Mavzu: Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi



Yüklə 67,56 Kb.
səhifə5/9
tarix13.10.2023
ölçüsü67,56 Kb.
#127588
1   2   3   4   5   6   7   8   9
11 maruza

Birinchi yondashuvta kura, ijtimoiy psixologiya inson psixikasiga oid ommaviy xodisalarni urganadi. Ushbu yondashuv doirasida ayrim tadkikotchilar sinflar psixologiyasini urganish zarur deb tan olishsa, boshkalar xar xanday ijtimoiy uyushma yoki guruxga oid konuniyatlarni, ularning an’analari, urf-odatlariyu, rasm-rusumlarini urganish dolzarb ekanligini ta’kidlaganlar. Yana bir gurux tadkikotchilar esa ijtimoiy psixologiya kupchi- likka karashli bulgan ijtimoiy fikrni yoki moda kabi ommaviylashib ketadigan jarayonlar sababini urganishni lozim, deb topadigan. Ularning fikrini rivojlantirib, ushbu yondashuv- ga xayrixox bulgan boshka bir olimlar guruxi ijtimoiy psixologiyaning predmeti aslida jamoa psixologiyasini urganish ekanligini yoklaydilar. Bu yondashuvning umumiy xulosasi shuki, ojtimoiy psixologiya moxiyatan aslida jamoa psixologiyasidir. Bizning fщrimizcha, jamoalarning katta yoki kichikligi masa- laning boshka tomoni bulib, umumiy fikr shuki, ijtimoiy psixologiya odamlar tuplangan, biror faoliyat yoki manfaat sabab jam bulgan yerda uz predmetini topishi mumkin.
Ikkinchi yondashuv tarafdorlarining fikridagi umumiylik shuki, ularning ta’kidlashlaricha, ijtimoiy psixologiya shaxsning ijtimoiy kiyofasini, ijtimoiy obrazini, tasavvurlarini urganadi. Turli olimlar fikrida uziga xoslik esa aynan shaxsning kaysi sifatlariga kuprok e’tiborni karatishida namoyon buldi. Kimdir shaxsning aloxida ijtimoiy sifatlariga urgu bersa, boshkalar uning tipologiyasini axamiyatli predmet ekanligini ta’kidladi. Bundan tashkari, shaxsning guruxdagi urni, shaxslararo munosabatlar va umuman munosabatlar tizimi ushbu yunalish tarafdorlarining dikkat markazida buldi. Ya’ni, shaxsning jamiyatga alokasi va alokadorligi bunda asosiy ilmiy fakt xisoblanadi.
Ayniqsa, AQShda Kotorning oʻtkazgan tajribasi, E.Meyoning izlanishlari ijtimoiy psixologiya tarixida muhim rol oʻynadi. Bu tadqiqotlarga kichik guruhlar asosiy obyekt qilib olingan tajribalar oʻtkazilgan. Ijtimoiy psixologiya fan sifatida muloqot, muomala qonuniyatlari, shaxslararo munosabat, individual va guruhiy oʻzaro taʼsir, guruhlarning ichki va tashqi tuzilishi, ularning turlari, tasnifi, ommaviy holatlar va harakatlar, ijtimoiy va milliy ong, mentalitet, milliy qiyofa, harakter, taʼb, anʼana, odat, marosim va boshqalarni tekshiradi. Ijtimoiy psixologiya bir necha sohalarni oʻz ichiga qamrab oladi: etnopsixologiya, din psixologiyasi, oila psixologiyasi, boshqaruv (menejment) va marketing psixologiyasi, kichik va katta guruh psixologiyasi, modalar psixologiyasi, reklama psixologiyasi, insonni inson tomonidan idrok kilish psixologiyasi, amaliy ijtimoiy psixologiya kabilar. Oʻzbekistonda ijtimoiy psixologiya yoʻnalishidagi tadqiqotlar asosan mustaqillik davrida yoʻlga qoʻyila boshlandi. Bu ishlar zaminida ijtimoiy psixologiya sohalaridan biri — "Oila psixologiyasi" ilmiy maktabi vujudga keldi. Oʻzbek oilasining ijtimoiy, psixologik, etnopsixologik xususiyatlari haqidagi maʼlumotlarni oʻzida mujassamlashtirgan "Oila psixologiyasi" darsligi yaratildi. Mamlakatda Respublika "Oila psixologiyasi" ilmiy-amaliy markazi faoliyat ko'rsata boshladi.Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida rivojlanish tarixiga nazar tashlar ekanmiz, uning jamiyat tarixiy rivojlanishi bilan bog’liq holda rivojlanganligining, ilmiy jihatdan esa falsafiy qarashlar ta’sirida bo’lib sof ijtimoiy –psixologik nazariyalarning juda oz sonli bo’lganligini guvoxi bolamiz.Insoniyat tarixini o’rganar ekanmiz mutafakkirlar, olimlar, allomalar ijtimoiy-psixologik hodisalar bilan juda qiziqqanliklarini kuzatamiz. Lekin ular bu hodisalarni o’z davri ruhida, o’z nazariy va ijtimoiy qarashlari, hattoki, turli oqimlar doirasida tushuntirishga uringanlar. Shning uchun ham ijtimoiy psixologiyaning fan sifatidagi taraqqiyotini o’rganish uchun ijtimoiy psixologik muammolar yoritilgan asar yoki kashfiyotchining yashagan davri, uning siyosiy qarashlari, jamiyatning taraqqiyot xususiyatlarini o’rganish lozim. Ayniqsa fan tarqqiyotiga falsafa fani o’zining sezilarli hissasini qo’shgan.
Bu haqida mutafakkirlarning qarashlari
Shuning uchun ham amerikalik olim S. Olport ijtimoiy psixologik g’oyalarning yaratilishi va rivojlanishi falsafa bilan, uning ko’zga ko’ringan arboblardan hisoblangan Platon nomi bilan bog’liq deb yozgan edi.
Platon o’zining “Davlat”va Qonunlar” deb nomlangan dialoglarida shaxsning jamiyat bilan aoqasi masalasiga to’xtalib, jamiyat individga nisbatan o’zgarmas bir birlikki, uning taraqqiyoti jamiyat rivojlanishi qonunlariga bo’ysinadi, degan fikrni himoya qilgan.
Unga qarama-qarshi fikrni Aristotel bayon etib, individni barcha ijtimoiy o’zgarishlarning sababchisi, chunki unda bunga imkon beruvchi psixologik tizimlar bor, deb yozadi.
Shaxs va jamiyat o’rtasidagi munosabat masalasi
Aristotelda bu narsa shaxs foydasiga
Platonda jamiyat foydasiga hal bo’lgan .
Ulardan keyingi - yangi davr faylasuflari – Gobbs, Gelvetsiy, Lokk, Russo, Gegel, Makiavelli, sharq faylasuflaridan Abu Rayhon Beruniy, Al-Farobiylar ham barcha asarlarida shaxs va jamiyat qarama-qarshiliklarini ilmiy asosda izohlashga uringanlar, lekin hech qaysisi bu muammoni ijtimoiy - psixologik muammo darajasiga ko’tara olmadilar.
XIX asrning o’rtalariga kelib, kapitalistik munosabatlarning keskinlashuvi, turli davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarning tobora o’sib borishi, turli xalqlarning bir mamlakatdan ikkinchisiga ko’chishi – migratsiya munosabati bilan bir qator ijtimoiy fanlar rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar paydo bo’ldi.
Ijtimoiy psixologiyaning ilmiy manbalaridan bari bo’lgan sotsiologiya fanining xizmatini ko’rsatmay bo’lmaydi. Sotsiologiyaning asoschilari hisoblangan Ogyust Kont, Gerbert Spenser va boshqalar:
jamiyatdagi ijtimoiy xodisalarni o’rganish uchun albatta o’ziga xos, ayrim psixologik holatlarni o’rganmoq lozim, degan fikrni qat’iy turib isbot qildilar. Ular har bir ijtimoiy voqeada ruhiy hodisalar borligini isbot qilishga urindilar.
Masalan, fransuz sotsiologi Gabriyel Tard har bir individda ijtimoiy fakt borligini, bu narsa uning miya doirasidagini emas, balki bir qancha miyalar aloqasi tufayli mavjuddir, deb hisoblaydi. Ijtimoiy xulq-atvor modeli, uning fikricha, doimo individlararo munosabatni o’z ichiga olib bunda bir individ boshqa individga doimo taqlid qiladi, shuning uchun ham shaxsni o’rganish boshqa shaxslarni inkor qilmasligini talab qiladi.
Shurnday qilib sotsiologiyada psixologik yo’nalish paydo bo’ldi. G. Tarddan keyin L. Uord, F. Giddings va boshqalar ijtimoiylik qonunlarini jamoa ruhiy holati bilan uzviy ravishda o’rgana boshladilar. Ularning fikricha, ijtimoiy fakt – bu ijtimoiy aql, tafakkur bo’lib, u “Jamiyat psixologiyasi” yoki sotsiologiyaning bahs mavzuidir.
Yuqorida qayd etilgan ilmiy falsafiy, ijtimoiy manbalar shart-sharoitlar tufayli ijtimoiy – psixologik g’oyalar shakllanib bordi. Bu qarashlar sof psixologiyaga o’xshamagan, sotsiologiya doirasidan chiqib ketadigan alohida fanning – ijtimoiy psixologiyaning paydo bo’lishi uchun zamin rolini o’tadi.
XX asr shu bilan xarakterli ediki, u turli fanlar oldiga aniq topshiriqlar qo’ya boshladi. Shuning uchun psixologiya fani oldida tadqiqotlar asosida psixologik qonuniyatlarni asoslash vazafasi turar edi. Ikkinchidan esa Amerikada ko’pgina psixologlar o’z tadqiqot ob’ektlarini laboratoriyalarda ayrim psixik jarayonlarni o’rganishni kichik guruhlarga ko’chira boshladilar.
Geshtalt psixologiya – nemischa (shakl) degan ma’noni bildiradi. Asoschilari Vertiimer, V. Keler shakl fenomen, idrok va murakkab psixik hodisalarni yaxlit holda o’rganadi.
Bu oqimlar ichida ham ijtimoiy xulq-atvorni kichik guruhlarlar doirasida o’rganish tendensiyasi paydo bo’ldi.
Bunda asosiy diqqat kichik guruhlarga va
ularda turlicha eksprementlar o’tkazishga
qaratilgan edi. Bunday holatning
paydo bo’lganligi ijtimoiy psixologiyaning
fan sifatida shakllanishida nihoyatda katta
rol o’ynadi. Geshtalt psixologiya yo’nalishi
negizida maxsus ijtimoiy psixologik
yo’nalishlarning – interaksionizm va
kognitivizmning paydo bo’lganligi esa bu fanning eksperimental ekanligini yana bir bor isbot qildi.
Bixeviorizm yo`nalishlari doirasida o`tkazilgan ijtimoiy psixologik tadqiqotlar avvalo amerikalik olimlar K. Xoll va V. Skennerlar nomi bilan bog`lik. Ular va ularning izdoshlari hisoblangan K. Miller, D. Dollard, Dj. Tibo, G. Kelli va boshqa diada - ikki kishi o`rtasidagi munosabatlarning xilma-xil eksperimental ko`rinishlarini tadqiq qilib, ularda matematik o`yin nazariyasi elementlarini qo`lladilar.
Bixoviorizm xulq-atvorni o’rganuvchi oqim. Diada sharoitida laboratoriyalarda o`tkazilgan tadqiqotlarda asosan mustahkamlash g`oyasini isbot qilishga urinildi.
Psixoanaliz – XX asrda paydo bo’lgan. Predmeti instinktiv mayllar ongning rolini inkor etadi.
Klassik bixeovirizmdan farqli o`laroq ijtimoiy psixologik bixevioristlar hayvonlar o`rniga laboratoriyaga naqd pulga odamlarni taklif eta boshladilar, shuning uchun ham ularning g`oyasida biologizm va mexanizm tarzda ilgarigi hayvonlarda to`plangan dalillar modelini insonlarda qo`llash hollari kuzatildi.
Psixoanaliz doirasida esa ijtimoiy psixologik tadqiqotlar E. Fromm va Dj. Salliven ishlari bilan bogliq. Bixevioristlardan farqli o`laroq bu yerda eksperimentlar ikki kishi emas, balki ko`pchilik ishtirokida o`tkazila boshladi. Ularning izdoshlari (V. Bayon, V. Bennis, G. Sheparde, V. Shuts) o`tkazgan tadqiqotlar tufayli hozirgi kunda ham katta qiziqish bilan o`rganilayotgan T-Guruhlar psixologiyasi yaratildi.
Unda guruh sharoitida bir odamning
boshqalarga ta’siri, guruhning ayrim individlar fikrlariga ta’siri kabi masalalar ishlab chiqildi va ijtimoiy psixologik treninglar o`tkazishga asos solindi.
Kognitivizm K. Levin nazariyasi asosida paydo bo`lgan psixologik yo`nalish bo`lib, undagi o`rganish ob’ekti munosabatlar tizimidagi kishilar, ularning bilish jarayonlari, ong tizimiga taalluqli bo`lgan kognitiv holatlar bo`ldi. Kognitivizm doirasida shunday mukammal nazariya yaratildiki, ular hozirgi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q.
Masalan, F. Xayderning balanslashtirilgan tizimlar nazariyasi, T. Nyukomning kommunikativ aktlar nazariyasi, Fetingerning kognitiv dissonanslar nazariyasi va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Ulardagi asosiy goya shundan iboratki, shaxs o`ziga o`xshashga shaxslar bilan muloqotga kirishar ekan, doimo munosabatlarda ruxiy mutanosiblik, tenglik bo`lishiga, shu tufayli ziddiyatlardan chikishiga harakat qiladi. Maqsad-turli ijtimoiy sharoitlarda shaxs xulq-atvorining psixologik sabablarini tushuntirish va ziddiyatlarning olidini olish yo`l-yo`riqlar ishlab chikishdan iborat. Hozirgi davrda ham taniqli ijtimoiy psixologlar Olport, Maslou, K. Rodjers va ularning safdoshlari gumanistik psixologiya doirasida bu ishlarni faol davom ettirmokdalar.
Nihoyat, turtinchi nazariya interaksionizm bo`lib, bu aslida sotsiologik nazariya bo`lib hisoblanadi. Uning asoschisi Gerbart Mid bo`lib, uning qarashlari ta’sirida T. Sarbinning rollar nazariyasi, G. Xaymen va R. Mertonlarning referent guruhlar nazariyasi, F. Goffmanining ijtimoiy dramaturgiya nazariyalari shakllanadi. Ular turli ijtimoiy sharoitlardagi xulq-atvorlarni tushuntirish orqali shaxs ijtimoiy psixologik sifatlarining sabablarini topishga harakat qiladi. Har bir shaxs doimo ijtimoiy o`zaro ta’sir tizimida, mavjud bo`ladiki, unda u tugri harakat qilish uchun o`zgalarni tushunishga harakat qilishi, o`zgalar roilini qabul qilishga tayyor bo`lishi lozim. Lekin o`zgalar rolini tugri qabul qilish uchun unda "umumlashtirilgan o`zga" obrazi bo`lishi lozimki, bu obraz shaxslararo muloqot jarayonida, har bir shaxs uchun ibratli bo`lgan kishilar guruhi bilan muloqotda bo`lish jarayonida shakllanadi. Ya’ni shaxs faolligi tan olinadi, bu esa fan tarixida o`ta progressiv hol edi.

Yüklə 67,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə