Mavzu: Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo’llari


Bank kapitalining yetarliligiga qo’yilgan talablar.  Kapitalning halqaro standartlari to‘g‘risidagi Bazel kelishuvi



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/45
tarix17.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#101022
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45
Mavzu Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali

 
2.2.Bank kapitalining yetarliligiga qo’yilgan talablar. 
Kapitalning halqaro standartlari to‘g‘risidagi Bazel kelishuvi
. 1987 yilda 
AQSH FRS boshqaruvchilari kengashi va 11 rivojlangan mamlakatlar (Belgiya, 
Kanada, Fransiya, Italiya, Germaniya, Yaponiya, Niderlandiya, Shvesiya, Shveysariya, 
Buyuk Britaniya va Lyuksemburg) vakillari bank kapitalining yangi standartlari 
to‘g‘risidagi dastlabki kelishuvga (ko‘p hollarda Bazel kelishuvi deb nomlanadigan) 
kelinganligini e’lon qilishdi. Rasman 1988 yilning iyulidan ma’qullangan yangi 
standartlar: yirik banklarning o‘z kapital pozitsiyasini mustahkamlashga qaratilgan 
harakatlarini qo‘llash; turli mamlakatlarning tartibga solish organlari faoliyatidagi 
nomuvofiqliklarni kamaytirish; bank faoliyatida ishlatilishi boshlangan balansdan 
tashqari majburiyatlar bo‘yicha risklar hisobini yuritish kabi masalalar yechimiga 
qaratilgan edi. Bank kapitaliga qo‘yilgan talablar 1992 yilning 31 dekabriga qadar 
bosqichma – bosqich amaliyotga joriy qilishi ko‘zda tutilgandi. 
Yangi xalqaro kelishuvga ko‘ra bank kapitalining manbalari 2 klassga bo‘lindi: 
1 – (asosiy) kapital klassi o‘z tarkibiga oddiy aksiyalar, qo‘shimcha kapital, 
taqsimlanmagan foyda, dividendlar yig‘ilishini ko‘zda tutmaydigan muddatsiz imtiyozli 
aksiyalar shuningdek nomoddiy va sezish mumkin bo‘lmagan asosiy kapital ayirib 
tashlangan holdagi konsoditsiyalashgan shu’ba korxonalarning nazorat paketi 
bo‘lmagan aksiyalarini olgan. 
2 – (qo‘shimcha) kapital klassiga kreditlar va ijara bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar 
zahirasi, subordinatsiyalangan qarz instrumentlari (jumladan aksiyalar bilan 
ta’minlangani) kiritildi. 
1992 yilning 31 dekabriga qadar qiritilishi lozim bo‘lgan kapitalga qo‘yilgan va 
kelishilgan talablarga ko‘ra: 
1. Asosiy (birinchi) klass kapitalining risklar hisobga olingan holda hisoblangan 
aktivlarga nisbati 4% dan kam bo‘lmagan miqdorda; 


2. Jami (birinchi va ikkinchi klass kapitali yig‘indisi) kapitalning risklar hisobga 
olingan holda hisoblangan aktivlarga nisbati 8% dan kam bo‘lmagan miqdorda 
o‘rnatildi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə