Kasbiy tayyorgarlik qanchalik katta ahamiyatga ega boʻlmasin, u xech qachon
insonni jismoniy tarbiyalashning mustaxkam asosi boʻlgan umumiy jismoniy tarbiya
oʻrnini bosa olmaydi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik kasbiy jismoniy tayyorgarlik
uchun ham asos boʻlib xizmat qiladi.
Kasbiy jismoniy tayyorgarlik jismoniy tarbiyaning ixtisoslashtirilgan
jarayonlari turlaridan biri boʻlib, shaxsning jismoniy ham da u bilan bogʻliq psixik
fazilatlarini rivojlantirishga, shuningdek, harakat, maxorat va malakalarini kasbiy
faoliyatning aniq xususiyatdariga moslab shakllantirishga qaratilgandir. Har bir kasb
boʻyicha jismoniy tayyorgarlik turining vazifasi va mazmuni aniq kasb faoliyatining
oʻziga xos xususiyatlaridan, shuningdek, faoliyat qanday sharoitda oʻtayotganidan
kelib chiqadi.
Mehnat jarayonida kasbiy jismoniy tayyorgarlikka keng oʻrin berilishiga ikki
xil sabab bor:
Birinchidan, ayrim mehnat turlarining jismoniy va boshqa sifatlar,
shuningdek, malakalar katta majmuasini chuqur rivojlantirishni talab qilish
xususiyati;
Ikkinchidan, odat boʻlmagan va koʻpincha favqulodda murakkab faoliyat
sharoiti (dengiz flotida xizmat qilish, geodezist, geologlarning taygada, togʻli
joylarda) ish olib borishi.
Insonning turli ish operatsiyalari sifatli bajarilishiga va mehnat unumdorligi
ortishiga bevosita ta’sir etadigan psixik va jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish;
Tashqi muxitning noqulay ta’siriga organizm chidamliligini oshirish.
Dostları ilə paylaş: