Jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish bolalar va oʻsmirlarda
optimizm, ruxiy va ma’naviy tetiklikni shakllantiradi, vatanparvarlik va vatanni
sevish xis-tuygʻularini shakllantiradi.
Sportni bolalarning kundalik extiyojiga aylantirish
va ularni sport turlariga
jalb etish maqsadida joylarda juda koʻp ommaviy musobaqalar oʻtkazilmoqda.
Bolalar sportini zamon talablari asosida rivojlantirishga xizmat qiladigan,
mamlakatimizda joriy etilgan uch bosqichdan iborat musobaqalarni yaxlit milliy
tizimi yoshlarni uzluksiz sportga jalb qiladigan asosiy mexanizm boʻldi.
Ushbu tizim:
-
viloyat xokimliklari, tegishli vazirliklar va sport tashkilotlari oʻquvchi-
yoshlarini sportga keng jalb qilish borasidagi harakatlarini birlashtirdi;
- qishloq joylarida tarqoq, oʻzaro bogʻlik boʻlmagan va aniq maqsadga
qaratilmagan musobaqalarni tartibga keltirdi.
Mazkur tizim musobaqalarini yanada
takomillashtirish maqsadida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2003 yil 3 iyunda “Oʻquvchi
va talaba-yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari
tizimini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 244-sonli qaroriga binoan “Umid nihollari”,
“Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarining respublika finalini uch
yilda bir marotaba oʻtkazilishi belgilandi.
Bugungi kunda respublikamizning barcha shahar
va olis qishloqlarida ham
sport zallari, maydonchalari, klublari, salomatlik
markazlari yangitdan qurilib,
eskilari esa ta’mirlanib foydalanishga topshirilmoqda. Bu yerlarda oʻquvchi
yoshlar uzlarining yoqtirgan sport turlari bilan shugʻullanishmoqda.
Dostları ilə paylaş: