardagi ta’sirini samarali takomillashtirish
ishlarini aniqlash bilan bog’liq.
■ Insonparvarlik vazifasi shaxsning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib
beruvchi ijtimoiy pedagogik jarayonlarni mukammallashtirish uchun maqsadlarni ishlab chiqishda o’z ifodasini topadi
Yu.V.Vaselkova ijtimoiy pedagogikaning asosiy vazifalari sifatida
quyidagicha guruhlarga ajratadi.
Tarbiyaviy vazifa bolani atrof muhitga qo’shilish, uning ijtimoiylashuv
jarayoni, o’quv va tarbiya jarayoniga ko’nikishini ko’zda tutadi.
■ Ijtimoiy- huquqiy vazifa davlatning bolalarga g’amxo’rligi, ularning
huquqiy himoyasini bildiradi.
■ Ijtimoiy reabilitasion vazifa-nogiron, jismoniy va ruhiy nuqsonlarga ega
bolalar bilan tarbiyaviy va o’quv ishlarini olib borishdir. Bunda asosiy ijtimoiy vazifalarni pedagog bajaradi.
Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari.
Har bir fanni shu fanning o’rganish predmetiga asoslangan bilimlar tizimi
ajratib turadi. Fanning bilimlar tizimi uning tushuncha va kategoriyalarida aks etadi. Tushuncha-real olamni bilish jarayonida aks etish shakllaridan biri. Realliklarning o’zgaruvchanligi va ko’p qirraligi tufayli tushunchalar dinamik, rivojlanadigan xarakterga ega. Ular tarixiy holat va hayot sharoitlariga bog’liq ravishda o’zgaradi.
Har qanday fanning rivojlanishi jarayonida tushunchalar fan
kategoriyalariga birlashishadi. Fan kategoriyalari shu fanda qo’llaniladigan yanada kattaroq, amaliy tushunchalardir. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalariga olimlar “ ijtimoiy pedagogik faoliyat” “ ijtimoiy ta’lim” va ijtimoiy tarbiyani kiritishadi.

Yüklə 239,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə