Mavzu: Internet tarmoqlarida axborot makoni. Elektron pochtalar bilan ishlash



Yüklə 122,73 Kb.
səhifə8/8
tarix22.03.2024
ölçüsü122,73 Kb.
#180385
1   2   3   4   5   6   7   8
mjgkjmlcb8fj63opqdpebgbdpfmypshd

S o‘ralmagan: imzolangan tarqatmalar va konferentsiyalar bizning tushunchamizga kirmasligi kerakligi yaqqol tushunarli. Har bir elektron pochta xizmati o‘zining foydalanuvchilariga spamdan himoyalanish vositalarini taklif qilishadi.

Xozirgi kunda milliy pochta xizmatlari ham ancha rivojlanib bormokda.
O‘zbekistondagi har bir Internet provayder o‘zining pochta serveri va xizmatiga ega bulib, asosan o‘zining mijozlariga xizmat ko‘rsatadi .
inbox.uz ochiq pochta tizimi hisoblanadi va bu tizim orqali hohlovchilar foydalanuvchilar xat va xabarlar jo‘natib qabul qilishlari mumkin.
Elektron pochtadan foydalanish va elektron xabarlarni almashish madaniyati

    • Pochtangizni tez-tez o‘qib turing

    • Xatda albatta sarlavha ko‘rsatish zarurdir

    • Xatingizni oluvchini biling va hurmat qiling

    • Xatni xatosiz yozing

    • Xabarni kisqa yozing

    • O‘z xatingizni boshqa manzillarga ko‘chirishlikdan saqlaning

    • Kerak bo‘lmagan taqdirda o‘z xatingizda javob va so‘rovlar yo‘llamang

    • So‘rovlarga to‘liq javob bering

Foydalanuvchi kompyuterda "dastur-mijoz" texnalogiyasida ishlaydi. U serverdan xizmat haqida, server esa so‘ralgan xizmat bo‘yicha harakat qiladi. Mijoz va serverlar "o‘zaro tilda" - protokol orqali gaplashadi. Elektron pochta (E-mail) Internet taqdim etadigan mashhur ommabop xizmat turi hisoblanadi. Uning xususiyati shundaki, elektron pochta ma’lumotlarni kompyuter orqali jo‘natadi va qabul qiladi.
Elektron pochta protokollari: SMTP, IMAP, POP3

  • Ma’lumotlarni elektron pochta orqali junatishda Internet kompyuterlar o‘rtasida TCRG‘IR ning bir qismi hisoblangan SMTR(Simrle Mail Transfer Rrotocol), POP3(Post Office Protocol) va IMAP (Internet Message Access Protocol) protokollaridan foydalaniladi.

  • SMTR protokoli - internetda elektron pochta orqali xabarlarni jo‘natish xizmati. Ilk bor 1982 yilda internetda elektron pochta xizmatidan foydalanish taklifi berilgan. SMTP ning imkoniyatlari:

  • SMTP – amaliy protokol.

  • SMTP – aloqadagi yo‘nalishni ko‘rsatuvchi protokol.

  • SMTP – matnga asoslangan protokol

  • Xabarlarni jo‘natish uchun SMTP protokoli qabul qiluvchi va jo‘natuvchining adresini aniqlaydi. Ishonchli SMTP protokoli agar xabar qabul qiluvchining manziliga etib bormasa xatoli xabarni jo‘natuvchining elektron manziliga jo‘natadi.

  • Quyidagi jadvalda SMTP protokolining buyruqlari xaqida bayon qilingan:

    HELLO

    Cuhbat jarayonini ta’minlaydi

    EHELLO

    Alternativ buyruq hisoblanadi. ESMTP jo‘natuvchining serveri SMTPning kengaytirilgan protokolidan foydalanadi.

    MAIL FROM

    Pochtadan xabar jo‘natish

    RCPT TO

    Qabul qiluvchini identifikatsiyalaydi

    SIZE

    Jo‘natilgan xabarlarni o‘lchovini aniqlaydi

    DATA



    Jo‘natilgan xabar yoki qabul qilingan xabar muddatini aniqlab boradi

    QUIT

    Aloqani yakunlaydi

    VERFY



    Qabul qiluvchining manzili mavjud yoki mavjud emasligini aniqlaydi

  • IMAP protokoli - 1986 yilda ushbu protokoldan foydalanish imkoniyatini taklif etishdi. Internetda elektron pochta orqali xabarlarni bir nechta kishiga jo‘natish va qabul qilish protokoli hisoblanadi.

  • POP3 protokoli - internetda elektron pochta orqali xabarlarni qabul qilish xizmati [3].

Xulosa qilib aytish mumkinki, kompyuter va kommunikatsiyaning rivojlanishi insonlar orasida, mamlakatlar orasida axborot almashinuvini qisqa muddatda amalga oshirish mumkin. Bu esa insonlarning qanchadan-qancha vaqtlarini, kuchlari tejalishidan dalolat bermoqda.
Respublikamizda kommunikatsiyani rivojlantirish bu bizning eng ustuvor maqsadlarimizdan biri bo‘lishi kerak. Shundagina biz mamlakatlar bilan aloqada bo‘lishimiz va dunyoda bo‘layotgan voqea va hodisalar to‘g‘risida to‘liq hamda yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz mumkin. Internet iqtisodchilar uchun ham juda katta ahamiyatga ega. Internet doimo yangilanib boruvchi iktisodiy fanlar bo‘yicha axborot resurslari ombori hisoblanadi. Undagi axborot izlash tizimi kerakli axborot olish vazifasini engillashtiradi.
Internet yangi bilimlarni egallashda eng samarali vosita bo‘lishi mumkin. Internetda iktisodiy jurnal va gazetalarning elektron versiyalarini topish mumkin. Faqat elektron shaklda mavjud bo‘lgan davriy nashr paydo bo‘ladi va ularning soni ko‘payib boradi. Internetda o‘zaro axborot almashinuv va tadqiqot natijalarini chop etish, olimlar qaysi mamlakatlarda bo‘lishidan kat’iy nazar birgalikda tadqiqot olib borish imkonini beradi.
Internet yordamida ilmiy konferentsiyalar va seminarlar to‘g‘risida bilish mumkin, shuningdek, ularning materiallari bilan tanishish va ilmiy, o‘quv-uslubiy ishlanmalaringizni e’lon qilishingiz mumkin. Ask Expert (Ekspertdan so‘ra) sahifasida saqlanadigan E – Mail shaklini to‘ldirib jo‘natsangiz jahondagi eng ilg‘or iqtisodchilardan malumotlar olishingiz mumkin.

Nazorat savollari:



  1. Qanday kompyuter tarmoqlarini bilasiz?

  2. Global kompyuter tarmog‘ining axamiyati.

  3. Internetda ma’lumotlarni qidirish qanday amalga oshiriladi?

  4. Qanday brauzerlarni bilasiz?

  5. Brauzerlarning imkoniyatlarini tushuntirib bering?

  6. WWW xizmati xaqida?

  7. Internet xizmat turlarini so‘zlab bering

  8. TCP/IP bayonnomasi xaqida bayon qiling.

  9. Elektron pochta nima?

  10. Elektron pochtaning ahamiyati?

  11. Pochta orqali xat qabul qilish va junatish qanday amalga oshiriladi?

  12. Elektron pochta afzalliklari nimalardan iborat?

  13. Elektron pochta protokollari xaqida ma’lumot bering?

Yüklə 122,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə