1. Yuqoridagi jadvaldan koʻrinib turibdiki, yuksak malakali sportchini
tayyorlashga shart-sharoit sportchi-murabbiy
majmui yagona asosiy negiz
hisoblanadi. Bu majmua ichida eng katta yuklama sportchining zimmasiga tushadi,
chunki aynan shu sportchi bir qator harakatlar (ilm olish, rivojlanish, tarbiya,
mashgʻulot, musobaqa, oragnizmini qayta tiklash) ta’siriga toʻqnash kelishi kerak.
Vaholanki, sportchi oʻziga mustaqil shaxs sifatida murabbiysiz, moddiy-texnik va
xoʻjalik ta’minoti, ilmiy metodik ta’minot, guruhlarisiz musobaqaga tayyorlana
olmaydi. Bugungi sportchining har taraflama (ham jismoniy,
ham aqlan, ham
ahloqan) rivojlanishi, shuningdek, jismoniy,
texnik taktik, aqliy, funksional
jihatdan tayyorlangan boʻlishini talab qiladi.
2-jadval
Tashkilotchi
Musobaqa va oʻquv
yigʻinlarni uyushtirish
Gʻoyaviy-
tarbiyaviy ishlar
Muvofiqlashtirish
xizmati
Tashkilotlar bilan muloqot
Kadrlar tayyorlash
va qayta tayyorlash
Rejalashtirish xaqidagi
ma’lumotlarni toʻplash va
taxlil qilish
Boʻsh vaqt va
xordiq chiqarish
2. Sportchini tayyorlab yetkazish uslublarini koʻzdan kechirish uchun biz bu
faoliyatni tashkiliy jihatiga murojaat qilaylik.
Koʻrinib turibdiki, gʻoyaviy-tarbiyaviy ish va ahloqiy-irodaviy hislatlarining
tarbiyalash birinchi oʻringa qoʻyilgan, zero ushbu faoliyatlar yaxshi yoʻlga
qoʻyilgan
taqdirdagina, oʻzini, murabbiyni, jamoa a’zolarini, raqibini va
boshqalarni amaliy hurmat qilishi mumkin. Murabbiy bilan sportchi yuqorida
koʻrsatilganidek ezgu vazifalarni rivojlantirish
bilan bir paytda, sport qonunini
buzuvchilarga qarshi, ichkilikbozlik, bezorilik, faxsh va oʻzga ahloqsizlarga qarshi
hamma joylarda ham muntazam ravishda kurash olib borishlari kerak.
Sportchilar
orasida bosar-tusarini bilmay qolgan, ogʻzi katta, mutakabbirlar, chempionlik
shaxsiga sigʻinishni talab qiluvchilar hali koʻp uchrab turadi. Sportchilar
tarbiyasining toʻgʻri yoʻlga qoʻyilmaganligi, modalar ketidan quvish,
sportchilarimiz sha’niga (ayniqsa, chet ellarda) dogʻ tushirish kabi salbiy
qilmishlar mavjud.
Musobaqalar va oʻquv yigʻinlarini rejalashtirishni ham albatta tashkiliy ish
deb hisoblash kerak. Bu har qanday sport ishida eng mas’uliyatli jarayondir.
Musobaqalarni
shunday rejalashtirish kerakki, ular sport mashgʻulotlari
oʻtkaziladigan muddatlarga albatta mos tushishi, oʻz amaliyotiga qarab tadrijiy
ravishda oʻtkazilsin, shuningdek, eng yirik musobaqalarning
qanday sharoitda
(iqlim, joyning dengiz sathidan qancha balandligi, vaqt mintaqasi va boshqa)
oʻtkazilishi ham hisobga olinishi kerak. Musobaqalarni yillik sikl rejasiga toʻgʻri
taqsimlash, sport natijalarining oʻsishini jadallashtiradi, musobaqa sharoitiga
moslanishiga imkon tugʻdiradi.
3-jadval
Dostları ilə paylaş: