Mavzu: kirish. Termodinamikaning birinchi qonuni. Entalpiya. Termokimyo



Yüklə 330,13 Kb.
səhifə30/52
tarix28.11.2023
ölçüsü330,13 Kb.
#133852
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52
Mavzu kirish. Termodinamikaning birinchi qonuni. Entalpiya. Ter-fayllar.org

Elektrolizning amaliy axamiyati

Kimyoviy ishlab chiqarishda elektroliz katta ahamiyatga ega bo`lib, avvalo faol elementlar – Li, K, Ca, Ba, Na, Mg, Al ni ajratib olish uchun kimyo sanoatida ishlab chiqarish uchun qo`llaniladi. Ular tuzlarini suyuqlanmalarini elektroliz qilib ajratib olinadi.


Shuningdek qimmatbaho metallar - Cu, Ag, Pt, Au, Hg elementlari ham ularning suvda eruvchi tuzlarini elektroliz qilish yo`li bilan ajratib olinadi. Yuqoridagi metallar samolyotsozlik, mashinasozlik, radio- elektrotexnika va hisoblash texnikasi ishlab chiqarishda muhim amiyatga ega.
Ko`pchilik hollarda suvni parchalab, vodorod va kislorod olish mumkin. Biroq bu usul vodorod va kislorod olishning boshqa usullariga qaraganda iqtisodiy jihatdan ancha qimmatga tushishini unutmaslik kerak. Odatda vodorod metanni parchalab, kislorod va havoni juda past haroratda sovutib so`ngra uni fraksiyalarga ajratish yo`li bilan olinadi.
Elektrolizdan galvonoplastik usullar bilan bosmaxona qoliplari tayyorlashda metallar sirtlarini qimmatbaho metallar bilan koplashda (Au, Ag) elektrolizdan foydalaniladi.
Elektrolizdan kimyoviy toza metallar olishda metallarni rafinasiyalashda keng foydalaniladi. Bunda tozalanishi lozim bo`lgan metall anod elektrod sifatida qo`yiladi. Katod sifatida ko`mir tayoqcha ishlatiladi. Bu o`rinda shuni aytish kerakki:

Elektroliz jarayonida erib ketmaydigan elektrodlar inert – indeferent elektrod deb ataladi.



Elektroliz jarayonida erib, elektrolizda qatnashuvchi elektrodlar - aktiv elektrodlar deb ataladi.
Demak, metallarni rafinasiyalashda – tozalanishi lozim bo`lgan metall aktiv elektrod vazifasini o`ynaydi.
Masalan: nikelni uning tarkibidagi boshqa metallardan ajratish uchun «ifloslangan» nikel aktiv elektrod sifatida olinsa va bu elektrodlar nikel tuziga tushirilsa:
katodda: Ni - 2 e-Ni
anodda: Ni - 2 e-  Ni
Eritmadagi nikel ionlarining konsentrasiyasi o`zgarmay qoladi.


Yüklə 330,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə