ESLATMA:
Har bir oʻquv muassasa oʻquv jarayoni jadvaliga
asoslangan
xolda bosqichlardagi soatlarni taqsimlashi mumkin.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridagi jismoniy tarbiyaning maqsadi
oʻquvchi foydali mehnatga, Vatanni ximoya qilishga
va mustaqil hayotga
tayyorlashdan iborat.
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan xolda jismoniy tarbiyaning vazifalari:
- jismoniy tarbiya darslarida javobgarlikni xis qiladigan, jamoatchi, irodali, tartibli,
jamoat ishlarida faol qatnashadigan, gʻoyaviy chiniqqan va ijtimoiy dunyoqarashga
ega boʻlgan yoshlarni tarbiyalash;
- oʻz faoliyatida kasb-hunarga oid jismoniy tayyorgarlik koʻnikma va malakalarini
shakllantirish:
- yuqori ishchanlikni ta’minlash, sogʻlikni saqlash haqida doimiy qaygʻurish:
- harakat faoliyatini hajmini kengaytirish, jismoniy va ruxiy qobiliyatini
shakllantirish;
- hayotda kerakli mehnat faoliyatini va mudofaa xizmatini oʻtashni oʻrgatish:
- jismoniy va ruxiy uygʻunlashgan xolda,
harakat madaniyatiga, chiroyli tana
tuzilishiga, optimal jismoniy taraqqiyotga va mustaxkam sogʻliqqa boʻlgan extiyojni
shakllantirish:
- sogʻlom turmush tarzini tashviqot qilish, xalq an’analarini, ma’naviy-ma’rifiy
qadriyatlarni shakllantirish;
- harakat tartibini mumkin qadar mustaqil toʻgʻri tashkil qila olish;
- tanlangan sport turi boʻyicha oʻz maxoratini muntazam takomillashtirish;
- kun tartibida faol harakatda boʻlish,
jismoniy tarbiya, sport va sayyoxlik
qonunlarini bilish, koʻnikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Jismoniy tarbiya oʻqituvchilarida qoʻyidagi hujjatlar boʻlishi kerak: jismoniy
tarbiya fani boʻyicha oʻquv dasturi, umumiy soatlar hajmining oʻquv semestrlariga
taqsimot jadvali, yillik mavzular-taqvim reja,
kunlik dars rejasi, tayanch
konspektlari.
Oʻqituvchining darslarga yaxshi tayyorlanishi ularning muvaffaqiyatli
oʻtkazilishi garovidir.
Oʻqituvchi darsga tayyorlanishni oʻquv yili
boshlanishidan ancha oldin
boshlaydi. U dastur materiallarini oʻrganib chiqadi, uni oʻtish izchilligini oʻylab
chiqadi. Oʻqituvchi dastur materialini oʻquv muassasasining sharoiti va ob-havo
sharoitiga muvofiq ravishda rejalashtirishga aloxida e’tibor beradi. Oʻqituvchi
darsga tayyorlanish jarayonida uslubiy adabiyotlar, boshqa pedagoglarning tajribasi
bilan tanishadi va barcha yaxshi narsalardan oʻz ishida foydalanadi.
Oʻqituvchi navbatdagi darsga tayyorlanishda oldingi darslarning yakunlarini
hisobga olishi, qaysi materialni takrorlash, qaysi materialni oʻrganishni belgilashi
kerak.
Darsga tayyorlanishda reja tuziladi va darsning aniq vazifalari belgilanadi.
Vazifalar aniq va tushunarli boʻlishi shart. Agar bir turdagi mashqlar bir necha
darsda oʻtilsa, “takrorlash” ifodasi qoʻllanishi mumkin. Lekin, nima uchun va nima
maqsadda takrorlanishi albatta koʻrsatiladi.
Darsning aniq vazifalari belgilangach, avval asosiy qism, soʻng esa kirish va
yakunlovchi qism uchun material tanlanadi. Materialni tanlashda takrorlash soni,
mashqlarni bajarishga ketadigan vaqt mikdori belgilanadi. U yuklama uchun ham,
harakat malaka va koʻnikmalarini shakllantirish uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga
ega boʻladi.
Dars rejasida joriy hisob masalalari ham aks etadi (qaysi mashq turi boʻyicha
topshirikni tekshirish) va uyga berish mumkin boʻlgan vazifa belgilanadi. Darsga
tayyorlanishda mashqlarni oʻtkazish uslubiyati bilan bogʻliq boʻlgan
masalalarga
katta e’tibor beriladi.
Oʻqituvchi dars paytida mashqlarni oʻtkazishda qayerda turishi, darsni qanday
kuzatishi va oʻquvchilarga raxbarlik qilishini oldindan xal etib olishi kerak.
Oʻqituvchi darsga tayyorlanayotib, darsga kiritilgan barcha mashqlarni bajaradi
(oyna oldida). Bu unga oʻz tayyorgarligini tekshirib koʻrishga imkon beradi.
Agar oʻqituvchi dars rejasiga jixoz va inventardan
foydalanishni taqozo
qiladigan mashqlarni kiritadigan boʻlsa, bu dars boshlanishigacha hisobga olinishi
kerak. Bunda qanday jixozdan foydalanish, qanday inventar zarur boʻlishi, uni kim
va qachon tayyorlashi va mashgʻulotdan soʻng kim yigʻishtirib olishi koʻzda tutiladi.
Darsda inventarlardan aniq tartibda foydalanish juda kata tarbiyaviy
ahamiyatga ega.
Har bir oʻqituvchi darsning borishi, darsda oʻquvchi
faoliyatining barcha
jixatlarini, darsning butun mazmuni va uni oʻtkazish usullariga muvofiq dars
konspektini tuzishi kerak. U oʻqituvchining tajribasiga va maxoratiga karab koʻp
yoki oz darajada toʻla va keng boʻlishi mumkin. Konspektni oʻqituvchi darsni
yaxshiroq oʻtkazish uchun tuzadi.
Dostları ilə paylaş: