Mavzu: Investitsiyalarning shakl va turlari tasnifi. Reja


 Investitsiya loyihasini ishlab chiqish va baholash



Yüklə 38,25 Kb.
səhifə2/5
tarix28.02.2023
ölçüsü38,25 Kb.
#101622
1   2   3   4   5
Mavzu Investitsiyalarning shakl va turlari tasnifi. Reja

3. Investitsiya loyihasini ishlab chiqish va baholash 


1. Investitsiya loyihalarini tayyorlash bosqichlari 
Investitsiyalash nuqtai nazaridan investitsiya loyihalarini tanlab olish va 
amalga oshirish uslubiyoti va uslubiyotini ishlab chiqish masalalari g’oyat muhim 
hisoblanadi. Jahon amaliyotida faqat hayotiy muhim loyihalarni amalga oshirish 
zarurligini ko’rsatadigan va keng tarqalgan investitsiya loyihalari tsikli 
kontseptsiyasi mavjud. 
Investitsiya loyihalari tsikli kontseptsiyasi loyihalarni tasniflashni, ularni 
boshqarish zarurligini nazarda tutadi. Loyihalarni boshqarish uslubiyotining 
«loyiha tsikli kontseptsiyasi» va «loyiha tahlili» ko’rinishlarida keng tarqalgan. 
Ushbu kontseptsiyalar investitsiyalarning mazmun va mohiyatidan kelib 
chiqqan holda pul oqimlarini vaqtli qiymati kontseptsiyasi asosida tashkil 
etiladi. 
Loyihalarning ko’lami, strukturasi, resurslari, qiymati va boshqalarga 
qarab ularni boshqarishning maxsus usullariga ehtiyoj ortib boradi. Boshqarish 
aslida qo’yilgan maqsadlarga erishish vazifasini, loyihani amalga oshirish 
muammolarini bartaraf qilish, huquqlar va mas`uliyatlarni jamlash vazifalarini 
ko’zlaydi. iqtisodiyotlarning globallashuvi va integratsiyalashuvi, loyihalarni 
amalga oshirishda chet ellik sheriklar, turli sub`ektlar, moliya institutlarining 
ishtirok etishi, ular harakatlarini va faoliyatlarini muvofiqlashtirishni talab 
etadi. Faoliyatning muvofiqlashtirilmasligi loyihani amalga oshirishda 
muvaffaqiyatsizliklarga, kapitalni yo’qotish riskining ku-chayishiga olib kelishi 
mumkin. Investitsiyalar xususida qarorlar qabul qilishda, investitsiya 
loyihalarini baholash, tanlash va amalga oshirishning ilmiy asoslangan 
uslubiyoti va uslubidan foydalanish masalasi muhim hisoblanadi. iqtisodning 

31 
globallashuvi va integratsiyasining kuchayishi, investitsiya jarayoniga chet ellik 


sheriklar, ko’p ukladli iqtisodiyot sohiblari va xalqaro moliya institutlarining jalb 
qilinishi, ular faoliyatini uyg’unlashtirishning kuchaytirilishini talab qiladi. 
Tadqiqotlarning 
ko’rsatishicha, 
loyihalarni 
boshqarish 
eng 
samarali 
uslubiyotidir, chunki bu uslubiyot turli rejalashtirish va nazorat usullaridan malakali 
foydalanishda risklarni boshqarish, nizolarni hal qilish imkoniyatlarini beradi. 
Keyingi yillarda amalga oshirilayotgan qo’shma investitsiya loyihalarining 
ko’payganligi sababli keng qamrovli marketing tadqiqotlari o’tkazish, loyihalar 
bo’yicha hisob-kitoblarni tegishli axborot bazasi bilan ta`minlash zaruriyati 
yuzaga keladi. Hisob-kitoblarda esa investitsiyalarni zamonaviy va istiqboldagi 
samarasini bugungi qiymatini aniqlash masalasi yuzaga keladi. O’zbekistonning 
bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida loyihalarni boshqarish uslubiyotida hamda 
ularni tanlash va investitsiya qarorlarini qabul qilish uslubiyotida loyiha 
asoslanadigan axborot bazasining ishonchliligi bosh masala hisoblanadi. 
Investitsion loyihalarni boshqarishning asoslangan uslubiyoti har tomonlama 
marketing tadqiqotlarini o’tkazish, risklarni minimal-lashtirish va loyihalar 
bo’yicha hisob-kitoblarning ishonchli axborot negizini ta`minlash imkonini 
beradi. 
Respublika hududida «investitsiya loyihasi» bilan o’zaro bog’langan va 
loyihani respublika hududida amalga oshirish jarayoniga qaratilgan sub`ektlar 
tarkibiy o’zgartirishlar strategiyasi ma`nosini chuqur anglab olishlari
globallashuv, iqtisodiyotlarning xalqaro raqobat va o’zaro hamkorligi 
natijalarini, mamlakat taraqqiyoti va uning xalqaro bozorlarga chiqish 
istiqbollarini oldindan ko’ra bilishlari kerak. Bularning hammasi investitsiya 
loyihalarini ishlab chiqish, tanlab olish, amalga oshirish va ularni ichki 
manbalar 
hamda 
tashqaridan 
jalb 
qilinadigan 
mablag’lar 
hisobidan 
moliyalashtirish istiqbollarini belgilashda asosiy o’rinda turadi. 
Loyihalarda muayyan moliyaviy resurslarni band etishni nazarda tutadigan 
investitsiya loyihalarini amalga oshirishning uslubiy masalalarini hal etish 
birinchi navbatda «loyiha», xususan «investitsiya loyihasi» tushunchalarini 

32 
yaqqol tasavvur etishni talab qiladi. Kontseptual nuqtai nazaridan «loyiha» 


tushunchasi boshqalardan farq qiladigan va aniq maqsadga erishishga 
yo’naltirilgan har qanday fao-liyatlar majmuini bildiradi. Ular rejalashtiriladi, 
ularni moliyalashtirish nazarda tutiladi, ular taqqoslanishi mumkin. Loyiha 
kelajakka qaratilganligi sababli oldindan aytib bo’lmaydigan noma`lumliklar 
bilan bog’liq bo’ladi. Loyiha iqtisodiy va moliyaviy boylik hamda ijtimoiy 
ma`noga ega bo’lishi munosabati bilan, zamon va makondagi birlik tarzida 
qaralishini talab etadi. 
Investitsion loyiha turli investitsiya faoliyatlarini rejalashtirish, tahlil 
etish, baholash va ulardan foydalanish uslubini qo’llashga imkon beradi. 
Rejalashtirish, hujjatlashtirish, tahlil va baholash uslubiyoti esa investitsiya 
imkoniyatlarini taqqoslashga imkon beradi. Investitsiya loyihasi o’zining sifat-
tavsiflariga ega. Ulardan quyidagilarni qo’rsatish mumkin: 
- o’zining maxsus maqsadlariga egaligi; 
- maxsus faoliyat uchun boy bo’lmagan resurslarni taqsimlashni talab 
etishi; 
- hozirgi xarajatlar evaziga daromadlarning kelajakda kutilishi; 
- pirovard natijada investitsiyalarni yaratishning nazarda tutilishi; 
- o’zining yagonaligi, noyobligi tufayli muayyan miqdordagi resurslarni talab 
qilishi; 
- chet ellik agentlarning, investorlar mablag’larining, kreditlarining jalb 
etilishi; 
- xarajatlarni oqilona ishlatishini talab etishi; 
- aniq va noaniq risklar bilan to’qnashishi bilan farqlanib turadi. 
YUqorida ko’rsatib o’tilgan va boshqa tavsiflardan kelib chiqqan holda 
investitsiya loyihasiga muayyan ishlab chiqarish quvvatlariga kelajakda alohida 
turdagi samaralar keltirishi zarur bo’lgan, aniq belgilangan tadbirlar yo’li 
bilan resurslarni investitsiyalash bo’yicha takliflar to’plami tarzida ta`rif berish 
mumkin. 

33 
Investitsion loyihani tanlash va amalga oshirish bosqichlarida (YUNIDO 


qo’llanmasi bo’yicha) qo’yidagilar muhim ahamiyat kasb etadi: 
- investitsion kontseptsiyalarni izlash; 
- investitsion loyihani rejalashtirish va xujjatlashtirish; 
- loyihani tayyorlash va uning texnik-iqtisodiy va moliyaviy negizini 
aniqlash, tahlil etish va baholash; 
- investitsion loyiha bo’yicha qaror qabul qilish.
Investitsion loyihani ishlab chiqish uzoq va qimmat jarayondir va u bir necha 
bosqichlardan iborat. Jaxon amaliyotida bunday jarayonning qo’yidagi uch 
bosqichlari mavjud: 
- dastlabki investitsion jarayon; 
- investitsiyalash bosqichi; 
- yaratilgan ob`ektlarni ishga tushirish bosqichi. 


Yüklə 38,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə