Bank kapitalining Bank aktivlarining Bank passivlarining
balans qiymati = balans qiymati - balans qiymati
Bank kreditlari va qimmatli qog‘ozlari o‘z bozor narxini o‘zgartib
turishi davrida
kapitalning balans qiymatiga kapitalning yetarlilik darajasi indikatori sifatida qaralishi
ko‘p jihatdan maqsadga muvofiq emas.
«Buxgalteriya hisobining tartibga solish pritsiplari» ga ko‘ra kapital
.
Bankm
kapitalini hisoblashning alternativ (balans qiymatiga ko‘ra hisoblashdan unchalik afzal
bo‘lmagan) usuli tartibga solinadigan kapital kattaligidir. Ko‘p yillar davomida, nazorat
organlari, banklarni chet kuzatuvchilar nigohida (haqiqatdagi
holatdan ancha yiroq
holda) mustahkam va obro‘li ekanligi tasdiqlash uchun bank kapitalini quyidagi tartibda
aniqlash tartibini belgilashgan:
Bank kapitali = Aksionerlar kapitali (oddiy aksiyalar + taqsimlanmagan foyda va
rezervlar) + Muddatsiz imtiyozli aksiyalar + Kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar
bo‘yicha rezervlar + Subordinar majburiyatlar (qarz) + Boshqalar.
Nazorat organlari tomonidan kapital tarkibiga qarz majburiyatlari, «omadsiz»
kreditlar bo‘yicha rezervlar va shu’ba korxonalidagi
bank ulushini kiritilishi,
banklarning moliyaviy ahvolini haqiqatga nisbatan yaxshiroq ko‘rsatishga urinish deb
hisoblanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: