Mavzu: Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi


O`zbek oilasining qurilishiga sabab bo`ladigan asosiy motiv – bu



Yüklə 67,56 Kb.
səhifə8/9
tarix13.10.2023
ölçüsü67,56 Kb.
#127588
1   2   3   4   5   6   7   8   9
11 maruza

O`zbek oilasining qurilishiga sabab bo`ladigan asosiy motiv – bu:
birinchi o`rinda "Farzandli bo`lish"
ikkinchi o`rinda "Jamoatchilikning gap so`ziga qolmaslik"
uchinchi o`rinda "Ota-ona va qavmi-qarindoshlarning istaklarini bajo etish" N. Soginovning to`plagan ma’lumotlari yosh oilalar, mojaroli oilalar va yoshlar tarbiyasi bilan mashg`ul bo`lganlar uchun muhim ilmiy yo`l-yo`riqdir.
Bundan tashqari, oxirgi yillarda katta guruhlar psixologiyasiga oid qator tadqiqotlar o`tkazildi va o`tkazilmoqda. Masalan, E. Usmonovning o`zbek ayollarining suisidal (ya’ni o`z joniga qasd quyish) xulq-atvorining ijtimoiy-psixologik sabablarini o`rganishga bagishlangan tadqiqoti (1993), Fargona Davlat universiteti psixologiya kafedrasida amalga oshirilayotgan qator ilmiy tadqiqot ishlari, Ye. Nu’monovaning "O`zbek oilalaridagi reproduktiv ustanovkalarning xususiyatlari" ga bag`ishlangan, M. Zokirovning erkak va ayollardagi rollar haqidagi tasavvurlarning o`ziga xosligini o`rganishga bag`ishlangan ilmiy tadqiqoti, M. Toshpo`latovning o`zbek yoshlaridagi ijtimoiy xulq-atvorning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o`ziga xos qirralarini o`rganishga qaratilgan ishlari va boshqalar shular jumlasidandir. Bu tadqiqotlar natijasida yaqin kelajakda yangi etnopsixologik konsepsiya shakllanadi va bu Respublikamizdagi ilmiy ishlarning rivojiga o`z hissasini qo`shadi.
Lekin O`zbekistonda ijtimoiy psixologlar oldida juda muhim tadqiqot mavzulari mavjudki, ularda hozirgi mustakillik sharoitida shaxs va turli ijtimoiy guruhlar psixologiyasida ruy berayotgan o`zgarishlar, turli yosh, demografik, etnik, professional guruhlarga mansub bo`lgan kishilarning ijtimoiy tasavvurlari, ular asosida ijtimoiy xulq-atvorni ilmiy boshqarish asoslari ishlab chiqilmog`i lozim. Ya’ni, ishlab chiqarish ijtimoiy psixologiyasi, boshqarish psixologiyasi, guruhlar psixologiyasi hamda ommaviy psixik jarayonlarning ta’siri masalalari o`zbek psixologlaridan o`z yechimini kutmoqdaki, ularda ilg`or fan yutuqlaridan foydalanilgan holda hududning milliy o`ziga xos qirralari ishlab chiqilishi kerak.


Yüklə 67,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə