Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/78
tarix05.01.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#98223
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   78
ilovepdf merged (2)

Moddiy-texnik ta’minoti 
Baza qurilishi 
Sport formasi bilan ta’minlash 
Mashgʻulot uchun joy 
tayyorlash 
Anjom-uskunalarni takomillashtirish, trenajerlar 
yaratish 
Apparatlar bilan 
ta’minlash 
Oʻquv yigʻinlari va musobaqalar oʻtadigan 
joylarda xoʻjalik ishlari 
Sportchini tayyorlash tizimida moddiy-texnika ta’minoti muhim ahamiyatga 
ega. Sport bazalarini yaratish va ularni toʻldirish, mashgʻulot joylaridan hamma 
vaqt ham omilkorlik bilan toʻgʻri foydalanish, sport anjomlarini sotib olish axborot 
beruvchi, tahlil qiluvchi maxsus apparatlar bilan ta’minlanishi kerak. Sport 
anjomlarini ishlab chiqarish va ular bilan sport ahlini ta’minlash masalalari yaxshi 
yoʻlga qoʻyilmagan, sport ashyo - anjomlari (ham standart, ham nostandart 
anjomlar, ham bolalar uchun moʻljallanganlari)ning sifati past, trenajyor uskunalari 
etishmaydi. 
Sport formalari, anjomlari, uskunalari oʻzgarmoqda, sport natijalarining 
boʻlgʻusi qiyofasi ham oʻzgarmoqda. 
5-jadval 
Tibbiy ta’minot 
Jismoniy mashq yuklamasiga chidamlilik xolatini 
operativ va chuqur nazorat qilish 
Kasallikni oldini olish (profilaktik) 
tadbirlar 
Davolash tadbirlari 
Tiklanish 
Hozirgi shifokorlar sportchining mashgʻulotga chidamlilik holati haqida 
faqat oʻz amaliy koʻrsatkichlari bilan chegaralanib sportchining umumiy 
mashgʻulotga qay darajada chidamli ekanligi haqida gapirmaydi. 
Muntazam ravishda shifokor koʻrigidan oʻtib turish (bu vazifani davolash 
jismoniy tarbiya dispanserlari bajaradi), davolash pedagogik kuzatuvlar, oʻz 


salomatligini oʻzi nazorat qilish va oliy darajadagi sportchilarni tayyorlash 
jarayonida qoʻllaniladigan boshqa majmuali nazorat shakllari (masalan bosqichma 
bosqich va joriy majmuali tekshiruvlar) eng muhim ahamiyatga egadir. 
Bu ishlarinng hammasi har bir sportchi uchun berilgan yuklamaga qanchalik 
chiday olishini aniqlashda, yuklamalarni me’yorga solishda va ularning ogʻir 
engilligini, shuningdek, mashq qilayotgan shaxsning yoshini va jismoniy 
xususiyatlarini hisobga olgan holda mashq jarayonini rejalashtirishda katta yordam 
koʻrsatadi. 
Shifokorlar profilaktika ishlari bilan shugʻullanmaydilar, rejalashtirish 
sifatining pastligi uchun javob bermaydilar, ularning shaxsiy tayyorgarlik rejalari 
nomigagina tuzilgan oʻquv mashq yuklamalari ustidan nazorat qilish saviyasi past. 
Sportchining salomatligi, funksional holati, uning psixologik jihatdan 
musobaqalarga shayligi va shu kabi boshqa jihatlari haqida amaliy ma’lumot yoʻq. 
Tibbiy nazoratning vazifasi-sportchilarni har yili dispanser koʻrigidan 
oʻtkazish, funksional tayyorgarlik sinovlarni ishga solish, nazoratni musobaqaga 
tayyorgarlik oldidan oʻtkazib, keyin kamida 3-4 oyda bir martadan joriy kuzatuv 
oʻtkazilib turilishi joiz. 
Sportchining ish qobiliyati samarali tiklash va oshirishga qaratilgan 
tadbirlar quyidagilardan iborat: 
a) organizmning qattiq charchashi va oʻta zoʻriqishini bartaraf qiluvchi 
maxsus gigienik tadbirlar (bu tadbirlar, kuch-quvvatni tiklovchi pedagogik 
vositalar deb ham yuritiladi). 
b) psixologik tadbirlar. Sportchi ruhiy holatini tartibga solishning psixo-
profilaktik va psixo-terapevtik usullari autagen (mustaqil mashq, ruhiy holatni 
tartibga soluvchi (psixore-gulyatsiya) mashq, gipnoz bilan uxlab dam olish).
Sportchining izzat-nafsiga qattiq tegmaslik, uning ruhiyatini avaylash uchun 
qulay psixologik mikroiqlim yaratish, rahbarlar, murabbiylar, hodmlar sportchiga 
nisbatan xushmuomila boʻlishlari kerak. Bundan tashqari, ruhiy keskinlikni 
bartaraf qiluvchi usullar va mashgʻulotlardan, dam olishning turli xil koʻngilochar 
vositalaridan foydalanish lozim boʻladi. 


v) har turli jismoniy omillardan va organizmni qayta tiklash apparatlaridan 
keng koʻlamda va kompleks usulda foydalanish. 
g) tarkibida yuksak biologik qiymatga ega iste’mol preparatlari boʻlgan 
taomlardan, quvvat va salomatlikni tiklash uchun xizmat qiluvchi maxsus ozuqa 
omuxtasidan, shuningdek, inson organizmida modda almashinishi oraligʻida 
iste’mol qilinuvchi ozuqalar (qahrabo va limon kislotasi)dan, biokimyoviy 
jarayonga ta’sir etuvchi preparatlardan foydalanish. 
 
6-jadval 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə