Bankning Samarqand viloyat filiallari tomonidan bankning barqarorligi, uning
raqobatdoshligini oshirish nuqtai-nazaridan optimal va har taraflama muvozanatlashgan
kredit portfelini shakllantirish asosida bir qator ishlar olib borilmoqda.
Joriy yil 1 aprel holatiga ko‘ra, viloyat bo‘yicha jami kredit qo‘yilmalari 52,7 mlrd.
So‘mdan iborat bo‘lib, shundan 34,5 mlrd. So‘mini uzoq muddatli kreditlar va 4,7 mlrd.
So‘mdan ortig‘ini agrar soha sub’ektlariga ajratilgan imtiyozli kreditlar hamda 911,9
million so‘mini lizing amaliyotlari bo‘yicha ajratilgan mablag‘lar tashkil etadi. Bank
filiallari tomonidan ajratilgan bu mablag‘lar, asosan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan
oziq-ovqat va noziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirishga hamda
dehqon-fermer xo‘jaliklari faoliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Ma’lumki, mamlakatimizda oxirgi yillarda nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab
chiqarishni kengaytirish masalasiga katta e’tibor qaratilayotir. Bunday maqsadlardagi
loyihalarni moliyalashtirish esa Xalq banki Samarqand viloyat filiali jamoasining
doimiy diqqat e’tiborida. Ushbu yo‘nalishlarga o‘tgan yili 2,4 mlrd. So‘m yo‘naltirildi.
Joriy yilning birinchi choragi davomida esa 1,2 mlrd. So‘mga
yaqin miqdorda kreditlar
ajratilib, korxona va tashkilotlar tomonidan yangi ishlab chiqarishni tashkil etish va
kengaytirish evaziga 125 nafar ish o‘rni yaratildi.
Bundan tashqari, «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturiga muvofiq
bank tomonidan qator ishlar amalga oshirildi, Chunonchi, chetdan naslli mollar sotib
olib kelish uchun 155,0 million so‘m parrandachilik xo‘jaliklarini tashkil qilish uchun
581,0 million so‘m, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish uchun 632,9
million so‘m, qurilish materiallari ishlab chiqarishga 230,0 million so‘m miqdorida
maqsadli kreditlar ajratilgan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining «Qishloq xo‘jaligi korxonalari g‘alla
yetishtirish harajatlarini tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlash» qarori ijrosini
ta’minlash yuzasidan joriy yil g‘alla hosilini yetishtirish uchun 341 ta fermar xo‘jaligiga
3,9 mlrd. So‘mdan ortiq miqdorda imtiyozli kreditlar ajratildi.
Viloyat filiallarida Vazirlar Mahkamasining «Plastik kartochkalar asosida hisob-
kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori
talablaridan kelib chiqqan holda, maqsadli tadbirlarning amalga oshirilishi davom
ettirilmoqda. O‘tgan 2009 yil davomida bank mijozlariga jami 17,4
ming dona plastik
kartochkalar emissiya qilindi. Fuqarolarga chakana savdo sub’ektlarida harid qilingan
tovarlar mahsulotlar, shuningdek, korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilgan
xizmatlar uchun naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratish
maqsadlarida joylarda chakan savdo va pulli xizmat shahobchalarida 472 ta savdo
terminallari, bank filiallarida 1 tadan bankomat va infokioskalar o‘rnatildi. Terminallar
orqali 2009 yil davomida o‘tkazilgan transaksiyalar xajmi 226,3 mlrd. So‘mdan ortiqni
tashkil etdi, shundan savdo aylanmalari 223,4 mlrd so‘mdan iborat bo‘ldi.
Aholining bo‘sh pul mablag‘larini omonatlarga jalb qilish bank jamoasining muhim
vazifalaridan biri hisoblanadi, — deydi bankning Jamg‘arma ishlarini rivojlantirish va
qimmatli qog‘ozlar sho‘’basi mudiri Jalol Qurbonov. — Bu borada ko‘rilgan chora-
tadbirlar natijasida 2010 yil 1 yanvar holatiga mavjud bo‘lgan 9,1 milliard so‘mlik
muddatli va jamg‘ariluvchi omonatlar qoldig‘i joriy yilning 1 aprel holatiga kelib 9,6
milliard so‘mga yetkazilishiga yoki 491,1 million so‘mga oshirilishga erishildi. Aholi
omonatlari xajmining o‘sishida bank mijozlari uchun manfaatli va
jozibali shartlarga
asoslangan yangi omonat turlarining amaliyotga joriy qilinishi ham muhim o‘rin tutdi.
Natijada, yangi «Ko‘klam-2» omonatiga 207,1 million so‘m, «Sayohat-2» yutuqli
omonatiga 7,3 million so‘m, «Navro‘zi olam» yutuqli omonatiga 43,3 million so‘m
miqdoridagi bo‘sh pul mablag‘lari jalb qilinib, bank filiallari resurs bazasining
kengayishi hamda investitsion salohiyatining mustahkamlanishiga zamin yaratdi.
Aholiga bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida
tizim tarmog‘ini kengaytirish va optimallashtirish yuzasidan maqsadli tadbirlar amalga
oshirildi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 511-sonli qarori ijrosini ta’minlash
maqsadida aholiga foydalanilgan elektr energiyasi, gaz uchun to‘lovlarni amalga
oshirilishida qulaylik yaratish maqsadida tuman va gaz elektr tarmoqlar korxonalari
qoshida 33 ta maxsus kassalar faoliyati tashkil etildi. Xalq banki muassasalari orqali
o‘tgan yil davomida aholidan 18,9 milliard so‘mdan ortiq miqdordagi kommunal
to‘lovlar qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya
ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
hukumat qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Xalq bankining barcha filiallarida
tegishli bo‘linmalar
tashkil etilib, ularga alohida mutaxassislar tayinlandi.
2010 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra taqdim etilgan 580,8 ming nafar tizim
ishtirokchisiga oid ma’lumotlar yagona bazaga kiritilib, hisobvaraqlari ochilishi
ta’minlangan va boriladigan pensiya daftarchalari tarqatilgan.
Xulosa qilib aytganda, yuqorida keltirilgan raqamlar shuni ko‘rsatadiki, Xalq banki
Samarqand viloyat filiali jamoasi bank tizimini rivojlantirishga qaratilgan hukumat
dasturlarining izchillik bilan ijrosini ta’minlashda ishtirok etgan holda, mijozlarga
namunali moliyaviy xizmatlar ko‘rsatmoqda.
Xalq banki — mening, sizning, uning ... demak, aholining barcha
toifalari uchun
xizmatga tayyor ekanligi amalga oshirilayotgan ishlardan yaqqol ko‘rinib turibdi.
Dostları ilə paylaş: