|
![](/i/favi32.png) Mavzu: Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo’llariMavzu Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali 3. Foiz riski
.
Shuningdek banklar marja (bank tomonidan berilgan kreditlar va
depozitlar bo‘yicha to‘lanayotgan foizlar o‘rtasidagi farq) riskiga – daromad keltiruvchi
aktivlarning foydalilik darajasining pasayishi yoki bank daromadlari va harajatlari
o‘rtasidagi farqning (sof foydaning) kamayishiga olib keluvchi foiz to‘lovlarining
oshishi xavfiga duch kelishi mumkin. Odatda bank daromadlari va harajatlari
o‘rtasidagi farqdagi o‘zgarishlar portfelnii boshqarishdagi qarorlarning o‘zgarishi
(ya’ni, bank aktivlari va passivlari strukturasidagi o‘zgarishlar) yoki foiz riski (foiz
stavkalarining o‘zgarishi oqibatida bank aktivlari qiymatining oshishi yoki kamayishi
ehtimoli) bilan bog‘lanadi. So‘nggi yillarda banklar foiz riskini kamaytirish usullarini
topishdi, lekin ularni to‘liq bartaraf qila olishmadi. Buning imkoniyati ham yo‘q.
4. Operatsion risk
.
Banklar faoliyatida sifatni nazorat qilish tizimidagi ishlarning
barbod bo‘lishi ehtimoli, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning samarasizligi va boshqaruvdagi
xatolar tufayli operatsion risk yuzaga kelishi mumkin.
5. Valyuta riski
.
Yirik banklar xorijiy valyuta bilan olib boriladigan operatsiyalar
bilan bog‘liq bo‘lgan valyuta risklariga duch kelishi mumkin. Jahonning keng tarqalgan
va hisob – kitoblarda ishlatiladigan valyutalarining kurslari joriy bozor sharoitiga ko‘ra
aniqlanadi. Bu valyutalarda operatsiyalar olib borayotgan banklar o‘z zimmalariga,
valyuta bozoridagi talab va taklif asosida aniqlanadigan, baholarning salbiy o‘zgarishi
riskini olishlari lozim bo‘ladi.
6. Xizmat vazifasini suiste’mol qilish riski
.
Bank xodimi yoki boshqaruvchisi
tomonidan yo‘l qo‘yilgan noqonuniy ishlar bank holatining yomonlashuviga, hatto
bankrotligiga olib kelishi mumkin. So‘nggi yillarda banklarning yopilishiga sababchi
bo‘lgan eng asosiy omil – bank xodimlarining korrupsiyasidir.
Dostları ilə paylaş: |
|
|