Mavzu: Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo’llari


Bank kapitalining yetarlilik darajasi



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/45
tarix17.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#101022
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45
Mavzu Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali

Bank kapitalining yetarlilik darajasi. 
Bank kapitali ko‘zda tutilmagan 
qiyinchiliklarning oldini olishda asosiy o‘rinni tutishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, unda 
muammoli va juda muhim bo‘lgan bir necha savol yuzaga keladi: birinchidan 
kapitalning mavjud darajasi yetarlimi, ikkinchidan kapitalning yetarlilik darajasi qanday 
miqdorda bo‘lishi kerak. Aytish lozimki, bu masalalarning yechimi topish uchun 
dunyoning eng yetakchi banklari va bankdan tashqari moliya institutlari bosh qotirib 
kelishmoqda. Hozirgi kunda bu masala O‘zbekiston banklari uchun ham dolzab bo‘lib 
turibdi. Negaki xorijiy banklar bilan hamkorlikda ishlarning tashkil etilishida, kapital 
miqdori, uning yetarlilik darajasi va boshqa shunga uxshash masalalar birinchi o‘ringa 
chiqadi va albatta banklar tomonidan mavjud muammolar e’tibor bilan o‘rganilishi talab 
qilinadi. 
Bank kapitali bilan bog‘liq muammolarni hal etilishi uchun 1988 yili 
Shveysariyaning Bazel shahrida dunyoning rivojlangan davlatlari vakillari uchrashdilar. 
Kelishuv nafaqat kelishuv ishtirokchilar uchun, balki boshqa davlatlar bank tizimlari 
uchun katta ahamiyat kasb etdi. Bu uchrashuvda, bank faoliyatini tartibga solish 
bo‘yicha yagona qoidalar yaratish bo‘yicha qo‘yilgan birinchi qadam sifatida, kelishuv 
imzolandi. Bank faoliyatini tartibga solish qoidalari Bazeldagi xalqaro hisob – kitob 
banki tomonidan ishlab chiqilgan. Bazel kelishuvi qoidalarini amaliyotga joriy etish 
bo‘yicha har bir mamlakat ma’lum erkinliklarga egadir, ya’ni o‘z ichki sharoitidan kelib 
chiqqan holda mazkur qoidalarni qo‘llaydi va Markaziy banklar tijorat banklari uchun 
iqtisodiy normativlarni Bazel kelishuvi me’yorlari asosida belgilaydi.
Bazel kelishuvining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat edi: 
1. Tijorat banklarining Bosh banki bilan xorijiy mamlakatlaridagi shu’ba 
bo‘linmalari foliyatinining huquqiy iqtisodiy asoslarini birxillashtirish; 
2. Turli davlatlardagi bank aktivlari risklarlilik darajasini hisoblashning yagona 
tartibi belgilash;
3. Risk darajasini hisobga olgan holda bank kapitalining yetarlilik darajasini bir 
asosga keltirish. 
Tijorat banklari faoliyatini baholash mezonlarining zamonaviy tizimida markaziy 
o‘rin - xususiy kapitalning yetarliligi ko‘rsatkichiga tegishlidir. 
Bank kapitalining yetarlilik darajasini tartibga solish rivojlangan mamlakatlarda 20 
asrning 70 yillaridayok amalga oshirila boshlandi. Birinchi bo‘lib,1978 yili AQSH da 
bank kapitalining yetarlilik darajasi standartlari qabul qilindi. Bu standartlarga ko‘ra, 
bank kapitalining jami aktivlarga bo‘lgan nisbati 9 % dan kam bo‘lmasligi belgilangan 
edi. Keyinchalik tijorat banklarining takliflariga ko‘ra 1988 bu koeffitsent 5 % 
miqdorda o‘rnatildi, lekin 1992 yildan AQSH banklari xalqaro talablarga javob 
beradigan me’yorga mos keladigan darajada, ya’ni kapitalning risk darajasi bo‘yicha 
hisoblangan aktivlarga nisbati 8 % qilib o‘rnatildi. 
Bazel kelishuvi asosida kapitalning yetarlilik darajasiga qo‘yilgan talablar nafaqat 
faoliyat ko‘rsatayotgan banklar uchun, balki yangitdan tashkil etilayotgan banklarga 
ham taalluqlidir. 


Hozirgi kunda kapitalning yetarliligi darajasini nazorat qilishning quyidagi (jahon 
bank amaliyotida keng qo‘llaniladigan) ikki usuli mavjud: 
1. 1988 yili Bazel kelishuvi asosida taklif etilayotgan usul; 
2. AQSH FRS tomonidan taklif etilgan «CAMEL» reyting tizimi. 
Bazel kelishuviga ko‘ra kapitalning yetarlilik darajasiga talablar quyidagi 
ko‘rsatkichlar asosida ifodalanadi: 
1. 1 – darajali (asosiy) kapital va 2 darajali (qo‘shimcha) kapital o‘rtasidagi nisbat; 
2. Bankning asosiy va umumiy kapitali miqdorining risk darajasiga ko‘ra 
hisoblangan aktivlarga bo‘lgan nisbatini belgilovchi, kapitalning yetarlilik 
koeffitsiyentlari. 
Birinchi ko‘rsatkich uchun qo‘yilgan talab - asosiy va qo‘shimcha kapital 
o‘rtasidagi nisbat 1:1 doirasida bo‘lishi belgilangan, ya’ni qo‘shimcha kapital summasi 
asosiy kapital summasidan oshib ketmasligi kerak. 
Ikkinchi ko‘rsatkich bo‘yicha qo‘yilgan talab – asosiy kapital summasi risk 
darajasiga ko‘ra hisoblangan aktivlar summasiga nisbatan 4% dan kam bo‘lmasligi, 
umumiy kapital summasi esa 8% dan kam bo‘lmasligi kerak. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan talablardan kelib chiqqan holda kapitalining ikki 
qirrasini ko‘rsatish zarur. Bular, birinchidan kaptalning statik qirrasi, ikkinchidan 
kapitalning dinamik qirrasidir. 
Kapitalning statik qirrasini juda oddiy tushuntirsa bo‘ladi. Unga asosan, depozitlarni 
jalb qiluvchi va kreditlovchi, har qanday bank 5 mln. EKYU dan kam bo‘lmagan 
miqdordagi ustav kapitaliga ega bo‘lishi zarur. Mazkur talabni bajarmagan bank o‘z 
faoliyatini boshlashi mumkin emas. Amalda faoliyat ko‘rsatuvchi banklarga kapitalning 
yetmagan qismini to‘ldirish uchun ma’lum vaqt beriladi. Bu ko‘rsatma (direktiva) 
Bazel kelishuviga a’zo davlatlar tomonidan 1993 yilning 1 yanvaridan boshlab kuchga 
kiritilgan.
Kapitalning minimal darajasi bank tomonidan barcha majburiyatlarni to‘lagan holda 
olishi mumkin bo‘lgan zarar summasiga teng bo‘lishi kerak. Bu mijozlar tomonidan 
bankga ishonib topshirilgan mablag‘larning saqlanishi garovidir. 
Kapitalning dinamik qirrasini tasniflash birmuncha og‘irroq. U Bazel kelishuviga 
ko‘ra o‘rnatilgan normativlarga rioya qilinishi bilan bog‘liqdir. 
Bank ishonchliligining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib «Kuk» koeffitsenti (bank 
kapitalining risk darajasiga ko‘ra hisoblangan aktivlarga nisbati) xizmat qiladi. 1988 yili 
Bazel kengashi tomonidan bank kapitalini hisoblash usuliga o‘zgartirishlar va aniqliklar 
kiritildi. Unga ko‘ra bankning asosiy kapitali tarkibiga: o‘tgan yillardan qolgan foyda, 
soliqlar to‘langandan so‘ng qolgan sof foydadan tashkil etilgan ochiq zahiralar kiritildi 
va ularning jami summasi umumiy kapitalning 50% dan kam bo‘lmasligi belgilandi. 
Qo‘shimcha kapital esa, e’lon qilinmagan yoki yashirin zahiralar, qayta baholash 
zahiralari (formal revalvatsiya va qimmatli qog‘ozlarning yashirin qayta baholanishi) 
umumiy zahiralar (qaytishi dargumon bo‘lgan kreditlar bo‘yicha tashkil etilgan 
zahiralar), qarz kapitaliga uxshash gibrid instrumentlar (kumulyativ muddatsiz imtiyozli 
aksiyalar, aksiyaga aylanish huquqini beruvchi obligatsiyalar), subordinar qarzlardan 
iborat bo‘ldi. 
Bazel kengashi talablariga binoan, kapital yetarliligi hisob – kitobi banklar 
moliyaviy hisobotining maxsus shakllarida ifoda etilishi ko‘zda tutilgan. Bank 


aktivlarining risk darajasi kengash talablariga ko‘ra 0%, 20%, 50%, 100% tortilgan 
aktivlarga bo‘lindi. 
CAMEL Reyting tizimi. 
Kelgusi masala sifatida, AQSH FRS tomonidan taklif qilingan «CAMEL» reyting 
tizimini ko‘rib chiqamiz.
«CAMEL» reyting tizimi bank faoliyatini tahlil qilishda Sheshunoff Bank 
ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan va ishlatiladigan baholash uslubiga asoslanadi. 
Mazkur tizim hozirgi paytda nafaqat AQSH tijorat banklari tomonidan, balki Federal 
Rezerv Sistemasi va depozitlarni sug‘urtalash Federal Korporatsiyasi tomonidan ham 
ishlatiladi. 
«CAMEL» reting tizimining xususiyatlari shundan iboratki, unga ko‘ra bank 
faoliyatining barcha ko‘rsatkichlari qamrab olinadi va har biri bo‘yicha baho beriladi. 
Reyting tuzishning asosiy prinsipi: ko‘rsatkichlarning qiymati grafikda absissa 
o‘qida, bankning bank tizimida egallagn o‘rni esa no‘qta ko‘rinishida ordinata o‘qida 
joylashtiriladi. Bu no‘qta foizlar ko‘rinishida bo‘lib, u protsentil deb ataladi. Protsentil 
tahlil etilayotgan bankning boshqa banklar guruhiga nisbatan egallagan o‘rnini 
ko‘rsatadi. AQSH da solishtiriladigan guruhlar soni 25 tashkil etadi. Banklarni alohida 
guruhlarga ajratishning asosiy belgilari bo‘lib quyidagilar chiqadi: 
1. Bank ulchami (balans valyutasi, aktivlarning umumiy summasi) 
2. Bankning joylashishi (bank shaharda yoki qishloqda joyda), 
3. Shaxobchalarning mavjudligi yoki yo‘qligi. 
Baholashda ayrim olingan bankning o‘rni guruhlardagi ko‘rsatkichlarning o‘rtacha 
qiymati bilan belgilanadi.
«CAMEL» reyting tizimi tomonidan bank kapitalining yetarliligi, aktivlarning sifati, 
bank boshqaruvining samaradorligi, daromadlilik va likvidlilik ko‘rsatkichlari 
o‘rganiladi. 
Bank kapitalilining yetarliligi (adekvatligi) ni tahlil qilish uchun «CAMEL» 
tizimida quyidagi asosiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: 
1. 1 – darajali (asosiy) kapital va 2 – darajali (qo‘shimcha) kapital o‘rtasidagi nisbat; 
2. Kapitalning yetarlilik koeffitsiyentlari 
Asosiy kapital – nomoddiy asosiy kapital 
K 1 =
Risk darajasi bo‘yicha hisoblangan aktivlar
Jami kapital – nomoddiy asosiy kapital 
K 2 =
Risk darajasi bo‘yicha hisoblangan aktivlar
3. Moliyaviy richag koeffitsiyenti (bank kapitalining balans aktivlarining o‘rtacha 
qiymatiga nisbati) 
«CAMEL» reyting tizimi bo‘yicha bank kapitalining tarkibi quyidagicha: 
Bankning asosiy kapitali: 
1. Bankning oddiy aksiyalari; 
2. Muddatsiz imtiyozli aksiyalar, agar ular bo‘yicha qaytarib sotib olish vaqti 
o‘rnatilmagan bo‘lsa, aksiya egasining istagiga qarab sotib olinmasa va bu aksiyalar 


bo‘yicha maxsus zahira yaratilmagan bo‘lsa. Imtiyozli aksiyalarni asosiy kapitalga 
kiritilishining yana bir sharti shuki, ular emitent faoliyat ko‘rsatishi davrida zararlarni 
qoplash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lishi va emitent ular bo‘yicha dividendlarni 
to‘lashdan voz kechishi yoki kechiktirishi imkoniyati bo‘lishi kerak; 
3. Taqsimlanmagan foyda va zahiralar;
4. Konsolidatsiya qilingan shu’ba korxonalarining aksioner kapitalidagi ulushi. 
Kapitalning bu qismi filial va shu’ba korxonalarning faoliyatidan kelib chiqishi mumkin 
bo‘lgan zarani bemalol qoplay olishi kerak. 
Qo‘shimcha kapital esa quyidagi elementlardan iborat: 
1. Risk darajasiga qarab hisoblangan aktivlarning 1,25 % ga teng ulchamdagi 
kreditlar bo‘yicha yo‘qotishlarni qoplash zahiralar; 
2. Muddatsiz imtiyozli aksiyalar va ular bo‘yicha nominal qiymatdan sotish 
qiymatining oshgan qismi; 
3. Subordinar qarzlar va o‘rta muddatli imtiyozli aksiyalar (asosiy kapitalning 50 
%dan oshmagan qismi), agar ularning to‘lash muddati 5 yildan kam bo‘lmasa. 
Bank kapitali reytingini hisoblashga ta’sir etuvchi faktorlar jumlasiga kapitalning 
ichki generatsiyasi, kapital bozoriga kirib borish imkoniyati, depozitlar va 
majburiyatlarning tarkibi kiradi. 
Bank kapitalining yetarlilik darajasini baholash 5 ballik tizim bo‘yicha o‘lchanadi. 
Bank olgan ball qanchalik yuqori bo‘lsa, bank shunchalik «kuchsiz» hisoblanadi. 
Olingan quyidagicha tasniflanadi: 
1 ball – kuchli; 
2 ball – qoniqarli; 
3 ball – o‘rtacha; 
4 ball – kritik; 
5 ball – qoniqarsiz.
Bank kapitalini baholash quyidagilarga nisbatan aniqlanadi: 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə