Mavzu: Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo’llari


Bank kapitalini tartibga solishning muammolari



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/45
tarix17.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#101022
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   45
Mavzu Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali

Bank kapitalini tartibga solishning muammolari
. Hozirgi paytda bank kapitalini 
tartibga solish o‘tish davrida turibdi deyishimiz mumkin. Albatta, barcha banklar uchun 
kapitalning minimal miqdorini o‘rnatishga asoslangan strategiya, tartibga solish 
organlari uchun boshqaruvning eng oson usuli hisoblanadi. Ammo kapitalning 
adekvatligini ta’minlashning bu oddiy usulida ham yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 
muammolar mavjud. Kapitalning minimal miqdorini o‘rnatish tizimi omonatchilar 
tomonidan depozitlarni ommaviy tarzda qaytarib olish (depozitlarini yo‘qotayotgan 
bank to‘lovga qobil bo‘lishiga qaramasdan) jarayonini tezlashtirishi mumkin. Bu 
qanday amalga oshadi? Mijozlar bankning kapitali (bankning kapitalizatsiya 
darajasining yetarli adekvatligi saqlangan holda ham) belgilangan darajadan kamayishi 
holatiga, depozitlarini likvidatsiya qilish bilan javob berishadi. 
Boshqa muammo, bank faoliyatida alohida bankning kapitalini tavsiflovchi 
ko‘rsatkich haqiqatda nimani anglatishi mijozlar tomonidan to‘liq tushinilmasligidir. 
Masalan, banklar o‘z kapitalining o‘rnatilgan minimal darajasiga ega bo‘lishi ularning 
ishonchliligidan dalolat bermaydi.
Qo‘shimcha
 kapitalni jalb qilinishi masalalari. 
So‘nggi yillarda dunyoning barcha 
banklari rivojlanishnii ta’minlash va omonatchilir riski darajasini kamaytirish uchun 
qo‘shimcha kapitalni jalb qilish masalasiga alohida e’tibor berishmoqda. Qo‘shimcha 
kapitalga bo‘lgan talabning oshishiga bank faoliyatini davlat tomonidan tartibga 
solinishi va raqobat kurashining kuchayishi bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha omillar o‘z 
ta’sirini o‘tkazdi.
Eng asosiy omillardan biri inflyatsiyadir – u bank aktivlari va passivlari miqdorini 
ko‘paytirgan holda xususiy kapital miqdorini kamaytirib yuboradi. Ikkinchi omil 
sifatida iqtisodiyotning barqoror holatda emasligi chiqadi, chunki u bank 
daromadlarining olinmasligi riskini ko‘paytiradi. Harajatlarning (ayniqsa depozitlar 
bo‘yicha foiz to‘lovlarining) oshib borishi bank rivojlanishining bosh manbasi bo‘lgan 
foyda darajasining pasayishiga olib keladi. Shuningdek, energiya manbalari va 
ko‘chmas mulk baholari dinamikasining oshib borishi va qayta tartibga solish 
jarayonidagi holatlar natijasida, kapital bozoridagi ko‘pchilik investorlar banklarni katta 
riskli muassasa deb baholashmoqda.
Bank faoliyatini nazorat qiluvchi va tartibga soluvchi organlar banklardan yangi 
xizmatlarni joriy qilish, yangi filiallarni tashkil etish chog‘ida bank kapitalining 
minimal miqdorini shakllantirishga e’tiborni qaratishni qat’iy talab qilishmoqda. Yuqori 
kapitalizatsiya darajasidagi banklar yangi tarmoqlarga kirib borishmoqda va o‘z ta’siri 
doirasidagi hududlarni kengaytirib borishmoqda. «Kuchsiz» kapitalga ega banklar 
tartibga solishning jiddiy ta’sirini his qilgan holda, o‘z faoliyatida ma’lum 
chegaralanishlarga rioya qilishga majburdirlar. Kapital bo‘yicha tartibga solishning 
zamirida «bank egalari o‘z tavakkali va riski ostida bankga ko‘proq mablag‘ qo‘yadilar, 
bu esa bankrotlik ehtimoli va ortiqcha riskni kamaytiradi» degan tushuncha yotadi. 
Natijada, xususiy kapital bank faoliyatini qanchalik ko‘p miqdorda ta’minlasa, bank 
aksionerlari bank operatsiyalari sifatini nazorat qilishga shunchalik ko‘p e’tibor 
qilishadi. Ammo tartibga solish organlari banklarga chegarasiz talablarni qo‘yisha 
olishmaydi. Kapital hajmiga qo‘yilgan keragidan ortiqcha talablar, iqtisodiy o‘sishni 


ta’minlovchi, banklarning kreditlash imkoniyatlarining kuchsizlantirib qo‘yishi 
mumkin. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə