Mavzu: Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo’llari


Bank kapitalini moliyaviy tahlil qilish



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/45
tarix17.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#101022
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45
Mavzu Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali

2.5. Bank kapitalini moliyaviy tahlil qilish.
a)Bank kapitalining shakllanishi va taxlil vazifalari
Mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlangan sari turli mulk shakliga 
asoslangan tijorat banklari shakllandi va kupaydi.Tijorat banklarining aksariyati 
aksioner banklardir. Ularning ustav sarmoyasi ta’sischilar kushgan mablaglardan tashkil 
topgan. Bunday tijorat banklari aksiya chikargan bulib, ta’sischilar aksiyadorlarning 
katta kismini tashkil etadi. Davlat-tijorat banklari ustav fondining asosiy kismi davlat 
byudjetidan ajratilgan buladi. Xususiy banklar ustav fondining asosiy kismini bu bankni 
tashkil etgan xususiy shaxs mablagi tashkil etadi. 
Tijorat banklarining ustav kapitali bank ustavida kursatiladi va bank faoliyatini 
boshlashning dastlabki mablag hisoblanadi. Tijorat banklari ustav kapitali summasi 
konun yuli bilan chegaralanmagan, lekin banklar faoliyatini barkaror ta’minlash 
maksadida uning minimal mikdori belgilab kuyiladi. 
Tijorat banklari ustav kapitalining 
minimal 
darajasi 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Markaziy 
banki 
tomonidan 
o‘rnatiladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 apreldagi “Bank 
tizimini yanada islox kilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to'g'richisida”gi karoriga 


binoan tijorat banklari ustav kapitalining minimal mikdori 2007 yil 1 yanvariga kadar 
quyidagi summalarga yetkazilishi kerak bo’lgan: 
- tijorat banklari uchun – 5 million AQSH dollari ekvivalentida; 
- xususiy banklar uchun – 2,5 million AQSH dollari ekvivalentida; 
- xorijiy kapital ishtirokida ochiladigan banklar uchun 5 million AQSH dollari 
ekvivalentida. 
Yangitdan tashkil etilayotgan tijorat va xususiy banklari ustav kapitalining minimal 
miqdori 2008 yilning 1 yanvaridan boshlab: 
- tijorat banklari uchun – 5 million YEVRO ekvivalentida; 
- xususiy banklar uchun – 2,5 million YEVRO ekvivalentida
- xorijiy kapital ishtirokida ochiladigan banklar uchun 5 million YEVRO 
ekvivalentida o‘rnatildi. 
Tijorat banklarining rezerv kapitali foydadan ajratmalar hisobiga tashkil etilib 
kuzda tutilmagan zararlar hamda kimmatbaxo kagozlar kursining pasayishi natijasida 
vujudga keladigan yukotishlarni koplash uchun muljallanadi.
Tijorat banklari uz mablaglari manbaiga ustav kapitali va rezerv kapitalidan 
tashkari turli maksadlar uchun tuzilgan jamgarmalar (fondlar) va taksimlanmagan foyda 
kiradi. 
Tijorat banklari mijozlarga kredit berib, foizi bilan kaytarib oladi, kimmatli 
kagozlar bozorida katnashib daromad oladi. Barcha faoliyatidan olgan daromadlaridan 
faoliyat harajatlarini, tuzilgan rezervga ajratmalarni chegirib tashlasa,bank foydasi 
koladi. Bu summadan daromad soligi tulaydi, dividendlar ajratiladi. Bankning kolgan 
foydasi taksimlanmagan foyda sifatida yillik balansda kursatiladi. 
Tijorat banklari ustav kapitali bank o’z mablaglarining asosiy kismini tashkil 
etadi va ustav fondi summasi bank aksionerlari umumiy yigilishida oshirilishi mumkin.
Umuman olganda tijorat banklari ustav kapitalining xajmiga karab-uchta: yirik, 
urta va kichik banklarga guruxlanadi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə