shartiga binoan) bellashuvni davom ettirishdan
mahrum etiladi.
V) oraliq
- bunda yuqoridagi har
ikkalausul aralashma holda
qoʻllaniladi;
Musobaqa oʻtkazishning u yoki bu usulini qoʻllash
ushbu musobaqa haqidagi nizom bilan belgilanadi.
Odatda, eng muhim sanalgan yirik rasmiy musobaqalar sportchini
tayyorlashdagi davomiy jarayonning yakuni hisoblanadi. Ularda imkoni boricha
yuqori sport natijalariga erishish zarurati koʻpincha bunday musobaqalarning
yuksak maqomini, shuningdek, ularga tayyorgarlik tizimining tarkibi va
mohiyatini
belgilaydi. Boshqa musobaqalar saralash, jamlash, tayyorlash yoki nazorta
xarakteriga ega boʻlib, turli texnik-taktik vazifalarni bajarishi mumkin.
Musobaqa oʻtkazishning u yoki bu usuli musobaqa oldiga qoʻyilgan vazifa,
musobaqa yakunlanishi lozimboʻlgan muddat; sportchilar (jamoalar) soni, ularning
sport tayyorgarligi, oʻquv ishlab chiqarishda bandligi
va hududiy joylashganligi,
qatnashchilar bellashuvini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan joylar miqdori hamda
albatta mablagʻ bilan ta’minlanishiga qarab belgilanadi.
Sport musobaqalari pedagogik, sport, metodik va ijtimoiy-siyosiy
vazifalarni echishga yaqindan yordam beradi.
Yosh sportchilardan tortib mahoratli sportchilargacha
musobaqa juda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Musobaqalar- sportchilar uchun, ragʻbatlantiruvchi omil hisoblanadi va shu
paytning oʻzida sportchini yuklamani tobora oshirib borish, irodani tarbiyalash,
sport kurashiga oʻrganish va mashq jarayonini nazorat qilishga oʻrgatadi.
Sportchilarni musobaqa vaqtidagi faoliyati musobaqa faoliyati deb
yuritiladi. Musobaqa faoliyati eng yuqori sport natijalariga
erishishga qaratilgan
ayrim harakat, usul, kombinatsiyalardan iborat, tayyorgarlikning texnik, jismoniy,
taktik, ruhiy, integral darajasi bilan ta’minlanadi. Sport musobaqalarida qatnashish
musobaqa faoliyati koʻrinishining shakli hisoblanadi.