Mavzu: Internet tarmoqlarida axborot makoni. Elektron pochtalar bilan ishlash



Yüklə 122,73 Kb.
səhifə1/8
tarix22.03.2024
ölçüsü122,73 Kb.
#180385
  1   2   3   4   5   6   7   8
mjgkjmlcb8fj63opqdpebgbdpfmypshd


Mavzu: Internet tarmoqlarida axborot makoni.
Elektron pochtalar bilan ishlash

Reja:


  1. Internet tarixi

  2. Internet manzillari

  3. Internet нинг асосий хизмат турлари.

  4. Internet Brauzerlar

Kompyuter tarmoqlarining paydo bo‘lish sabablaridan biri resurslaridan xamkorlikda foydalanish, alohida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir. Tarmoq orqali foydalanuvchilar bir vaqtning o‘zida bir xil ma’lumot va fayl nusxalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. Bu xolat axborot tashuvchilardagi joyni tejaydi. Bundan tashqari, printer, skaner, modem, lazer disklar majmuining birgalikda ishlatilishi qo‘shimcha mablag‘ni asraydi.


Xozirda komp’yuterlarni qo‘llashda ko‘pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta’riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muxim axamiyatga ega. Buni butun dunyo komp’yuter tarmog‘i xisoblanmish Internet misolida yaqqol kirish mumkin.
Uzatish kanallari orqali o‘zaro bog‘langan komp’yuterlar majmuiga kompyuterlar tarmog‘i deyiladi. Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot almashuv vositasi va apparat, dastur hamda axborot tarmog‘i resurslaridan jamoa bo‘lib foydalanishni taminlaydi.
Komp’yuter tarmoqlarini ko‘pgina belgilar, xususan xududiy ta’minlanishi jixatidan tasniflash mumkin. Bunga ko‘ra global, mintaqaviy va lokal (maxalliy) tarmoqlar farqlanadi.
Global tarmoqlar butun dunyo bo‘yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab oladi va ko‘pincha bir-biridan 10-15 ming km uzoqlikdagi EXM va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi yo‘ldosh orqali aloqa kanallaridan foydalanadi. Global tarmoq – bu internet.
Mintaqaviy tarmoqlar uncha katta bo‘lmagan mamlakat shaxarlari, viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanallari sifatida ko‘pincha telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-1000 km ni tashkil etadi.
EHMning lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin binolaridagi abonentlarni bog‘laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan, chunki 80-90% axborot o‘sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari xar qanday tizilmaga ega bo‘lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi kompyuterlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog‘langan bo‘ladi. Barcha komp’yuterlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanalining bo‘lishi - lokal tarmoqning ajralib turuvchi xususiyati. Optik kanalda yorug‘lik o‘tkazgich inson soch tolasi kalinligida yasalgan. Bu o‘ta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan kabel.
Lokal tarmoqda EHMlar orasidagi masofa uncha katta emas - 10 km gacha, radio kanal aloqasidan foydalanilsa – 22,5 km. Lokal tarmoqlarda kanallar tashkilot mulki xisoblanadi va bu ulardan foydalanishni osonlashtiradi.

Yüklə 122,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə