Mavzu: Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo’llari


BANKLAR KAPITALLASHUV DARAJASINI OSHIRISHNING DOLZARB



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/45
tarix17.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#101022
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   45
Mavzu Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali

BANKLAR KAPITALLASHUV DARAJASINI OSHIRISHNING DOLZARB 
VAZIFALARI. 
O’zbekistonda 
bozor munosabatlarining chuqurlashuvi va iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash darajasining taboro takomillashuvi banklarning kapitallashuv 
darajasini doimiy ravishda oshirib borishni talab etmoqda.Tijorat banklari kapitali 
miqdorining oshirilishi ularning moliyaviy barqarorligini taminlash bilan birga, 
iqtisodiyotning real sektorini kreditlashdagi imkoniyatlarini oshirihsga va aholining 
bank tizimiga bo’lgan ishonchini mustahkamlashga bevosita ijobiy tasir ko’rsatadi. 
Ma’lumki, tijorat banklari kapitallashuv darajasini oshirishning asosiy yo’llaridan 
biri, bank aksiyalarini yuridik va jismoniy shaxslarga sotishdan tushadigan 
mablag’lardir.Respublikamiz tijorat banklari ustav kapitalini ko’paytirishda ushbi 
manbadan faol tarzda foydalanmoqda.Natijada, yirik capital mablag’larga ega bo’lgan 
tijorat banklarining soni yildan-yilga ortib bormoqda. 
Umuman olganda shu yillar mobaynida respublikamiz tijorat banklari regulyativ 
kapitalining ko’payishi evaziga yirik kapitalga ega bo’lgan banklar sonining ko’payib 
borishi ijobiy holat hisoblanadi.Shuning uchun ham tijorat banklarining moliyaviy 
barqarorligini oshirish aholining, bank tizimiga bo’lgan ishonchini yanada 
mustahkamlash va iqtisodiyotning real sektorini kreditlash imkoniyatlarini kengaytirish 
dolzarb masalalardan ekanligini inobatga olib, hukumat tomonidan banklarning 
kapitallashuv darajasini oshirish masalasiga alohida etibor qaratilmoqda. 
Hususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 19 dekabrdagi 
“Tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi Farmoni banklar kapitalini oshirishga huquqiy asos yaratdi.Mazkur 
farmonga ko’ra, 2007 yilning 1 yanvaridan 2010 yilning 1 yanvarigacha yuridik 
shaxslarning tijorat banklari aksiyalaridan dvident sifatida olingan daromadlarning soliq 
solishdan ozod etilishi, shuningdek ularning foyda solig’i va yagona soliq to’lovi 
bo’yicha soliqqaa tortish bazasi birlamchi va qo’shimcha ravishda chiqarilgan tijorat 
banlari aksiyalarini harid qilishga yo’naltirilgan mablag’lar summasiga teng miqdorda 
kamaytirilishi belgilab qo’yildi. 
Bu farmonning qabul qilinishi: 
-birinchidan, tijorat banklariga ustav kapitalini ko’paytirish uchun muomalaga 
chiqargan aksiyalarini sotish orqali capital miqdorini ko’paytirish imkoniyatini bersa: 
-ikkinchidan, 
yuridik 
shaxslar 
olgandvidentlari 
hisobidan 
soliqlarning 
to’lamasligi va bank aksiyalarini sotib olishga yo’naltirgan mablag’lari summasini 
soliqqa tortiladigan bazadan chiqarib tashlashi natijasida ikki tomonlama iqtisodiy 
manfaatdorlikka erishadi. 
Tijorat banklari kapitalining shakllanish amaliyoti va manbalari yuzasidan 
amalgam oshirilgan tahlillar natijasida ularning regulyativ kapitali tarkibida ustav 
kapitalining ulushi nisbatan pastligi bilan birga, uning miqdori sezilarli ravishda 
tebranib turganligi ma’lum bo’ldi. 
Bizning nazarimizda tijorat banklarining regulyativ kapitali tarkibida ustav 
kapitalining hajmining oshirishga erishish lozim. Chunki, banklarning ustav kapitali 


boshqa manbalarga nisbatan moliyaviy barqaror manbalardan biri bo’lib, uning hajmi 
pasayishi banklarning moliyaviy mustahkamligi zaiflashishiga olib keladi. 
Tijorat banklarining ustav kapitali boshqa manbalarga nisbatan yuqori 
barqarorlikga ega bo’lib , banklarning regulyativ kapitali uning miqdori kamayishiga 
yo’l qo’ymasligi lozim.Banklarning jami passivlar tarkibida mazkur capital 
manbasining ulushi 1999 yil 1 yanvar holatiga 4,02 foiz.2007 yil 1 yanvar holatiga 3,0 
foizni tashkil etgan. 
Keltirilgan raqamlardan ko’rinib turibdiki, tijorat banklarining moliyaviy 
barqarorligini oshirish va aholining banklarga bo’lgan ishonchini yanada 
mustahkamlashda ularning ustav kapitali hajmini oshirish o’zining dolzarbligini saqlab 
turibdi.Aynan, shunday holatlar yuzasidan ijobiy natijalarga erishish va tijorat 
banklarining iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarini amalgam oshorish va ishlab 
chiqarishni modernizatsiyalashda keng ishtirok etishni yanada jonlantirish maqsadida 
2007 yil 12 iyulda O’zbekiston Respubliksi Prezidentining “Banklar kapitallashuvini 
yanada oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida 
ularning ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-670-sonliQarori 
qabul qilindi. 
Yuqorida qayd etilgan qarorga binoan, Markaziy bankning davlat byudjetiga 
o’tkazilishi lozim bo’lgan foydasining bir qismi “Mikrokreditbank”, “Agrobank”, 
“Ipotekabank”, “Xalq bank”larning ustav kapitaliga yo’naltirish orqali ularning 
moliyaviy barqarorligi mustahkamlandi.Shu bilan birga, mazkur qarorga asosan tijorat 
banklari ustav kapitalini oshirish yuzasidan bir qator soliq imtiyozlari berildi. 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, jahon tajribasiga ko‘ra har qanday bankning 
salohiyati, eng avvalo uning kapitali, resurs bazasi va aktivlari salmog‘i bilan 
baholanadi. Bankning resurs bazasi esa asosan bank kapitali hamda yuridik va jismoniy 
shaxslarning banklardagi depozitlaridan tashkil topadi. Bundan ko‘rish mumkinki, 
mamlakatimizdagi har bir fuqaro, har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ekt eng asosiy 
sarmoyador hisoblanadi. Ularning banklardagi mablag‘lari qancha ko‘p bo‘lsa, 
bankning kredit berish, investitsiya qilish salohiyati ham shunchalik kuchli va 
mustahkam 
bo‘ladi. 
Tijorat banklari kapitali manbalari turli-tuman bo‘lib, uning tarkibida bank 
aksiyadorlari tomonidan shakllantiriladigan ustav kapitali muhim moliyaviy manba 
hisoblanadi. Tijorat banklari kapitali uning faoliyati davomida barqaror moliyalashtirish 
manbai va o‘ziga xos himoya vositasini bajaradi. Shu boisdan ham tijorat banklari 
kapitali barqarorligini ta’minlash muhim masalalardan biri hisoblanib, ushbu masala 
AQShdagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida yana bir marta to‘liq isbotlandi. 
Chunki jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida banklarning kapitali ma’lum 
darajada himoya vositasini bajardi, biroq ularning kapitali manbalari barqaror 
mablag‘lardan shakllantirilmaganligi sababli ko‘plab banklarni inqiroz holatiga tushib 
qolishiga sabab bo’ldi.
Takidlash lozimki, hukumatimiz tomonidan banklarning kapitallashuv darajasini 
oshirish bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlar ularning moliyaviy barqarorligini 
taminlashda muhim omil bo’lmoqda.Shu bilan birga , bank amaliyotining xalqaro va 


mahalliy tajribalaridan ma’lumki, tijorat bankining kapitalini oshirish borasida qator 
imkoniyatlar mavjud.Xususan: 
-Markaziy bank tomonidan uzoq muddatli subordinar kreditlarni berish orqali 
banklar kapitalini oshirish bilan birga, respublikamizda monetizatsiya koeffitsentining 
oshishiga va tijorat banklarining real sektorini kreditlashga yo’naltirilayotgan 
mablag’lari hajmining ortishiga olb keladi; 
-banklarning qarz aksiyalarini muomalaga chiqarish orqali ularning kapitallashuv 
darajasini oshirish zarur.Halqaro bank amaliyotida tijorat banklari o’zining uzoq 
muddatli resurslariga bo’lgan talabini qondirishda taminlanmagan obligatsiyalarini 
muomalaga chiqaradi.O’zbekiston tijorat banklari tarkibida muddati jihatdan “uzun” 
mablag’larning mavjud emasligi inobatga oladigan bo’lsak qarz aksiyalarining 
muomalaga chiqarilishi banklar kapitallashuv darajasini oshirishda muhim moliyaviy 
manba bo’lib hisoblanadi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə