Aktivlarni sotish va ko‘chmas mulk ijarasi
.
O‘z faoliyatini bir maromda turishi va
kapitalni boshqarishda banklar o‘z asosiy vositalarini, masalan bank binosini sotadi va
uni yangi bino egasidan ijaraga oladi. Odatda bunday
operatsiyalar banka yetarli
darajadagi katta mablag‘ning oqib kelishiga va xususiy kapitalning sezilarli oshishiga,
bu esa o‘z navbatida bankning kapital pozitsiyasining
mustahkamlanishiga sabab
bo‘ladi. Amaldagi qonunchilik talablariga ko‘ra eskirish me’yorlari qanchalik katta
bo‘lsa, bank uchun mazkur operatsiyalar shunchalik foydali bo‘ladi.
Rivojlangan
mamlakatlarning ko‘pgina tijorat banklari bank kapitali miqdorining daromad
keltirmaydigan aktivlarga nisbatini yaxshilash uchun aktivlarni
sotish usulidan keng
foydalanadi. Bu usulga asosan daromad keltirmaydigan aktivlarning o‘sishi sekinlashadi
va ular asta sekinlik bilan daromad keltiradigan hamda risk darajasi past bo‘lgan
aktivlarga (masalan davlat qimmatli qog‘ozlariga) almashtiriladi. Bu bilan kapital va
risk darajasi bo‘yicha hisoblangan aktivlar o‘rtasidagi nisbat bank uchun ijobiy tomonga
siljiydi.
Xorijiy banklar amaliyotidagi yangiliklardan biri –
bonusli emissiyadir
. Unga ko‘ra
aktivlarning bozor va balans qiymati o‘rtasidagi farqni qoplash
uchun qayta baholash
zahiralari tashkil qilinadi va u bank aksionerlari o‘rtasida, bepul aksiyalarni joylashtirish
ko‘rinishida, kapitalizatsiya qilinadi. Yangi aksiyalar aksionerlik kapitalini ko‘paytiradi,
ilgari chiqarilgan aksiyalar qiymatini pasaytirmaydi va bank mulkini saqlashga xizmat
qiladi.
Dostları ilə paylaş: