Mavzu: Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi


IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING RUSSIYA VA SOBIQ ITTIFOQDA RIVOJLANIShI



Yüklə 67,56 Kb.
səhifə3/9
tarix13.10.2023
ölçüsü67,56 Kb.
#127588
1   2   3   4   5   6   7   8   9
11 maruza

IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING RUSSIYA VA SOBIQ ITTIFOQDA RIVOJLANIShI
Sobiq ittifok jumxuriyatlarida, birinchi navbatda Russiyada Ijtimoiy psixologiya 20-yillardan boshlab rivojlana boshladi. B Bu borada rus Ijtimoiy psixologiyasining asoschisi deb xakli ravishda V. M. Bexterevni ko’rsatish mumkin. U o’zining refleksologiya nazariyasi doirasidan shaxs xulq-atvorining motivlari tushunishga o’rganganlardan biridir. Uning fikricha, barcha ongli va ongsiz jarayonlar tashki xulq-atvorda, harakatlarda ifodalanadi, shuning uchun ham tashki harakatlarni, qiliklarni, nutkni, tovushni o’rganish, orqali shaxsning o’zini bu harakatlarning sabablarini o’rganish, mumkin. Bexterevning xatosi shu ediki, u o`z qarashlarida sotsiologiyani biologiya bilan, psixologiyani esa fiziologiya bilan aralashtirib yubordi, shu orqali shaxs va jamiyat taraqqiyotining uni versal qonunlarini topmoqchi bo’ldi.
Bexterevdan keyingi olimlar, YU. Vasilevning "biologik sotsiologiyasi" ham, M.A. Reysnerning "ommaviy psixologiya" ham, L.N. Voytolovsqiyning "jamoa psixologiyasi" ham reflekslar qonuni mexaniq tarzda ijtimoiy psixologik jarayonlarini tushuntirishga kuchirish bo’ldi, desak xato bo’lmaydi.
20-30 yillarda bolalar va usmirlar ijtimoiy psixologik taraqqiyotini o’rganishga qaratilgan ikki yo’nalish paydo bo’ldiki, ular ham qator kamchiliklardan holi bo’la olmaydilar. Masalan, biologik yoki biogenetik nazariya tarafdorlari shaxsning shakllanishida irsiy va biologik nasliy omillar yetakchi rol uynaydi, deb hisoblashsa (E. Arkin, I. Aryamov, va boshqalar), sotsiologik yoki sotsiogenetik nazarietchilar bu borada ijtimoiy muxit rolini nixoyatda ortik ekanligini ximoya qilib chikdilar. (S. Molojaviy, A. Zalkind va boshqalar).
30-yillarda A.S. Makarenko, A. Zalujniy, L.S. Vigotskiy, N.K. Krupskaya va boshqa qator olimlar o`z nazariy qarashlarini marksizm bilan bevosita boglab, jamoa va shaxs nazariyasini yaratdilar. Ular shaxsning shakllanishida ijtimoiy muxitning, jamoaning rolini, ta’lim tarbiyaning ahamiyatini isbotlashga o’rindilar. Lekin, 40-60 yillar Ijtimoiy psixologiya taraqqiyotida nisbatan sokinlik davri bo’ldi. Chunki psixologiya sohasida olib borilgan tadqiqotlar ichida ijtimoiy psixologik tadqiqotlar yo’q hisob edi. Bu fan Russiyada va boshqa Sobiq ittifokdosh jumhariyatlarda 70-yillardan keyin keskin rivojlana boshladi. Bunda Moskvalik va Leningradlik (hozirgi Sankt-Peturburg) olimlar maktabi katta rol uynadi. Agar Moskva shaxrida asosan Ijtimoiy psixologiya bo`yicha fundamental nazariy tadqiqotlar ko’plab o’tkazilib, unda hozirgi zamon ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning empirik qonunlari asoslari ishlab chiqilgan bo’lsa, Sankt-Peturburgda ko’prok tadbiqiy ilmiy tadqiqot ishlar olib borildiki, ular birgalikda minglab yesh ijtimoiy psixologlar avlodini tarbiyalab yetishtirdilar. Ular esa hayotimizga ilgor fikrlar va dadil tadqiqotlar bilan kirib kelib, hozirgi kun fanini dunyo mikesida misli kurilmagan darajaga kutardilar. Lekin, yo’qorida aytib utilganidek, mamlakatimizda sotsial psixologiyaning rivojlanishida chet el, ayniqsa Amerika Kushma Shtatlari psixologiyasining ta’siri ancha sezilarlidir. O`ZBEKISTONDA IJTIMOIY PSIXOLOGIK TADQIQOTLARNING O’RNI VA ISTIQBOLLARI
Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida yurtimizda rivojlanish tarixiga e’tibor beradigan bo’lsak, shuni ta’kidlash lozimki, u oxirgi un yilliklar mobaynida shakllanmoqda, holos. Lekin tarixdan, umuman psixologiyaning O`zbekiston xududida shakllanishini tahlil qilinsa, uning diniy-falsafiy okimlar va qarashlar tizimida o’ziga xos tarzda shakllanib kelganini kurish mumkin. Masalan, eramizning, II-III asrlarida rivoj topgan mexanizm (asoschisi Mani) yoki mazdakizm (asoschisi Mazdak) va boshqalar o`z diniy qarashlari tizimida ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy adolat va shaxsning o’ziga xosligi kabi goyalarni keng taShvikot qilganlar. Lekin tarix bizga shundan darak beradiki, Yaxlit, sistematik ijtimoiy psixologik qarashlar sistemasi umuman bo’lmagan. Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning utmishdagi va hozirgi kundagi holati M. Otajonovning qator ilmiy maqola va risolalarida bayon etilgan. Uning oxirgi yillarda o’tkazilgan ilmiy tadqiqoti natijalariga ko’ra, Ijtimoiy psixologiya fan sifatida muhimlik shajarasida ikkinchi o’rinni egallaydi, ya’ni Respublikamiz xududida ilmiy ijod qilayotgan olimlardan 43 foizining fikricha, Ijtimoiy psixologiya va ana shu fanning muammolari eng istikbolli va yechilishi zarur, dolzarbdir.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, O`zbekistonda o’tkazilayotgan ijtimoiy psixologik tadqiqotlar asosan oilada va oilaviy munosabatlarga bagishlangan. Chunonchi, birinchi ijtimoiy psixologik tadqiqot ham 70-yillarning oxirida 80- yillarning boshida I.Ekubov tomonidan o’tkazilgan bo`lib, u oilaviy munosabatlarning barkarorligi va er-xotin ijtimoiy rolarning muvofiqligini ta’minlovchi sotsial-psixologik omillarni o’rganadi. Tadqiqot natijasida shu nar sa aniqlandiki, oila a’zolarining rollar borasidagi muvofiq o’zaro munosabatlari oilaviy hamjihatlikning muhim shartidir. Oilaviy majorolar esa, asosan hozirgi zamon O’zbek ayolining ijtimoiy mehnat bilan bandligi hamda oilaviy munosabatlarda esqilik sarkitlarining saklanib qolganligidadir.
G.B. Shoumarov va ye. A. Morshinalarning (1986) tadqiqotlarida esa oilada bolalarning tarbiyasiga bevosita ta’sir kursatadigan ijtimoiy psixologik omillar o’rganildi, chunonchi, unda o’ziga xos milliy va an’anaviy o’zaro munosabat xususiyatlarining o’rni belgilanadi.
Oilaviy munosabatlar psixologiyasi xususida o’tkazilgan muhim tadqiqotlardan biri N. Soginovning O’zbek oilasiga xos bo`lgan nikoh va oila munosabatlari - nikohdan konikish, nikoh motivlari, oila kurishning O’zbeklarga xos bo`lgan yesh xususiyatlari, yesh O’zbek oilalaridagi psixologik mojarolar va ajralishlarning sabablarini sistematik tarzda o’rgangan ilmiy ishidir. Bu tadqiqotda ilgari xech o’rganilmagan ilmiy ma’lumotlar to’plandiki, ularga ko’ra, O’zbek oilasining kurilishiga sabab bo`ladigan asosiy motiv – bu "Farzandli bo`lish", (birinchi o’rinda), ikkinchi o’rinda "Jamoatchilikning gap so`ziga qolmaslik", uchinchi o’rinda "Ota-ona va kavmi-karindoshlarning istaklarini bajo etish" va xoka’zolar aniqlandi. N. Soginovning tuplagan ma’lumotlari yesh oilalar, mojaroli oilalar va yeshlar tarbiyasi bilan mashg`ul bo`lganlar uchun muhim ilmiy Yo’l-yurikdir.
Bundan tashkari, oxirgi yillarda katta guruhlar psixologiyasiga oid qator tadqiqotlar o’tkazildi va o’tkazilmoqda. Masalan, shu kitob muallifining O’zbek xotin kizlari ijtimoiy tasavvurlarning o’zgarishi mexanizmini o’rganishga bagishlangan tadqiqoti (1987), E. Usmonovning O’zbek ayollarining suisidal (ya’ni o`z o’ziga ut kuyish) xulq-atvorining ijtimoiy-psixologik sabablarini o’rganishga bagishlangan tadqiqoti (1993), Fargona Davlat universiteti psixologiya kafedrasida amalga oshirilayotgan qator ilmiy tadqiqot ishlari, ye. Nu’monovaning "O’zbek oilalaridagi reproduktiv ustanovkalarning xususiyatlari" ga bagishlangan, M. Zokirovning erkak va ayollardagi rollar haqidagi tasavvurlarning o’ziga xosligini o’rganishga bagishlangan ilmiy tadqiqoti, M. Toshpulatovning O’zbek yeshlaridagi ijtimoiy xulq-atvorning bozor iqtisodieti sharoitidagi o’ziga xos kirralarini o’rganishga qaratilgan ishlari va boshqalar shular jumlasidandir. Bu tadqiqotlar natijasida yaqin kelajakda yangi etnopsixologik konsepsiya shakllanadi va bu Respublikamizdagi ilmiy ishlarning rivojiga o`z hissasini kushadi.
Lekin O`zbekistonda ijtimoiy psixologlar oldida juda muhim tadqiqot mavzulari mavjudki, ularda hozirgi mustaqillik sharoitida shaxs va turli ijtimoiy guruhlar psixologiyasida ro’y berayotgan o’zgarishlar, turli yesh, demografik, etnik, professional guruhlarga mansub bo`lgan kishilarning ijtimoiy tasavvurlari, ular asosida ijtimoiy xulq-atvorni ilmiy boshqarish asoslari ishlab chiqilmogi lozim. Ya’ni, ishlab chiqarish Ijtimoiy psixologiyasi, boshqarish psixologiyasi, guruhlar psixologiyasi hamda ommaviy psixik jarayonlarning ta’siri masalalari O’zbek psixologlaridan o`z yechimini kutmoqdaki, ularda ilgor fan yutuklaridan foydalanilgan holda xududning milliy o’ziga xos kirralari ishlab chiqilishi kerak. Ijtimoiy psixologiya juda kadimiy va shuning bilan birga u o‘ta navkiron fandir. Uning kadimiyligi insoniyat tarixi, madaniyati va ma’naviyatining kadimiy ildizlari bilan belgilanadi. Ular aslini olib Karaganda, u yoki bu jamiyatda yashagan kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning va tafakkurning xosilasi ekanligi bilan e’tirof etilsa, ijtimoiy psixologiya o‘z uslubiyati, predmeti va fanlar tizimida tutgan o‘rnining yangiligi insoniyat tarakkiyotining eng yangi davrida shakllanganligi va rivojiga turtki berganligi bilan tavsiflanadi. Darxakikat, ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida tan olinishi xususida suz borar ekan, uning rasman e’tirof etilishi 1908 yil deyiladi. Chunki aynan shu yili ingliz olimi V.Makdugall o‘zining “Ijtimoiy psixologiyaga kirish” kitobini, amerikalik sotsiolog E.Ross esa “Ijtimoiy psixologiya” deb nomlangak kitobini chop ettirgan edi. Bu asarlarda birinchi marta aloxida fan - ijtimoiy psixologiyaning mavjudligi tan olindi va uning predmetiga ta’rif berildi. Ikkala muallif xam - biri psixolog, ikkinchisi sotsiolog bulishiga karamay, bu fanning asosiy predmeti ijtimoiy tarakkiyot xamda psixik tarakkiyot konuniyatlarini uyg‘unlikda o‘rganishdir, degan umumiy xulosaga kelishgan. Tug‘ri, mazkur mualliflarning xar xil fan soxasining vakili ekanligi, ularning ijtimoiy-psixologik xodisalar tabiatini yoritishga nisbatan uziga xos karashlarining mavjudligi va bunday yondashuv to xozirgacha davom etayotganligiga asos buldi. Rus olimasi G.M.Andreyeva ta’kidlaganidek, ijtimoiy psixologiya soxasida ishlayotgan mutaxassisning aslida kim ekanligi - psixologimi, faylasufmi yoki sotsiologimi, uning ushbu fan predmetiga yondashuvida uz aksini topadi, chunki agar u sotsiolog bo‘lsa, ijtimoiy konuniyatlarni avval boshdan jamiyatdagi an’analar va umumiy koidalar tilida tushuntirishga intilsa, psixolog - konkret olingan shaxs psixologiyasining konuniyatlarini umumjamiyat xonun-xoidalariga tatbiq etishga xarakat xiladi. Nima bo‘lganda xam, shuni asosli tarzda e’tirof etish zarurki, ijtimoiy psixologiyaning aloxida fan bo‘lib ajralib chixishiga sabab bo‘lgan ilmiy manbalar ikki fan - psixologiya va sotsiologiya fanlarining erishgan yutuklari va xar kaysisining doirasida ma’lum muammolarning yechilishi uchun yana qushimcha aloxida fanning bulishi lozimligini tan olish tufayli yuzaga keldi. Shuning uchun xam uzok yillar mobaynida ijtimoiy psixologiya soxasida tadxikotlar olib borayotgan olim yoki izlanuvchining kimligiga qarab, izlanishlarning natijalarida u yoki bu yondashuv
- psixologik yoki sotsiologik yondashuvning ustuvorligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Demak, bu fanning tugilishi, o‘z predmeti soxasini anixlab olishiga sabab bo‘lgan sotsiologiya va psixologiya fanlari, G.M. Andreva ta’riflagandek, aslida uning “ota - onalaridir”.
Umumiy xolda, xozirgi kunda ijtimoiy psixologiyaning predmetini quyidagicha ta’riflash mumkin: ijtimoiy psixologiya - odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni davomida ularda xosil bo‘ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tikodlar, g‘oyalar, xss-tuyg‘ular, kechinmalar, turli xulq- atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fan, shaxs va jamiyat uzaro boglitsligida sodir buladigan psixologik xodisalarnы tahlil etuvchi ilmiy yunalishdir. Demak, xar bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning ijtimoiy normalariga rioya kilgan xolda o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan o‘rnatadigan murakkab o‘zaro munosabatlari va ularning ta’sirida xosil bo‘ladigan xodisalarning psixologik tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib beri ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifasidir. Shu kabi umumiy ta’riflardan yana biri - ijtimoiy psixologiya turli ijtimoiy vaziyatlarda ruy beradigan ijtimoiy mulokotning murakkab shakl va mexanizmlarini urganuvchi fandir.
Shuni mamnuniyat bilan e’tirof etish joizki, Uzbekistan Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida Respublikamiz Prezidenta Islom Karimov oliy ta’limni islox kilishda va malakali kadrlarni tayyorlashda ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida aloxida o‘rni borligiga jamoatchilik dikxatini qaratdi. Darxaxixat, yetuk kadr bo‘lish uchun shaxs nafakat o‘z iktidori, bilimi va saviyasini oshirishi zarur, balki jamiyatda turlicha ijtimoiy munosabatlar tizimiga tayyor bo‘lmog‘i, ijtimoiy faoliyatni boshkarishning, odamlar bilan turli jamoalarda ishlash, xodimlar faoliyatini muvofiklashtirishga oid ilmiy konuniyatlar va koidalarni mukammal egallamohi zarur. Boshkaruv, marketing va menejment, ta’lim va tarbiya soxalarida, ayniksa inson omili va uni boshkarishning psixologik tizimini bilishi - jamiyatda soglom insoniy munosabatlarni shakllantirish orkali uni kamol toptirish yulidir. Shuning uchun bugungi kunda yurtboshimiz ta’kidlaganidek, ijtimoiy psixologiya va umuman ijtimoiy faoliyat bilan shugullanuvchi fanlarning asosiy vazifasi - barkamol avlod tarbiyasini ta’minlovchi barcha ma’naviy, ruxiy va insoniy munosabatlar moxiyatini tahlil kilish, ularni boshkarishning eng samarali usullarini xayotga tatbix etishdir. Bu o‘rinda, ayniksa, ijtimoiy tafakkurning, yangicha dunyokarash va munosabatlarning shakllanishini, insonning o‘ziga va o‘zgalarga ta’sir etishning mexanizmlarini o‘rganish eng dolzarb masalalardandir. Chunki mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov mustakillikka erishish busag‘asidayok, “respublikada vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial- psixologik vaziyat bizni juda tashvishlantirmoqda” deb, bu vaziyatni barkarorlashtirish uchun ijtimoiy psixologik omillar- ni o‘rganish, taxlil kilish va amaliy choralar ko‘rishga jamoatchilikning dikkatini tortgan edilar. Lekin ming afsuski, u paytda ijtimoiy psixologiya fan sifatida xali yurtimizda rivojlanmagan, bu soxada fundamental va amaliy ilmiy tadkikotlar o‘tkazuvchi markazlar mavjud emas edi. Fakat mustakillikka erishganimizdan keyingina mamlakatimizda ilm- fan tarakkiyoti uchun yaratilgan shart-sharoitlar bu fan xam shakllanish pallasiga o‘tdi. Ijtimoiy psixologiya aloxida fan sifatida nafakat bo‘lgusi psixologlar xamda pedagoglarga, balki xalk xo‘jaligining turli tarmokdari uchun malakali, oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlovchi oliy ukuv yurtlarida xam o‘kitilmokda.
Xush, bugungi kunda ijtimoiy psixologiya fan sifatida o‘z baxs mavzusini va predmetini kaysi ob’ektlarga karatmoqda?

Yüklə 67,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə