Pedagogning maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlarni tarbiyalashning amaliy axamiyati va ijtimoiy zaruriyati



Yüklə 213,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix17.12.2023
ölçüsü213,33 Kb.
#149819
  1   2
pedagogning-maktabgacha-yoshdagi-bolalarda-jismoniy-sifatlarni-tarbiyalashning-amaliy-axamiyati-va-ijtimoiy-zaruriyati



Pedagogning maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy 
sifatlarni tarbiyalashning amaliy axamiyati va ijtimoiy 
zaruriyati 
 
Soxiba Xamidovna Achilova 
Qo’qon davlat pedagogika instituti 
 
Annotatsiya:
Hozirgi davrda maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy sifatlarni 
tarbiyalash uchun tarbiyachilar o‘z faoliyati davomida quyudagi tamoyillarga 
asoslanishi zarur: bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash maqsadiga qaratilganligi, 
jismoniy sifatlarni ttarbiyalash jarayoniga yaxlit, majmuaviy va texnologik yondashuv, 
bolalarni jismoniy sifatlarni tarbiyalashda integratsion yondashuvning muntazamliligi 
davomiyligi va tasirchanligiga erisha olishi lozim.
Kalit so’zlar
: axloqiy sifatlar, ijtimoiy siyosaiy jarayonlar, ta’lim-tarbiya 
jarayonlari, individual xususiytlar, o’yin, xissiy irodaviy sifatlar, pedagogic maxorat, 
salomatlik, barkamol avlod 
The practical significance and social necessity of education of 
physical qualities in pre-school children 
Sokhiba Khamidovna Achilova 
Kokand State Pedagogical Institute 
Abstract:
In order to educate preschool children in physical qualities, educators 
should be based on the following principles during their activities: focus on the goal of 
spiritual and moral education of children, a holistic, complex and technological 
approach to the process of educating physical qualities, regularity of an integrated 
approach in educating children's physical qualities should be able to achieve duration 
and effectiveness. 
Keywords:
moral qualities, socio-political processes, educational processes, 
individual characteristics, play, emotional volitional qualities, pedagogical skills, 
health, mature generation 
Kirish
O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharofati bilan barcha sohalarda har 
tomonlama yuksalish yuz berayotgani, tub ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy o‘zgarishlar, 
umuminsoniy qadriyatlar tizimida yangilanish, insonning barcha shaxsiy ehtiyojlari, 
talablari va manfaatlari birinchi o‘ringa ko‘tarilayotgani, ayniqsa o‘sib kelayotgan 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
963


yosh avlodning ma’naviy-axloqiy va jismoniy imkoniyatlari yanada oshayotgani 
bugungi kunda sir emas. Bu esa yoshlarning rivojlamngan davlatlar ta’lim tizimida 
erishgan yutuqlaridan foydalangan xolda o’z ta’lim tizimimizda o’zgarishlar qilishga 
undamoqda. Shu munosabat bilan yangi insonni tarbiyalashning murakkab va ko‘p 
qirrali muammosining muhim yo‘nalishi har bir kishida o‘z sog‘lig‘i to‘g‘risida o‘zi 
qayg‘urish madaniyatini singdirishdir Yosh avlod tarbiyasidagi muammolarga bo‘lgan 
e’tibor Buyuk Britaniya - The Early Years Foundation Stage - EYFS dasturi, 
Germaniya - Hans-Diyeter Schmidt, Sabine Naumann, Heidi Colberg - Schrader 
dasturi ni alohida qayd etish lozim. Mazkur tadqiqotlar orqali bolalarnin jismoniy 
sifatlarini rivojlantirish va zamonaviy yondashuvlar orqali yuqori natijalarga erishish 
maqsad qilinmoqda. Bu kabi joxonning ilmiy asoslangan o’quv dasturlaridan 
foydalanish va bolaning xar bir yosh davridagi rivojlanishiga aloxida etibor qaratish 
lozim.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida ham bolalar faoliyatida 
kuzatiladigan turli ijobiy va salbiy o‘zgarishlarni diagnostika qilish, korreksion ishlarni 
amalga oshirish “Ilk qadam” dasturi asosida bosqichma-bosqich olib borish [4], 
ijtimoiy institutlar hamkorligini mustahkamlash va bolalarning jismoniy sifatlarini 
rivojlantirish,saqlab qolish va mustahkamlashning pedagogik shart-sharoitlarini 
takomillashtirish maqsadida amaliy faoliyatlar ham amalga oshirilmoqda.
ADABIYOTLAR TAXLILI
Amalga oshiradigan faoliyatlarimizni olimlarning pdagogik qarashlari va 
tavsiyalari asosida amalga oshirishimiz natijalarni ishonchli va samarali bo’lishiga asos 
boladi. SH.A.Amonashvilining qarashlarida “Pedagogning shaxsiy sifatlari, ya’ni 
bolalarga muhabbat, ularni tushuna olish qobiliyati, optimist bo‘lish va tarbiyaning 
ta’sir kuchiga ega ekanligiga ishonishdan iborat bo‘ladi. Pedagogdagi mavjud sifatlar, 
tabassum qilish, qat’iyatli bo‘lish, jiddiylik, aqllilik, muloqotchanlik, samimiylik va 
hayotni sevishi hammaga yoqish” kabi tushunchalar orqali pedagog ta’lim-tarbiya 
samarasiga erisha olishi bilan izohlanadi [33; 3]. Bundan tashqari “Inson salomatligi 
haqida g‘amxo‘rlik, ayniqsa bola salo- matligi haqida g‘amxo‘rlik, - deb yozgan edi 
V.A. Suxomlinskiy, - bu faqatgina sanitariya-gigiyena me’yor va qoidalari kompleksi, 
tartib, ovqatlanish, mehnat qilish, dam olishga qo‘yiladigan talablar yig‘indisigina 
emas. Bu avvalo, barcha jismoniy va ma’naviy kuchlarning garmonik to‘kisligi 
haqidagi g‘amxo‘rlikdir va garmoniyaning gulchambari - ijod zavqi, quvonchi 
hisoblanadi” kabi qarashlarni ham uchratamiz. Demoak xar bir darvrning o’ziga xos 
ta’lim tizimi joriy etilganligiga qaramay birinchi navbatda sog’lom turmush tarsi 
salomatlik va bolaning jirmoniy mashgulotlarga bo’lgan talabi turadi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki bolani xar bir davrdagi rivojlanishi unga tasir 
euvchi turli tasirlar masalan jismoniy mashg’ulotlar didaktik vositalar va pedagoglar 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
964


tomonidan bolalarni jismoiy rivojlanishlari uchun tashkil etilayotgan interaktiv 
texnologiylar ham ahamiyatli xisoblanadi. Fiziolog olim N.I.Krosnagorskiy fikricha: 
“Kattalarning namuna bo‘lishi, atrof-muhit va butun sharoit oliy asab tizimining 
rivojlanishida muhim omillar sanaladi. Norozilik, hayajonli, janjalli vaziyatda bolalar 
injiqliklarining turli shakllari kelib chiqadi, bolaga har tomonlama vazmin muomala 
qilish esa qat’iy, tugallangan xarakter shakllanishining yaxshigina vositasidir”. Biz 
bolaga tasir etayotgan kichik detallarni ham unutmagan holda yondashuvlanrni amalga 
oshira olishimiz lozim. Bolada shakilanishi kerak bo’lgan xususiyatlarni turli usullar 
va vositalar orqali yetkiza olishimiz lozim. Mashg’ulotlar davomida bola jismoniy 
tarbiya bilan shug’ullanibgina qolmay o’zida rejimga rioya qilish, jismoniy tarbiya 
mashqlari bilan har kuni shug‘ullanish ehtiyojini hosil qilish bu mashqlar bilan ta’lim 
muassasalarida va oilada mustaqil shug‘ullanish malakalarini rivojlantirish, ularni o‘z 
tengdoshlari va kichik yoshdagi bolalar bilan o‘tkazish ko’nikmalarini ham 
shakilantiradi. Bolalarda sport mashg‘ulotlariga muhabbat, ularning natijalariga, 
sportchilar ning yutuqlariga qiziqish tuyg’ularini shakilanishiga yordam beradi. 
Mashqlarni bajarish jarayonida bolalar o’z xarakterlarining ijobiy xususiyatlarini
uyushganlik, intizomlilik, kamtarlik, ko‘ngil- chanlik va axloqiy fazilatlarini, halollik, 
haqqoniylik, o‘rtoqlik hissi, o‘zaro yordam, jamoada shug‘ullanish malakasi, jismoniy 
inventarni ehtiyot qilish, topshiriqni mas’uliyat bilan bajarish ko’nikmalariga ham ega 
bo’ladilar.
TAXLILLAR VA NATIJALAR 
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari jarayonida bolalarning tipologik xususiyatlariga 
individual tartibda yondashish pedaagogdan maxoratni talab qiladi. Pedagog kutulgan 
natijani olish uchun esa optimal sharoit, chiniqish, faol harakat faoliyati, bolaning 
emotsional ijobiy holatini va amalga oshirish jarayonidagi aniq maqsad hisobga 
olinishi lozim.
O‘yin jarayonida bolalarda asta-sekin xayol rivojlanadi, o‘zlarini quyoncha va 
qushchalar deb his qiladigan bolalarning o‘yin harakatlari bilan mustahkamlanadigan 
tasavvuri aniqlashadi va bu quvonchli emotsiyalar bilan kechadi. Bularning barchasi 
keyingi kichik guruhlarida ijodiy imkoniyatlarni rivojlantirish uchun asos bo‘lib 
xizmat qiladi. “Maktabgacha yoshdagi bola emotsiyalarining rivojlanishi uning 
ehtiyojlariga muvofiq faoliyatni tashkil etish bilan bog‘liqdir. Bola uchun muhim 
hisoblangan faoliyat faqat uni o‘zlashtirishnigina emas, balki unga nisbatan emotsional 
kechinmalarda namoyon bo‘ladigan munosabatni shakllantirishni ham shart qilib 
qo‘yadi. Metodlarni tanlash tarbiyachi oldidagi vazifalar, o‘quv tarbiyaviy ishlarning 
mazmuni, shuningdek, bolalarning yosh va individual xususiyatlariga bog‘liqdir. 
Shunday qilib, tarbiyachi hissiy idrok va harakat sezgilarining yorqinligini 
ta’minlovchi ko‘rgazmali metodlardan foydalanadi.
Maslan:
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
965


-
olti yoshli bolalarning fiziologik, psixologik jixatdan o’qishga, maktabga 
tayyorgarligi, asosan, nimalarda namoyon buladi?
6 yoshli bola yoshligidan harakatlarga o’rgangan, shuning uchun xam u uncha 
katta bo’lmagan xarakat tajribasiga ega bo’ladi. Yana shu narsa ma’lumki, 6-7 yoshli 
bolalarning umumiy jismoniy rivojlanishi garmonik ravishda ro’y bera boshlaydi. 
Ularda tayanch harakat, yurakqon tomir, nafas olish, ichki sekretsiya bezlari jadal 
rivojlanadi. Shuning uchun maktabga tayyorlov guruxiga quyidagi vazifalar qo’yi- 
ladi: yil davomida bolalarning yurish va yugurish ko’nikmalarini takomillashtiruvchi 
mashg’ulotlar asosiy mshg’ulot turiga aylanadi.
Yuqoridagi kabi xar bir yosh davrining eng muhum tomonlarini ajratib olgan 
xolda pedagog maktabgacha talim muassasalarida tarbiyalanayotgan bollarga o’quv va 
jismoniy mashg’ulotlarni tuzub chiqishi va aniq maqsadni belgilab olishi lozim. Bu esa 
uning kelajakdagi amaliy faoliyatiga qulayliklarni taqdim etadi.
Xulasa
Xulosa o’rnida shuni malum qilamizki maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy 
tarbiyalash nazariyasi jismoniy tarbiyaning umumiy nazariyasi bilan yagona 
mazmunga va o‘rganish predmetiga ega, ayni paytda u 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar 
jismoniy tarbiyasi qonuniyatlarini va shunga muvofiq bolaning ta’lim va tarbiya 
jarayonidagi rivojlanishini boshqarishning umumiy qonuniyatlarini maxsus o‘rganadi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy sifatlarini tarbiyalash jarayonida “Guruhlar 
ishi”, “Kimning xarakati top”, “Rolli o‘yin”, “Ishchanlik o‘yinlari”, “Boira bo‘ylab”, 
“Juftliklar ishi”, Suhbat”, “Olti o‘yinchi”, “Galereya bo‘ylab sayohat”, “Samolyotlar”, 
„Juftingni top“ kabi interfaol metodlardan foydalanish va qo‘llash muammolariga oid 
taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Interfaol metodlar asosida jismoniy 
mashg‘ulotlarni najarish orqali biz bollarda turli faoliayt ko’nikmalarni tarbiyalashimiz 
va xarakter xususiyatlarda shakillanishi erishishimiz mumkin.

Yüklə 213,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə