Mavzu: Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo’llari


aktivlar  Uy – joy qurilishi uchun uzoq  muddatli ssudalar  5000  50  2500  100% li risk darajasiga ega



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/45
tarix17.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#101022
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45
Mavzu Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali

aktivlar 
Uy – joy qurilishi uchun uzoq 
muddatli ssudalar 
5000 
50 
2500 
100% li risk darajasiga ega 
aktivlar 
Tijorat kreditlari 
65000 
100 
65000 
Turli 
korxonalarga 
kredit 
20000 
0,50 
10000 


majburiyatlari – uzoq muddatli 
Jami
80500 
Umumiy kapitalning risk hisobga olingan holdagi aktivlarga nisbati (umumiy 
kapital / risk hisobga olingan holdagi aktivlar = 6000 / 80500) 7,45% ga teng.
Qayd qilish lozimki, bu bankda 7,45 % ga teng bo‘lgan umumiy kapitalning risk 
hisobga olingan holda aktivlarga nisbati, 1 darajali kapital uchun o‘rnatilgan minimal 
miqdordan yuqori, ammo umumiy kapitalning minimal standartidan kam. shunday qilib, 
bank kapitalning minimal darajasiga qo‘yilgan talablarga javob berishi uchun 
qo‘shimcha kapital jalb qilishga majbur. 
Qo‘shimcha kapitalga bo‘lgan ehtiyojni qondirishni rejalashtirish.
Tijorat 
banklari kapital miqdorini oshirishga qaratilgan amaliyotni faol olib borayotgan paytda, 
qo‘shimcha kapitalga bo‘lgan ehtiyojni qondirishning uzoq muddatli rejalashtirilishi 
zarurati yuzaga keladi. Banklarda bunday rejalashtirishning ko‘plab usullari 
qo‘llanilishiga qaramasdan, ularning ko‘pchiligi o‘z tarkibiga quyidagilarni oladi: 
1 – bosqich. Bankning umumiy moliyaviy rejasini tuzish.
Bank Kengashi va 
boshqaruvi birinchi navbatda qanday turdagi bank ularga kerakligini aniqlashlari kerak. 
Buning uchun kelgusi asosiy savollarga javob berish zarur: bank qanchalik darajada 
yirik bo‘lishi kerak? uzoq muddatli perspektivada bankning daromadliligi qanday 
bo‘lishi kerak? 
Barcha banklar kapital miqdorini rejalashtirishni kelgusida ko‘rsatmoqchi bo‘lgan 
xizmatlar bilan muvofiqlashtirishga majburdirlar. Bank ko‘rsatmoqchi bo‘lgan 
xizmatlarining qaysi biri riskli (ayniqsa bankrotlik va daromadlilik darajasining 
o‘zgarishi riskiga ) ekanligini aniqlab olishi zarur. Yangi xizmatlarning ba’zi turlari 
risklarni kamaytirib, kapitalga bo‘lgan talabni pasaytiradi, boshqalari esa aksincha 
riskni ko‘paytirib, kapitalga bo‘lgan talabni oshiradi. Albatta, bank yangi xizmatlarni 
taklif qilishi bilan risklarni kamaytirishi va kapitalga bo‘lgan talabni pasaytirish 
jarayoni, birinchi navbatda bankni qanchalik sifatli boshqarishga bog‘liq ekanligini 
doimo inobatga olish zarurdir.
Qo‘shimcha kapitalni jalb qilishga bo‘lgan talabni rejalashtirishning birinchi 
bosqichi, bank operatsiyalari va bank siyosatini amalga oshirish protsedurasida hech 
qanday o‘zgarishlar bo‘lmasligidan kelib chiqqan holda, taxminiy moliyaviy balanslarni 
ishlab chiqish va bo‘lishi mumkin bo‘lgan natijalar tahlilini o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. 
Boshqaruvchilar bank faoliyatining mumkin bo‘lgan (salbiy yoki ijobiy) natijalariga 
tayyor bo‘lishlari kerak, chunki uzoq muddatli kapital bank mablag‘lari manbalari 
o‘rtasida eng qimmati hisoblanadi.
2 – bosqich. Bank o‘z maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan kapital miqdorini 
aniqlash.
Banklar kapitalning ikki turdagi chegaralovchilari bilan to‘qnash kelishini 
bilishlari zarur, ulardan biri bank faoliyatini tartibga soluvchi organlar bo‘lsa, ikkinchisi 
– kapital bozoridagi investorlardir. Bozor no‘qtai nazaridan, aksionerlik kapitalining 
juda katta miqdori, qarz mablag‘larining samaradorligi va ularni kelgusi 
investitsiyalashning daromadliligini pasaytiradi. Risk darajasiga nisbatan kapitalning 
juda kam bo‘lishi esa, investorlarda bankning daromadliligi barqaror emas degan fikr 


o‘yg‘otadi. Bu holatda bank aktivlarining kursi tushadi, omonatchilar va boshqa 
kreditorlar o‘z mablag‘lari uchun yuqori daromad to‘lashni talab qila boshlashadi. 
3 – bosqich. Ichki manba – taqsimlanmagan foyda, hisobidan jalb qilinishi mumkin 
bo‘lgan kapital miqdorini aniqlash
. Bank joriy foydaning qancha qismini o‘z 
aksionerlariga dividend tariqasida to‘lashini, qancha qismi bank ixtiyorida kelgusi 
rivojlanishni qo‘llash uchun taqsimlanmagan holda qolishi kerakligini aniqlab olishi 
kerak. Taqsimlanmagan foyda bankning kapitalga bo‘lgan talabini to‘liq yoki hech 
bo‘lmaganda 
bir 
qismini 
qondirishga 
yetarli 
bo‘lishi 
bank 
daromadini 
prognozlashtirishning asosida bo‘lishi zarur. 
4 – bosqich. Bank maqsadi va talabiga mos keluvchi kapital manbasini aniqlash va 
baholash.
Kapitalning «yaxshi» manbasini tanlash bir necha aspektlarni o‘z ichtga 
oladi: bozor sharoiti (garchi yangi aktivlar yoki qarz majburiyatlarining emissiyasi zarur 
bo‘lsa), mavjud aksionerlarning huquqlari va manfaatlari hamda bankning kelgusi 
daromadliligi prognozlarining ishonchliligi. Bank kapitaliga mablag‘larni jalb qilish, 
bankning moliyaviy siyosatiga qarab, ichki va tashqi manbalar hisobiga amalga 
oshirilishi mumkin. Mazkur ishni xorijiy bank tajribasidan kelib chiqqan holda 
quyidagicha ifodalash mumkin: 
1. Ichki manbalar: 
- taqsimlanmagan foydani oshirish; 
2. Tashqi manbalar: 
- oddiy aksiyalarni sotish; 
- imtiyozli aksiyalarni sotish; 
- uzoq muddatli qarz majburiyatlari; 
- aktivlarni sotish; 
- asosiy fondlarni sotish yoki uni bank tomonidan ijaraga olinishi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə