mushaklarini boʻshashtirish, koordinatsiyaga, aniqlikka va diqqat-e’tiborga
yoʻnaltirilgan mashqlar.
Turli kasb egalari uchun boshlangʻich gimnastika majmualarini tuzishda
mehnat faoliyatining quyidagi xususiyatlarini inobatga olish tavsiya etiladi:
1) ishlash (oʻtirib, turib) holatini, gavda vaziyatini (egilgan yoki toʻgʻri,
erkin yoki kuchlanishli);
2) ish harakatlari (tezkor yoki sekin, kuchlanishli yoki kuchlanishsiz, katta
yoki kichik amplitudali, simmetrik yoki asimmetrik, bir xil yoki turli xildagi
harakatlar va b.);
3) mehnat faolligi xususiyati (harakatlar aniqligi, harakatlarning
takrorlanuvchanligi,
reaksiya
tezligi,
diqqat-e’tiborning
kuchliligi
va
konsentratsiyasi, sezish organlariga yuklama, mehnatning bir maromliligi va b.);
4) subyektiv koʻrsatkichlar boʻyicha charchashning darajasi va xususiyati
(diqqat-e’tiborning tarqoqligi, mushaklarda ogʻriq sezish, bosh ogʻrishi,
asabiylashish va boshqalar);
5) jismoniy mashqlar bilan shugʻullanuvchilar orasida salomatligida ogʻishi
boʻlgan shaxslar mavjudligi (ular uchun xususiy mashqlar tanlash maqsadga
muvofiq);
6) sanitariya-gigienik omillar (yoritilganlik, shovqin, keragidan ortiq gaz
mavjudligi).
Dostları ilə paylaş: