Mavzu: Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo’llari



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/45
tarix17.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#101022
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Mavzu Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali

 
 
 
 
 
 
 
 


Xulosa va takliflar. 
Bank kapitali bilan bog‘liq muammolar kabi ko‘p munozaraga sababchi bo‘lgan 
boshqa biror bir bank faoliyatining jabhasi bo‘lmasa kerak. Uzoq davrlardan beri 
banklar va ular faoliyatini tartibga soluvchi organlar o‘rtasida bank kapitalining miqdori 
va strukturasi yuzasidan tortishuvlar mavjud. So‘nggi yillarda nafaqat bank kapitalining 
mohiyati va konsepsiyasi yuzasidan qarashlar o‘zgarmasdan, balki bank faoliyatini 
nazorat qilishda kapitalning roli to‘g‘risidagi qarashlar ham o‘zgarib bormoqda.
Umuman olganda shu yillar mobaynida respublikamiz tijorat banklari regulyativ 
kapitalining ko’payishi evaziga yirik kapitalga ega bo’lgan banklar sonining ko’payib 
borishi ijobiy holat hisoblanadi.Shuning uchun ham tijorat banklarining moliyaviy 
barqarorligini oshirish aholining, bank tizimiga bo’lgan ishonchini yanada 
mustahkamlash va iqtisodiyotning real sektorini kreditlash imkoniyatlarini kengaytirish 
dolzarb masalalardan ekanligini inobatga olib, hukumat tomonidan banklarning 
kapitallashuv darajasini oshirish masalasiga alohida etibor qaratilmoqda. 
Bank ishida kapital – bank egalari tomonidan kiritilgan va asosan aksionerlik 
kapitalidan tashkil topgan mablag‘lar, qo‘shimcha kapital, ko‘zda tutilmagan harajatlar 
bo‘yicha zahiralar va taqsimlanmagan foydadan iboratdir. Bank kapitali uni turli xildagi 
risklardan himoya qilib, bankrotlikdan saqlanishning so‘nggi «mudofa chizig‘i» bo‘lib 
xizmat qiladi. Kapital shuningdek, bank kredit faoliyatining kengayishi va strukturaviy 
rivojlanishini ta’minlovchi uzoq muddatli moliyaviy vositadir. Bank kapitalining asosiy 
shakllari – oddiy aksiyalar, imtyozli aksiyalar, qo‘shimcha kapital, taqsimlanmagan 
foyda, rezervlar, subordinar qarzlardir.
Tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish, ularni to‘g‘ri boshqarish 
yuzasidan quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bulardi: 

Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga uzoq muddatli subordinar kreditlarni 
berishni yo‘lga qo‘yish; 

Yirik tijorat banklariga yangidan tashkil etilayotgan banklarning ustav 
kapitalining 10-15 foizgacha bo‘lgan ulushidagi ishtirokiga ruxsat berish lozim

Tijorat banklarining ustav kapitalini miqdorini oshirib borish va bunda 
banklarining regulyativ kapitali tarkibida ustav kapitalining hajmining oshirishga 
erishish lozim.

Bank kapitalini oshirishni qo’shimcha kapitalni jalb qilishda ichki manbalar 
hisobidan ya’ni dvident siyosatidan foydalanish; 

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida banklarning kapitali ma’lum 
darajada himoya vositasini bajardi, biroq ularning kapitali manbalari barqaror 
mablag‘lardan shakllantirilmaganligi sababli ko‘plab banklarni inqiroz holatiga tushib 
qolishiga sabab bo’ldi.Shu sababli kapital tarkibini barqaror mablag’lardan 
shakllantirish lozim; 

Devalvatsiya zaxirasini asosiy kapital tarkibidan qo‘shimcha kapital tarkibiga 
kiritish lozim; 

Tijorat banklarining oddiy va imtiyozli aksiyalarini ikkilamchi qimmatli 
qog‘ozlar bozorida oldi-sotdi qilinishini ta’minlash; 
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda bozor munosabatlarining toboro 
chuqurlashuvi va iqtisodiyotning modernizatsiyalashuvi sharoitida tijorat banklarining 


kapitalini yanada oshirishga erishish milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga va aholining 
turmush farovonligini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. 
 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə