12-Ma’ruza
Mavzu: Sportchilarni tayyorlash tizimining tavsifi
Reja
1. Sportchilarni tayyorlash tizimida moddiy-texnik ta’minot.
2. Sportchilarni tayyorlash tizimida tibbiy ta’minot.
3. Sportchilarni tayyorlash tizimida ilmiy-metodik ta’minot.
Kalit soʻzlar:
Sportchilarni tayyorlash tizimi, moddiy-texnik ta’minot, tibbiy
ta’minot, ilmiy-metodik ta’minot.
Mamalakatimiz sport taraqqiyotining bugungi
bosqichida biz shunday
xususiyatlarni koʻramizki, ular sportchini tayyorlash jarayoniga jiddiy ta’sir
koʻrsatadilar va murabbiy bilan sportchi oldiga yangidan-yangi murakkab vazifa va
topshiriqlarni qoʻyadilar bu vazifa va topshiriqlarni esa, oʻz navbatida, mashq
jarayonini tashkil qilshning eng munosib shakl va usullarini izlab topishga majbur
etadi:
-bugungi sportchilar erishgan yuksak koʻrsatkichlar
darajasini yanada
yuksaltirish uchun, olamni eng yuqori malakali sportchilar tayyorlash uslubini,
shuningdek, sportchini tayyorlashda uzoq yillardan beri qoʻllanilib kelayotgan
bugungi tashkiliy-metodik usulni xam batamom takomillashtirish talab qilinadi.
Eng yirik sport musobaqalarida erishilgan yutuqlarning natijalari tobora
oshib
borayotgani sababli, musobaqa kurashlari nihoyatda keskinlashib ketdi. Bu
hol sportchilarning texnik va amaliy mahoratini samaradorligi, barqarorligi va
ustuvorligiga, ularning ustma-ust boʻlib turadigan ma’suliyatli startlar sharoitda
axloqiy irodaviy va ruhiy tayyorgarlikka boʻlgan talabni benihoya oshiradi.
Yuqori malakali sportchilar maxsus jismoniy
tayyorgar-likning shu qadar
yuksak choʻqqisiga chiqqanlarki, endi undan yuqoriroqqa koʻtarilish eng ogʻir va
eng murakkab vazifa boʻlib qoldi, shunga koʻra, maxsus jismoniy tayyorgarlik
samaradorligini oshirish zahiralarini qidirish va shu bilan birga umuman, mashq
jarayoni tizimida yangicha usul va uslublar zarur boʻlib qoldi.
Mashq yuklamalarni hajmi va shu qadar kattalashib, ogʻirlashib ketdiki, uni
yillik
sikl doirasida, hamda uning har bir bosqichi ichiga oqilona singdirish
masalasi koʻndalang qilib qoʻyildi. Shu bilan birga, mashgʻulot samaradorligini
oshrishning birdan bir usuli deb e’tirof etilgan munosabatda boʻlish
zarurati
tugʻildi. Shunga koʻra birinchidan, turlicha imtiyozli yoʻnalishlarda boʻlgan
yuklamalar oʻrtasidagi eng koʻp foyda beradigan nisbatini, ikkinchidan, mashqlarni
tashkil qilishning yangi usullarini qidirish zarurati vujudga keldi,
zero bunday
mashqlar sportchida energiya zahirasining sarflanishi va qayta tiklanishi
oʻrtasidagi aniq munosabatga suyangan holda, uning organizm faoliyatidagi
moslanish imkoniyatlarini toʻla amalga oshirish
uchun eng maqbul sharoitni
koʻzda tutadi.
Mashqning metodik masalalarini hal qilishda fanning vazifasi oshdi yuqori
malakali sportchilarni tayyorlab yetkazish, sportchi organizmidagi hayotni
ta’minlovchi funksional uslublarga toʻla qonli ta’sir koʻrsatish
va bunday
uslublarni oʻta yuksak faoliyat darajasiga koʻtarish bilan bevosita bogʻliqdirki,
endilikda sportchini zamonaviy usulda tayyorlab etkazishning oʻta murakkab
muammolarni ilmiy-metodik ma’lumotlarsiz, faqat sogʻlom aql va hissiyotga
suyangan holda hal qilib boʻlmaydi.
1-jadval
Dostları ilə paylaş: