Mavzu: Kompozitor Hadim Norxo’jayev ijodida bolalar musiqasi


 Nadim Norxo’jayevning bolalar qo’shiqlari tahlili



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix27.12.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#163081
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mavzu Kompozitor Hadim Norxo’jayev ijodida bolalar musiqasi

2.2. Nadim Norxo’jayevning bolalar qo’shiqlari tahlili 
N.Norxo’jayev bolalar uchun 100 ga yaqin qo’shiqlar yaratgan. Shulardan 
40dan ziyod qo’shiqlari 1-7 sinf darsliklariga kiritilgan.Bolalarga qo’shiqlarni 
o’rgatish uchun avallo, qo’shiqni ijro etib ko’rsatish orqali ularni qo’shiq bilan 
tanishtirish zarur. O’qituvchi darslarga tayyorlanar ekan, birinchi navbatda o’zi 
qo’shiqni tahlil qilib o’rganishi, cholg’uga chalib jo’r bolish ko’nikmalarini 
mustahkamlash, bolalar ovozini kuylashga tayyorlash uchun nafas, to’g’ri 
intonatsiya, tovush hosil qilish, talaffuz va boshqa kuylash qoidalariga mos 
mashqlar kuylashni ta’minlashi kerak. Quyida kompozitorning ilk yaratgan 
qo’shiqlaridan biri “Hakkalar” qo’shig’I tahlilini keltiramiz. Bu qo’shiqning 
matni(sheri)ni N.Orifjonov yozgan.Qo’shiq Allegretto ( o’rta tez) sur’at (temp) da 
ijro etiladi. U 4 takt cholg’u muqaddima bilan boshlanadi. Qo’shiqning o’lchovi
2/4- ikki hissa (kuchli va kuchsiz) hissalardan iborat. Uning tonalligini aniqlash 
uchun, kalit yonidagi alpiratsiya belgilari, kuyning boshlanishi va tugash tovush 
(notalarini) aniqlaymiz. Kalit yonidagi fa diyoz va do diyoz belgilari hamda kuy 
tonikasi re dan boshlanib, re notasiga tugashi re major (ioniyladi) janligidan dalolat 
beradi. 
Qo’shiq fortepiano jo’rligi bilan ijro etilishi nazarda tutilgan. Uning 
boshlanishidagi 4 takt cholg’u muqaddima uchunchi va to’rtinchi jumlalar ohangiga 
o’xshaydi. Qo’shiq ohangi 16 takt (2 davriya)ni tashkil etadi. Unda asosan to’rt 
band bo’lib, oxirgi 5-band birinchi bandni takrorlaydi. Qo’shiqdagi fortepiano 
jo’rligini hisobga olmaganda, kuylash diapazoni re birinchi va do ikkinchi oktava 
oralig’I ya’ni katta seksta intevalini tashkil etadi. 
Qo’shiqda ikkinchi band (kuplet)ning birinchi va ikkinchi jumlalaridan tashqari 
barcha jumlalar repriza belgisiasosida takrorladi. Qo’shiqning boshidagi 4 taktli 
cholg’u muqaddima uning oxirida ham yangraydi. Uning bolalar ijrosi 
imkoniyatlariga to’g’ri kelishini ko’rib chiqadigan bo’lsak, diapazoni bolalarning 


24 
qulay (primar) ovoz zonasiga to’g’ri keladi. Jumlalarning kuy ohangida ishlatilgan 
choraktalik, 8 talik va 16 talik notalar ham xilma-xil bo’lib, bolalarning kuylashga 
rag’batlantiradi. Ohangdagi kuy tuzulishi mantiqi ham ohangsozlik (kompozitsion) 
qoidalarga juda mos keladi. 
Qo’shiqda mavzuga asosan g’oyaviy mazmun mujassam bo’lib, jumlalar 
odatdagidek 2-3 so’zdan iborat. Ularni kuylash uchun unchalik chuqur emas 
o’rtacha, yengilroq nafas olish kerak. Sher matnida Hakkalarning shoxdan shoga 
qo’nib, qag’illab (chig’ir chig’irlab) nimanidir izlashlari, daraxtlarning uchidagi 
uyalardan polaponlari onalaridan najot kutib boqishlari, ularni boqish onalarning 
farzi ekanligi, hakkalar yengiltaklik qilmasdan bolalarini parvarish qilishlari 
kerakligi haqida gapiriladi. Tabiat, hayvonlar va qushlar haqidagi qo’shiqlar 
bolalarga yoqadi. Bundan tashqari kuylash uchun qulay bo’lgan yoqimli ohang bilan 
uyg’unlashgan sher matni qo’shiqning bolalar orasida katta muvofaqiyat
qozonishiga sabab bo’lgan. 


25 
Qo’shiq tezroq, o’ynoqi suratda ijro etiladi. Tonalligi re major (ioniy)lariga
to’g’ri keladi. Kuy ohangi nota yozuvida kalit oldi fa diyez va do diyoz notalari, 
qo’shiqning tonikasi re notasida tugashi buni tasdiqlaydi. Qo’shiqning o’lchovi 2/4, 
kuylash diapazoni re dan si gacha, katta seksta intervali oralig’ini tashkil etadi. 
Qo’shiq 3 band va naqarotdan iborat bo’lib, 10 taktdan iborat ohang bilan aytiladi. 
Unda salom bergan bolalarning yaxshi axloq va odobli ekanligi, ular darslarni ham 
yaxshi o’qishlari, hamma joylarda ham bu o’quvchilar yaxshi odamlarga ergashib 
yurishlari haqida kuylanadi. 


26 
 


27 
Qo’shiq tez, sho’x suratda ijro etiladi. Uning olchovi 2/4, kalit yonida fa diyez 
belgisi qo’yilgan, sol notasidan boshlanib sol yana tonikasida tamom bo’ladi. Bu sol 
major(ioniyladi) ning belgisi hisoblanadi. Qo’shiq 4band (kupletdan) iborat bo’lib, 
32 takt nota yozuviga joylashtirilgan. Har bir jumlaning oxirida uzun cho’ziladigan 
nota va pauzalar bor. Ohan diapazoni re- do
2
oktavalar orasida bo’lib, kichik seksta 
(5tan) ni tashkiul etadi. 
Qo’shioqda do’ppi kiygan bolaning yo’llari yorug’, yorug’, mehr to’la yuragi 
xalqiga yaqin ekanligi, odobli bolaning boshiga baxt qushini Ya’ni milliy kiyimlarni 
g’urur bilan kiyishlariga milliy urf-odatlarni hurmat qilishlari haqida kuylanadi. 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə