Mavzu: Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo’llari


Tashqi manbalar hisobidan kapitalni jalb qilish



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/45
tarix17.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#101022
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45
Mavzu Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali

Tashqi manbalar hisobidan kapitalni jalb qilish. 
Garchi bank tashqi manbalar 
hisobidan kapitalni jalb qilishga majbur bo‘lsa, buning uchun bir necha usullardan 
foydalanishi mumkin: 1) oddiy aksiyalarni sotish; 2) imtiyozli aksiyalarni sotish; 3) 
kapital harakteridagi qarz majburiyatlari emissiyasi; 4) aktivlarni sotish; 5) asosiy 
vositalarni, jumladan binolar ijarasi. Bank o‘z kapitali miqdorini oshirishning qaysi 
usulini tanlashi ko‘p omillarga bog‘liqdir. Bunday omillarning eng asosiysi - bank 
aksiyadorlarining daromadiga ta’siri omilidir. Undan tashqari bu masalaning hal etilishi 
bankning riskga ta’sirchanligi, bank nazoratining ta’siri, aktivlar va majburiyatlar 
bozorining holati bilan bog‘liqdir. 
Oddiy aksiyalarning sotilishi
.
Umuman olganda oddiy aksiyalar emissiyasi 
kapitalni jalb qilishning tashqi manbalari ichida joylashtirish bo‘yicha harajatlarning 
kattaligi, dividendlar miqdori va qarz majburiyatlari o‘rtasidagi nomutanosiblik riski 
bilan qolgan manbalardan ajralib turadi. Shunga qaramasdan, muomilaga aksiyalarning 
chiqarilishi jalb qilinishi mumkin bo‘lgan qarz mablag‘larining ulushi miqdorini 
kamaytiradi. Aksiyalarning katta miqdori kelgusida qo‘shimcha mablag‘ jalb qilish 
imkoniyatini yaratadi. 
Imtiyozli aksiyalarning sotilishi
. Imtiyozli aksiyalarning qo‘shimcha chiqarilishi va 
ularning joylashtirilishi, xuddi oddiy aksiyalar bilan ish olib borishdek, ko‘p harajat 
talab qiluvchi manbalardan biri hisoblanadi. Bu ishning salbiy jihati, imtiyozli aksiya 
egalari oddiy aksiya egalariga nisbatan bank foydasiga birlamchi huquqqa ega 
bo‘lganligi sababli, imtiyozli aksiyalarning ko‘p chiqarilishi oddiy aksiyalar bo‘yicha 
dividendlar miqdorining kamayishiga olib keladi. Ijobiy tarafi, imtiyozli aksiyalar qarz 
majburiyatlariga nisbatan elastik (ular bo‘yicha divedendlar to‘lovi majburiy emas) va 
ularning chiqarilishi kelgusida bankning mablag‘ jalb qilish imkoniyatini kengaytiradi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə