Mavzu: Jismoniy rivojlanganlik darajasi


Antropometrik tekshirish usullari



Yüklə 161,14 Kb.
səhifə8/12
tarix30.12.2023
ölçüsü161,14 Kb.
#164663
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mavzu Jismoniy rivojlanganlik darajasi

Antropometrik tekshirish usullari
Antropometrik o‘lchashlarning natijalarini maxsus ishlab chiqilgan qoidalar bilan solishtiriladi. Mazkur qoidalar variatsion statistika – hisoblash tamoyillariga asoslangan bo‘ladi.
Antropometrik o‘lchashlar somatostkopiyani to‘ldirib, uning ma’lumotlariga aniqlik kiritadi va tekshiruvchining jismoniy rivojlanganlik darajasini yaqqolroq belgilashga imkon yaratadi.
Qayta-qayta o‘tkazilgan antropometrik o‘lchovlar, jismoniy rivojlanganlikning harakati (dinamikasi) qanday borayotganligini kuzatib, ularni jismoniy tarbiya va sportning muntazam mashg‘ulotlari jarayonida o‘zgarishlarini hisobga olishga sharoit yaratadi.
Antropometrik o‘lchashda quyidagi o‘lchov asboblaridan foydalanadi: tibbiyot tarozisi, bo‘y o‘lchagich–antropometr, santimetrli tasma, qo‘l dinamometri, gavda dinamometri, spirometr, sirkul.
Antropometrik o‘lchamlarning o‘lchov birliklaridan foydalanib, quyidagi gavda o‘lchamlari aniqlanadi:

  1. bo‘y uzunligi - баландлигi (tik turganda, o‘tirgan holatda);

  2. tana vazni – massasi;

  3. yelkalar kengligi diametri;

  4. ko‘krak qafasining ko‘ndalang (frontal) va old-orqa (saggital) diametri;

  5. ko‘krak qafasi aylanasi (tinch holatda, nafas olganda, nafas chiqarganda);

  6. tos kengligi;

  7. qo‘l va oyoq muskul aylanasi.

Shifokor nazoratining amaliyotida jismoniy rivojlanganlikning eng ko‘p qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi:

  1. tana uzunligi – tananing bo‘yi balandligi;

  2. ko‘krak qafasining perimetri;

  3. tananing tarkibiy qismlari.

Antropometrik standartlar usuli yoki o‘rtacha antropometrik ko‘rsatkichlar usuli. Antropometrik standartlar – bu bir qancha bir xil kontingentli (jinsi, yoshi, kasbi, shug‘ullanadigan mashg‘uloti, iqlim sharoitlari bir xil bo‘lgan) odamlar ichida jismoniy rivojlanish belgilarini statistik hisoblab topiladigan o‘rtacha ko‘rsatkichlarga aytiladi. Bu usul bilan tekshiriluvchini standart ko‘rsatkichlarga solishtirib baholanadi.

Yüklə 161,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə