Mavzu: Ilmiy manbalar


Norasmiy manbalar: mutaxassislar bilan uchrashuvlar, tadqiqiy guruhlar, o’qituvchilar



Yüklə 43,43 Kb.
səhifə2/4
tarix02.05.2023
ölçüsü43,43 Kb.
#108022
1   2   3   4
11-Mavzu

2.Norasmiy manbalar: mutaxassislar bilan uchrashuvlar, tadqiqiy guruhlar, o’qituvchilar
Tadqiqotchilik guruhlari.
Agar sizni qiziqtirgan soha bo’yicha tadqiqot olib boruvchilarni bilib olsangiz, ular norasmiy kanallar orqali o’zaro bilim, ma`lumot va yangiliklar almashishlarini aniqlaysiz. Ba`zan olimlar kichik guruhlarga birlashib yaqinda chop etiladigan maqolalaridan nusxalar almashib yurishadi. Hozirda bunday guruh a`zolariga Internet katta imkoniyatlar yaratib bermoqda. Bunda ba`zan maqsad maqolalar almashish bo’lishi mumkin bo’ladi. Boshqa vaziyatlarda esa ular elektron pochta orqali o’zlarini qiziqtirgan tadqiqot haqida baxs yuritadilar.Bunday guruhlar odatda shu sohaga qiziquvchi har qanday insonni o’z a`zolari safiga qo’shadilar. Shuning uchun sizga ilmning ma`lum bir tadqiqot sohasiga qiziqish shakllangandan boshlab shunday guruhlar faoliyatini kuzatib boring. Ular juda qimmatli ma`lumotlar manbai bo’lishlari mumkin.
Mutaxassislik uchrashuvlari, konferensiyalar
Soha yangiliklaridan boxabar bo’lish uchun norasmiy manbalarni unutmaslik kerak. O’z ishi jurnallarda chiqishidan oldin ko’plab tadqiqotchilar o’z ishlarini mutaxassislik uchrashuvlarida hamkasblariga taqdim etadilar. Jurnallarda chop etilgan maqolalarning deyarli 5 dan bir qismi bundan oldin OTM va Respublikaning konferensiyalarida taqdim etilgan bo’ladi.
Albatta ilmiy yo’nalishingizga bag`ishlangan barcha uchrashuvlar va konferentsiyalarda ishtirok etishning iloji yo’q. Ammo ba`zi uchrashuvlardagi dokladlar tezislar to’plami deb nomlanuvchi tomlarga birlashtiriladi hamda u ko’pchilik kutubxonalarda mavjud bo’ladi. Bundan tashqari konferensiyadan oldin tashkilot a`zolari konferentsiya dasturini qo’lga kiritadilar. Bu dasturdagi biron doklad mavzusi sizning tadqiqotingizga bog`liq bo’ladigan bo’lsa shunchaki muallifga shu dokladdan nusxa jo’natishni so’rab so’rov jo’natishingiz mumkin. Bunda jamlovchi maqola oxirida keltirilgan original maqolaga tegishli adabiyot siz uchun foydali bo’lishi mumkin.
Oxirgi vaqtlarda mashxur olimlar boshchiligida majmua kitoblar chop etilmoqda. Bu kitoblarning ba`zilarida psixologiya sohasidagi eng so’nggi ishlar umumlashtirilgan. Har bir bobda odatda olim tomonidan tadqiqotning yanada torroq sohalarining hozirgi zamondagi holati haqida ma`lumot beriladi. Bu boblar taxliliy maqolaga o’xshaydi, agarda sizning tadqiqotingiz bilan bog`liq bobni topa olsangiz vaqtingiz ancha tejaladi. Bu tur kitoblarda ma`lumotlarni ommalashtirish kechishi standart o’quv kitoblariga nisbatan qisqa bo’ladi. Ularning ko’pchiligi qo’llanma nashr etish tizimlari yordamida chiqariladi, bunda esa kiritish, tahrirlash va so’nggi variantni qo’lga kiritish vaqti qisqaradi. Bunday vaziyatlarda ba`zi ishlar 1-2 yil oldin bajarilgan bo’lishi mumkin. Lekin bu kitoblarda ham jurnallarda bo’ladigan ekspert baholash amalga oshirilmaydi.
Shuni unitmaslik lozimki, siz uchun adabiyotlar topishda norasmiy manba sifatida xizmat qiluvchi fakultetingiz o’qituvchilari ham mavjuddir. Ba`zi talabalar o’qituvchi, domlalar menga maslahat berishga vaqtlari yo’q yoki bu qolgan talabalarga nisbatan noxaqlik bo’ladi qabilidagi fikrlar bilan ularga maslahat so’rash masalasi bilan murojaat qilmaydilar. Haqiqatda esa ko’pchilik domlalarga bunday murojaatlar yoqadi hamda beminnat maslaxat berib, kerakligini anglab o’zlarini juda yaxshi xis qilishadi. Bu maslaxat ham xuddi domla, o’qituvchilarning talabalarga auditoriyada ma`ruza o’qishlari kabi ta`lim berishning bir bo’lagidir. Haqiqiy tadqiqotchilar o’z tadqiqotlariga kerakli ma`lumotlarni olish uchun bor kuchlari bilan barcha manbalardan foydalanadilar. Zero, fan-olimlarning o’zaro kim o’zarga bo’lgan kurashi emas, maqsadi- yagona bilimlar tizimini shakllantirish bo’lgan hamkorlikdagi faoliyatdir.
Psixodiagnostika va eksperimental psixologiyada ilmiy manbalar bilan ishlash bir qancha talablarni qo’yadi. Bunda ilmiy manbalarni o’z vaqtida ishlatish, ularni to’g`ri tanlash, manbalarni samarali qo’llay olish lozim. Manbalar bilan ishlashda ma`lumotalarni qaysi yilga mansubligi, dolzarbligini va hozirgi davrga tadbiq qilish mumkin yoki mumkin emasligini ham hisobga olish lozim. Ma`lum bo’ldiki, psixodiagnostika va eksperimental psixologiyada ilmiy manbalar bilan ishlash ikki turga ajratilgan, bulardan birinchisi rasmiy manbalar bo’lib, bunda rasmiy manbalar bilan ishlash natijasida kenroq ma`lumot to’planadi hamda tadqiqot ishining unumdorligi ta`minlanadi. Rasmiy manbalarda ma`lumot hajmining kengligi sababli kerakli asosiy dalillarni ajratishda qiyinchiliklar bo’ladi. Bundan tashqari rasmiy manba bo’lgan texnik hisobot o’ziga yarasha kamchiliklarga ega. Texnik hisobotdagi natijalar raqamlardan iborat bo’ladi, ularni taxlili berilmaydi.
Norasmiy manbalar bilan ishlash jarayonida eksperimentator yangi ma`lumotlarga ega bo’lishi mumkin. Chunki konferentsiya, tadqiqotchilar guruhi, labaratoriya kengashlari, og`zaki maslaxatlarda, to’garaklarda tadqiqotchilar o’zaro fikr almashib yangi ma`lumotlarga ega bo’ladi, dunyoqarashi kengayadi.
Manbalarning har ikki turi bilan ishlash qiyin jarayon hisoblanadi. Bu jarayon engil kechishi uchun eksperimentatorda etarli bilim, malakalar talab etiladi. Shuni hisobga olib har qanday eksperimentatordan kerakli tajriba, ishga qiziqish hamda oldinga intilish talab etiladi.

Yüklə 43,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə