Mavzu: Iqtisodiy sohada amaliy dasturlar paketlaridan foydalanish Reja : Amaliy dasturiy ta’minotlarga



Yüklə 206,71 Kb.
səhifə3/5
tarix28.01.2023
ölçüsü206,71 Kb.
#99580
1   2   3   4   5
Iqtisodiy sohada amaliy dasturlar paketlaridan foydalanish

Grafik muharrirlar — grafik axborotlarni ishlab chiqish uchun mo’ljallangan
paketlardir. Ular rastrli va vektorli grafiklarni ishlab chiquvchi ADPga bo’linadi.
Vektorli grafika bilan ishlash uchun paketlar badiiy va texnik tasvirlar bilan
keyinchalik rangli bosib chiqarish bilan bog’liq kasbiy ishlash uchun mo’ljallangan
(masalan, dizaynerning ish joyi) loyihalashtirishni avtomatlashtirilgan tizimlari
uchun va stol ustidagi nashriyot tizimlari o’rtasida oraliq joyni egallaydi.
Ushbu sinfdagi paketlar hozirgi vaqtda grafik tasvirlarni murakkab aniq
ishlab chiqilishini amalga oshirish uchun vazifaviy vositalarning ancha keng
majmuiga ega va o’z ichiga quyidagilarni oladi:
• grafik tasvirlarni yaratish uchun vositalar;
• tekislash vositalari (asosiy chiziq va bet bo’yicha, kesishish katagi, eng yaqin
nuqta bo’yicha);
• obyektlar bilan manipulyasiya qilish vositalari;
• paragraflarni rasmiylashtirish va zamonaviylashtirish, har xil shriftlar bilan
ishlash qismida matnni ishlab chiqish vositalari;
• turli xil formatlardagi grafik obyektlar (fayllar)ni import (eksport) kilish
vositalari;
• ekran tasvirini poligrafik bajarishga tegishli ravishda sozlash bilan bosmaga
chiqarish vositalari;
Elektron jadvallar (jadvalli prosessorlar) — tashkil qilingan ma’lumotlarni
jadvalli tartibda ishlab chiqish uchun mo’ljallangan dasturlar paketi.
Ishlarni tashkil qiluvchilar — bu, ham ayrim inson, ham butun firma yoki
uning tarkibiy bo’linmasini turli resurslar (vaqt, mablag’, materiallar)dan
foydalanishni rejalashtirish tadbirlarini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan
dasturlar paketlaridir.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) elektron ma’lumotlarni
yaratish, saqlash va olish tadbirlarini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan.
Ko’pgina mavjud iqtisodiy, axborot-ma’lumotnomaviy, bank, dasturli majmualar
MBBTning vositalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi.

Yüklə 206,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə