Mavzu: Internet tarmoqlarida axborot makoni. Elektron pochtalar bilan ishlash



Yüklə 122,73 Kb.
səhifə2/8
tarix22.03.2024
ölçüsü122,73 Kb.
#180385
1   2   3   4   5   6   7   8
mjgkjmlcb8fj63opqdpebgbdpfmypshd

Internet tarixi


Internet tarixini asrimizning 60 yillarida AQSh mudofaa vazirligida hisoblash tarmog‘ining – ARPAnet ning paydo bo‘lishi bilan bog‘lashimiz mumkin. Bu tarmoq urush vaqtida harbiy operatsiyalarni hamda mamlakatni boshqarish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning asosiy kontseptsiyasi quyidagidan iborat:
Tarmoqdagi har bir kompyuter bir – biridan mustaqil ravishda muloqatda bo‘ladi, ular orasidagi aloqa mutlaqo ishonchsiz bo‘lib, xoxlagan paytda buzilishi mumkin. (Misol uchun, bombordimon qilinganda). Bunda, birinchidan, butun bir tarmoqning ish qobiliyati saqlanib qoladi, ikkinchidan esa, sog‘ qolgan kompyuter boshqa butun qolgan aloqa kanallari orqali tarmoqqa ulanishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, tarmoqning hamma uzellari bir – biridan ma’lum darajada mustaqil ishlashi kerak.
Shunday qilib, Internet ning asosiy printsipi – bu tarmoqdagi har bir uzel (kompyuter)ning shu uzel bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan tarmoq qismlaridagi buzilishlardan hamda nuqsonlardan mustaqilligidir.
Foydalanuvchining nuqtai nazaridan qaraganda, zamonaviy tarmoq – bu bir-biri bilan aloqa kanallari orqali ulangan yirik uzellarning to‘plamidan iborat. Har bir uzel – ko‘pincha UNIX operatsion sistemasi boshqaruvi ostida ishlovchi, bir yoki bir nechta qudratli server-kompyuterlardir. Ko‘pincha bu kompyuterlarni bosh kompyuter yoki xost kompyuter (anglizcha “xost”– xo‘jayin ) deb atashadi.
Bu uzelni uning egasi bo‘lmish provayder deb ataluvchi tashkilot boshqaradi (ingl. “Provide”– ta’minlamoq so‘zidan olingan). Ko‘p hollarda alohida olingan tarmoqning nomi – bu uning provayderining nomi. Provayderlar ma’lum bir turdagi xizmatlar bilan ta’minlaydilar. Rossiyadagi ko‘p taniqli provayderlardan biriga: GlasNet ni, Relkomni, Demosni, Sovam Teleport ni kiritishimiz mumkin. Chet eldagi eng yirik provayderlar bu– CompuServe va Amerika – Online hisoblanadi. Provayderlarning darajasi, ixtisosligi va boshqa omillariga qarab, kompaniyalarning xizmat turlari va xizmat xaqlari farqlanadi.
Shunday qilib Internet ga ulanish degani bu:

  • Modemga ega bo‘lish va kompyuterga uni ulash;

  • Provayder bilan shartnoma tuzib, u bilan telefon tarmog‘i yoki alohida boshqa aloqa kanali orqali muloqot o‘rnatish demakdir;

Bayonnomalar. Internet tarmog‘iga turli xil apparat platformalarida, ma’lumotlar formatlarida, har xil operatsion sistemalar boshqaruvi ostida ishlovchi millionlab kompterlar va kompyuterlar tarmoqlari kiradi.
Biroq hamma kompyuterlar axborot almashish paytida ma’lumotni shakllantirish va uzatishning yagona kelishuvidan (bayonnomalardan) foydalanishlari kerak (Ya’ni yagona “interfeysdan”).
Bayonnoma – bu tarmoq abonentlari o‘rtasidagi axborot almashinuvi usullari xamda Internet malumotlarini shakllantirish qonun qoidalari va formatlari to‘g‘risidagi kelishuvlar to‘plamidan iborat.
Internet bayonnomalarining ikki xil turini ajratish mumkin:

  • Bazisli bayonnomalar. Bu bayonnomalar komyuterlar o‘rtasidagi ixtiyoriy turdagi elektron axborotlarning fizik uzatilishiga javob beradi (IP va TCP). Bu bayonnomalar bir – biri bilan kuchli bog‘liq bo‘lganligi uchun, ularni ko‘pincha “TCP/IP bayonnomasi” deb ham atashadi.

  • Amaliy bayonnomalar. Bu bayonnomalar Internet ning ixtisoslashgan xizmatlarining ishlashini nazorat qiladi (ta’minlaydi ). Masalan: NTTR bayonnomasi (giper matnli ma’lumotlarni uzatish), FTP bayonnomasi (fayllarni uzatish), elektron pochta bayonnomalari va boshqalar.

Amaliy bayonnomalar bazisli bayonnomalar “ustida” joylashadi, agar TCP/IP o‘rnatilmagan bo‘lsa, sizning kompyuteringiz tarmoqda ishlay olmaydi. Biroq, ntern bayonnomalarning ma’lum bir qismi kompyuteringizda bo‘lmasligi mumkin.

Yüklə 122,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə