Yakunlovchi qism - 5-10 daqiqa.
Vazifalari - darsning asosiy qismidagi
mashgʻulotlarda yuzaga kelgan taranglik va koʻzgalishdan sekin-asta nisbatan
xotirjam xolatga oʻtish, darsni yakunlash, uyga vazifa berish, uyushgan xolda yangi
faoliyatga oʻtish.
Jismoniy tarbiya darsi asosiy qismining toʻgʻri oʻtkazilishi tufayli oʻquvching
barcha a’zolarida biroz qoʻzgʻalish yuzaga keladi, ularning tomir urishi, nafas olishi
tezlashadi. Endi oʻquvchi boshqa faoliyat turiga tayyorlash uchun ular organizmini
vazmin xolatga keltirish zarur. Mazmuni - saflanish, yurish, ritmik va raqs
mashqlari, nafas olish mashqlari, tinch oʻyinlar, oʻqituvchining yakunlovchi suzi,
uyga vazifa.
Dars oʻquvching uyushgan xolda zaldan (maydondan) chiqib ketishlari bilan
tugaydi. Darsda oʻquvchilar faoliyatini tashkil qilish usullari deganda oʻqituvchi
rejasiga muvofiq oʻquvchi mashqlarni bajarish uchun uyushtirish usullari
tushuniladi.
Frontal (yoppasiga) shugʻullanish usuli - mashqlarni barcha oʻquvchilar bir
vaqtda bajaradilar. Uning ustunligi koʻproq oʻquvchi qamrab olishda, darsda yuqori
zichlikka va katta jismoniy ogʻirlikka erishilishidadir, oʻquvchilar oʻqituvchi
farmoyishi yoki jamoasini baravariga bajarsalar, yoppasiga shugʻullanish usuli
mashqlarni jamoa xolda bajarishning yaxshi namunasi boʻla oladi.
Mazkur usul oʻquv muassasalarining barcha bosqich oʻquvchilari bilan olib
boriladigan ishlarda, ayniqsa, oʻquv materiali bilan tanishtirishda keng qoʻllaniladi.
Oqimli usulda oʻquvchilar bitta mashqni navbat bilan, ketma- ket tuxtovsiz
oqim tarzida bajaradilar. Bunday oqimlar sharoitga qarab ikkita, uchta boʻlishi
mumkin.
Ikki yoki uch oqimda dars zichligi, binobarin ogʻirligi ham oshadi. Oqim usuli
akrobatika mashqlari, uzun argʻamchi bilan bajariladigan mashqlar, skameyka va
gimnastika devoriga tirmashishda, uni oshib oʻtishda, muvozanat saqlashda, tayanib
sakrash, uzunlikka hamda balandlikka sakrashda qulaydir.
Oqim usulining bir turi shuki, oʻquvchilar bir necha xil mashqni navbat bilan
bajaradilar. Masalan, oʻquvchilar dastlab skameykada yuradilar, soʻng yogʻochdan
oshibutadilar, undan keyin plankadan sakraydilar. Bu usul oʻqituvchiga oʻquvchilar
tomonidan bajarilayotgan barcha mashqlarni kuzatish imkonini bermaydi, shuning
uchun u juda zarur boʻlgan joyda turadi.
Oqim usuli koʻproq malaka va koʻnikmalarni takomillashtirish maqsadidagi
mashqlarni oʻtishda, shuningdek ogʻirlikni oshirishda qoʻllaniladi.
Guruh usuli shundan iboratki, unda oʻquvchilar guruhlarga boʻlinadilar, har
bir guruh oʻqituvchi topshirigʻiga binoan mustaqil shugʻullanadi. Mashq uchun jihoz
va inventar yetishmaganda shu usulga murojaat qilinadi. Vaqtdan oqilona
foydalanish maqsadida bir vaqtda ikkita-uchta mashq turi oʻrganiladi. Guruhlar
ma’lum bir vaqtdan soʻng joy almashadilar. Har bir guruhga oʻquvching mashgʻulot
paytidagi harakatini kuzatib turish uchun boshliq tayinlanadi.
Guruhlarga boʻlinish ikkitagacha, uchtagacha sanash yoki bir qator
kolonnadan ikki, uch qator kolonnaga qayta saflanish va har bir qatorni tegishli
joyga burib olib borish orqali amalga oshiriladi.
Darsda guruhlar bir-biriga xalaqit bermaydigan tarzda joylashadi.
Guruhli usul barcha oʻquvchilar mustaqil mashgʻulotlarga yetarli darajada
tayyor boʻlganlaridan soʻng qoʻllanilishi mumkin.
Individual usul shundan iboratki, bunda har bir oʻquvchi mashq bajaradi,
qolganlar esa uni kuzatib turishadi. Bunday usul yakunlovchi darslarda qoʻllaniladi.
Bu oʻqituvchiga har bir mashq bajarilgandan soʻng yakun chiqarishga, oʻquvchilar
e’tiborini mashqni yaxshiroq bajarishga, kamchilik va xatolarga karatishga imkon
beradiki, bu ta’lim va tarbiya jixatdan juda muxim.
Aylanib yurib shugʻullanish usuli - darsning ma’lum bir vaqtida oʻquvchilar
4-8 kishilik bir necha guruhga boʻlinib, oʻqituvchi koʻrsatmasiga binoan turli
snaryad yoniga yoki mashgʻulot joyiga boradilar va oʻqituvchi signali boʻyicha
mashqlarni mustaqil bajara boshlaydilar. Ma’lum bir vaqt oʻtgach (30-40 sek),
oʻqituvchi yangi signal beradi va oʻquvchilar boshqa snaryad yoki mashgʻulot
urniga uyushgan xolda oʻtadilar. Barcha oʻquvchilar dars rejasida kuzda tutilgan
ham mashqlar bilan shugʻullanib boʻlmagunlaricha shu tarzda davom etaveradi.
Oʻquvchilar bir snaryaddan ikkinchisiga oʻtib va barcha mashqlarni bajarib,
guyo mashqlar doirasini tugallaganlari uchun bu usul aylanma usul deyiladi. Bu
usulnishuning uchun ham trenirovka deb ataydilarki, uning asosiy maqsadga
yoʻnalganligi shugʻullanuvchilarning jismoniy sifatlari rivojlanish darajasini
oshirish va organizmning funksional imkoniyatlarini takomillashtirishdan iboratdir.
Bunga mashqlarni muayyan izchillikda, ixtiyoriy yoki berilgan sur’atda, muayyan
vaqtda yoki ma’lum miqdorda koʻp martalab takrorlash orqali erishiladi.
Darsda oʻquvchilar faoliyatini tashkil qilish usullari qoʻyilgan vazifalar,
sharoit, oʻquvchilar soni va ularning tayyorgarligiga bogʻliq. Bundan tashqari turli
usullarning qoʻllanishi oʻquvching darsga boʻlgan qiziqishini va darsning
samaradorligini oshiradi.
Oʻqituvchi darsga tayyorlanishda jismoniy ogʻirlik bilan
bogʻliq masalalarni xal etadi. Jismoniy ogʻirlik deganda butun dars jarayoni va
jismoniy mashqlarning shugʻullanuvchilar organizmiga koʻrsatadigan muayyan
ta’siri tushuniladi. Jismoniy ogʻirlik ma’lum darajada jismoniy mashqlarning
me’yori bilan, ya’ni mashqlar miqdori, ularning takrorlanishi, mashqlarni bajarishga
ajratiladigan vaqt, shuningdek, ularni bajarish sharoitlari bilan belgilanadi.
Barcha jismoniy mashqlar shugʻullanuvchilar organizmiga ta’sir koʻrsatadi:
ba’zilari koʻproq, ba’zilari ozroq. Koʻp miqdordagi mashqlardan iborat dars ancha
ogʻir boʻladi. Shuning uchun darsdagi ogʻirlik har xil boʻladi, oʻqituvchi uni
mutanosiblashtirib turishi shart. Oʻquvchilarga tushadigan ogʻirlik oshib ketishiga
yoʻl qoʻymaslik kerak. Bu oʻquvchi toliqtiradi va ularning ish qobiliyatiga yomon
ta’sir etadi. Shu Bilan birga mashgʻulot yengil ham boʻlmasligi kerak, chunki unda
mashqlarning organizmga ta’siri kamlik qiladi.
Oʻqituvchi har bir darsda oʻquvchilar organizmiga yetarlicha ogʻirlik berishi
kerak. Bu ta’limiy vazifalar bilan birga organizmning zarur funksional faoliyatini
yaxshilashni ham ta’minlaydi. Buning uchun jismoniy mashqlardan moxirona
foydalanish va ularning shugʻullanuvchilar organizmiga qanday ta’sir etishini bilish
kerak.
Jismoniy mashqlarning organizmga ta’sirini aniqlaydigan koʻplab usullar
mavjud. Ularga qoʻyidagilar kiradi: qon bosimi, tana harorati va pulsni oʻlchash, qon
tarkibini tekshirish va boshqalar. Oʻqituvchi koʻrsatilgan usullardan koʻproq pulsni
oʻlchashdan foydalanadi.
Yugurish, yurish bilan yugurish, almashlab toʻsiqlarni oshib oʻtish yoki
boshqa mashqlar boshlanguncha, oʻquvchining pulsi oʻlchanadi. Soʻng mashqlar
oʻtkaziladi, shundan keyin puls qayta oʻlchanadi mashqlargacha va mashqlardan
keyingi puls taqqoslanadi. Agar tezlashgan puls 3 daqiqa davomida mashq
boshlanishigacha boʻlgan koʻrsatkichga sekinlashmasa, bu noxush signal sifatida
qaraladi, ya’ni katta yuklama yoki oʻquvchining yurak-tomir tizimi faoliyatidagi
kamchilikdan darak beradi. Oʻqituvchi har ikkala xolga ham jiddiy e’tibor berishi
kerak.
Oʻquvchilar xolatini koʻrsatuvchi koʻplab tashqi belgilar mavjud: qoʻl va
oyokning qaltirashi, yuzning toliqqan koʻrinishi, qad-qomatning boʻshashuvi,
faollikning susayishi, yuzning oqarib ketishi, xolsizlik, mashqlarni bajarish
sifatining yomonlashuvi, oʻquvching toliqishdan shikoyati va hakozo. Yuqoridagi
barcha belgilar xaddan ziyod jismoniy ogʻirlik tushganining koʻrsatkichi hisoblanadi
va oʻqituvchidan mashqlar miqdorini va suratini kamaytirishini yoki butunlay
toʻxtatishni talab qiladi.
Oʻqituvchi jismoniy ogʻirlikni oldinroq, dars rejasini tuzayotganda belgilaydi,
dars jarayonida esa kuzatishlarga muvofiq ba’zi bir tuzatishlar kiritadi. Bunda
ogʻirlikni asta-sekin ravishda oshirib borishga intilish lozim. Katta ogʻirlik dars
asosiy qismining oʻrtasida berilishi kerak. Oʻquvchilarga tushadigan ogʻirlik xaddan
oshib ketmasligi uchun qiyin mashqlarni bir oz osoni bilan, tanish mashqlarni esa
notanish mashqlar bilan almashtirib turish kerak.
Ogʻirlikni mutanosiblashtirishni koʻp miqdordagi, turli jismoniy
tayyorgarlikka ega boʻlgan oʻquvching bir vaqtda shugʻullanishi qiyinlashtiradi.
Mashgʻulotni oʻrtacha jismoniy tayyorgarlikka ega boʻlgan oʻquvchilarga
muljallash kerak.
Dostları ilə paylaş: |