Mavzu: Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo’llari



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/45
tarix17.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#101022
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   45
Mavzu Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali

Subordinar 
qarz 
majburiyatlari 
va 
qimmatli 
qog‘ozlarni 
chiqarish
.
Subordinatsiyalashgan qarz qog‘ozlarining bank uchun afzalligi shundan iboratki
mazkur qarzlardan foydalanish oqibatida keladigan daromad harajatlardan yuqori 
bo‘ladigan bo‘lsa, ular qarz majburiyatlari ulushining kamayishi va bitta aksiyaga 
to‘g‘ri keladigan foydaning oshishiga olib keladi. Ushbu manbaning salbiy tomoni, 
boshqa qarz turlari kabi, bankrotlik va daromadning barqarorligi riskini oshiradi va 
kelgusida aksiyalarni sotishni qiyinlashtirishi mumkin. 


Aktivlarni sotish va ko‘chmas mulk ijarasi
.
O‘z faoliyatini bir maromda turishi va 
kapitalni boshqarishda banklar o‘z asosiy vositalarini, masalan bank binosini sotadi va 
uni yangi bino egasidan ijaraga oladi. Odatda bunday operatsiyalar banka yetarli 
darajadagi katta mablag‘ning oqib kelishiga va xususiy kapitalning sezilarli oshishiga, 
bu esa o‘z navbatida bankning kapital pozitsiyasining mustahkamlanishiga sabab 
bo‘ladi. Amaldagi qonunchilik talablariga ko‘ra eskirish me’yorlari qanchalik katta 
bo‘lsa, bank uchun mazkur operatsiyalar shunchalik foydali bo‘ladi. Rivojlangan 
mamlakatlarning ko‘pgina tijorat banklari bank kapitali miqdorining daromad 
keltirmaydigan aktivlarga nisbatini yaxshilash uchun aktivlarni sotish usulidan keng 
foydalanadi. Bu usulga asosan daromad keltirmaydigan aktivlarning o‘sishi sekinlashadi 
va ular asta sekinlik bilan daromad keltiradigan hamda risk darajasi past bo‘lgan 
aktivlarga (masalan davlat qimmatli qog‘ozlariga) almashtiriladi. Bu bilan kapital va 
risk darajasi bo‘yicha hisoblangan aktivlar o‘rtasidagi nisbat bank uchun ijobiy tomonga 
siljiydi. 
Xorijiy banklar amaliyotidagi yangiliklardan biri – 
bonusli emissiyadir
. Unga ko‘ra 
aktivlarning bozor va balans qiymati o‘rtasidagi farqni qoplash uchun qayta baholash 
zahiralari tashkil qilinadi va u bank aksionerlari o‘rtasida, bepul aksiyalarni joylashtirish 
ko‘rinishida, kapitalizatsiya qilinadi. Yangi aksiyalar aksionerlik kapitalini ko‘paytiradi, 
ilgari chiqarilgan aksiyalar qiymatini pasaytirmaydi va bank mulkini saqlashga xizmat 
qiladi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə