Milliy bank tizimining barqarorligini ta’minlashning dolzarb masalalari hamda rivojlangan mamlakatlar bank xizmatlarining turlarini O’zbekistonga joriy etish va qo’llash imkoniyatlari Toshket moliya instituti moliya fakulteti talabasi Nabiddin Mannonov



Yüklə 36,63 Kb.
səhifə1/3
tarix16.04.2022
ölçüsü36,63 Kb.
#85554
  1   2   3
Mannonov Nabiddin


Milliy bank tizimining barqarorligini ta’minlashning dolzarb masalalari hamda rivojlangan mamlakatlar bank xizmatlarining turlarini O’zbekistonga joriy etish va qo’llash imkoniyatlari
Toshket moliya instituti moliya fakulteti talabasi

Nabiddin Mannonov
Annotatsiya: maqolada bank xizmatlari uning tadbirkorligini, daromadliligini ta’minlashga va iqtisodiyotning talablarini qondirishga yo‘naltirilgan an’anaviy sohasi ekanligidan kelib chiqqan holda , iqtisodiyotni erkinlashtirish bosqichida O’zbekiston Respublikasi milliy bank tizimi bir qator, shu jumladan, etarli darajada ko‘rib chiqilmagan bank xizmatlari nazariyasini rivojlanishi bilan bog‘liq muammolar aniqlangan va ularni xal qilishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so’zlar: tijorat banki, Markaziy bank, likvidlilik, regulyativ capital, kapitalning yetarliligi, moliyaviy innovatsiyalar, qayta moliyalash stavkasi, ochiq bozor operatsiyalari, majburiy zahira stavkalari, aktivlar, Brutto.
Current issues of ensuring the stability of the national banking system and opportunities for the introduction and application of banking services in developed countries in Uzbekistan
Annotation: Due to the fact that banking services are a traditional sector aimed at ensuring its entrepreneurship, profitability and meeting the needs of the economy, the national banking system of the Republic of Uzbekistan at the stage of economic liberalization is insufficiently considered, including problems related to the development of the theory of banking services were identified and proposals were developed to address them.

Keywords: commercial bank, central bank, liquidity, regulatory capital, capital adequacy, financial innovation, refinancing rate, open market operations, required reserve rates, assets, brutto.


  1. Kirish.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, bank tizimiga aholi hamda xorijiy investorlarning ishonchini yanada mustahkamlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llagan holda, ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarining turi va xizmatlar bozori ko‘lamini kengayib borish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martda qabul qilingan «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida “Bank xizmatlari ommabopligining oshirilishini va bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarining himoya qilinishini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy vazifalaridan biri ekanligi belgilab qo‘yildi. Endilikda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tuzilmasida bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash, moliyaviy ochiqlikni hamda aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish asosiy vazifalari bo‘lgan Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etildi .

O‘zbeksiton Respublikasi Prezidenti SHavkat Miromonovich Mirziyoev ta’kidlaganidek: «Ularning bosh vazifasi – bundan keyin o‘z ish uslublarini tubdan o‘zgartirib, fuqarolarimiz va tadbirkorlarning haqiqiy ishonchini qozonishga va ularga haqiqiy ko‘makdosh bo‘lishga erishishdan iborat. … Lo‘nda qilib aytadigan bo‘lsak, banklar endi xalqimizni tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka o‘rgatishi va shunga etaklashi lozim bo‘ladi.»





  1. Yüklə 36,63 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə