Mavzu: Ilk bolalik davri va uning psixodiagnostikasi. Reja



Yüklə 1,65 Mb.
tarix19.06.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#118006
Mavzu Ilk bola-WPS Office

Mavzu: Ilk bolalik davri va uning psixodiagnostikasi.

Reja:

1. Go‘daklik davri psixologiyasi

2. Ilk bolalik davrining o‘ziga xos xususiyatlari

Go’daklik davri bolaning tug’ilganidan bir yoshlarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga olib, bu davrda bola tashqi muhitga moslashishi uchun ma’lum darajada yetilgan nerv tizimi bilan tug’iladi.

Go’daklik davri inson hayotidagi organik ehtiyojlarni (kislorodga, ovqatga, issiq yoki sovuqqa) qondirishga nisbatan yo’naltirilgan xatti harakatlarning tug’ma, instinktiv shakllari sof holda kuzatiladigan yagona davr hisoblanadi. Insonga xos bo’lgan xatti-harakatlar, yangi tajribalarni egallash uchun beqiyos imkoniyatlarning borligi go’daklik yoshidagi bolalarning asosiy xususiyatlaridir.

Ilk go’daklik davri - bu bolaning himoyasiz, kam harakat, harakat holatidan juda jadal ravishda rivojlanadigan, quvnoq bolaga aylanish davridir. U qisqa vaqt ichida kattalar bilan munosabat o’rnatadi, predmetlarni ushlashga va ulardan foydalanishga o’rganadi

U atrof olamdagi narsalarni kuzatadi, predmetlarni qo’li bilan ushlab, o’larni qandayligini bilishga intiladi, tovushlarga e’tibor beradi va predmetlar yordamida shu tovushlarni o’zi yaratishga harakat qiladi. U o’z onasi va boshqa yaqinlari bilan emosional munosabatga qirishadi. Go’dak yoshidagi bola ham jismonan, ham psixik, ham ijtimoiy jihatdan juda tez rivojlanadi.

Go’dak bola 2 oylik vaqtidan boshlab, o’z onasining yuzini va ovozini o’zgalarnikidan ajrata boshlaydi. 2-3 oylikdan boshlab esa, onasining tabassumi va kulgusiga tabassum va turli harakatlar bilan javob qaytaradi

2-3 oylik bolalarda yuzaga keladigan narsalarni ushlay olish harakatlarining shakllanishi ularda predmetlarning shakli va xajmini idrok qilishlarini rivojlanishiga olib keladi. Bir yeshga yettan bolada atrof muhitni bilishga qiziqishi va rivojlanayotgan bilish faolligi ko’zga tashlanadi.

Ilk bolalik davri: Go’daklik davridan so’ng rivojlanishning yangi bosqichi ilk bolalik (1-3 yosh) davri boshlanadi. Ilk bolalik davri bola hayotidagi eng ahamitga molik, uning kelajakdagi psixologik rivojlanishini belgilab beruvchi muhim davr xisoblanadi

Bu davrdagi rivojlanishning asosini bolaning to’g’ri yurishi, muloqotga kirishishi va predmetli faoliyatni egallash xususiyatlari Tashqil etadi. Tikka va to’g’ri yura olish imkoni bolani, doimiy ravishda yangi ma’lumotlarni egallashga zamin bo’ladi.

Bu yoshdagi bolalar o’z xatti-harakatlari bilan juda faol va kattalar bilan muloqotga kirishishga intiluvchan bo’ladilar. 1-3 yoshdagi bola shakllanishda psixik rivojlanishning o’ta ahamiyatliligini inobatga olgan holda, ayrim psixologlar (R.Zazzo) inson tug’ilganidan to yetuklik davrigacha bo’lgan psixik rivojlanishining taxminan o’qishlari, 3 yoshga to’g’ri keladi, degan mulohazani bildiradilar.

Bu yoshdan boshlab, bolalar predmetlarni o’rganish olamiga qadam quyadilar. U endi kattalar bilan nutq orqali muomala-munosabatda bola oladi va sodda axloq qoidalariga amal qila boshladilar. Kattalar bilan bo’ladigan muloqoti tufayli bola atrof hayot haqida ko’proq ma’lumot oladi.

Ilk davrdagi bolalarning yetakchi faoliyat turi-predmetlarni o’rganish hisoblanadi. Go’daklak davridagi bolalarga nisbatan, ilk bolalik davridagi bolalar atrof muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan ko’proq qiziqish bilan qaraydilar. Agar, go’dak bola qo’liga ushlagan narsani oddiy harakatlar bilan kuzatsa, 2-3 yoshdagi bola shu predmet qismlarini diqqat bilan o’rganganidan so’nggina, o’z amaliy faoliyatida ishlata boshlaydi.

E‘TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə