Mavzu: Kompozitor Hadim Norxo’jayev ijodida bolalar musiqasi


Kompozitor Avaz Mansurovning asarlari tahlili



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix27.12.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#163081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mavzu Kompozitor Hadim Norxo’jayev ijodida bolalar musiqasi

1.2.Kompozitor Avaz Mansurovning asarlari tahlili 


12 
Bu asar 4/4 murakkab o‘lchovda yozilgan, unda ikkita kuchli hissa mavjud. 
Asarning tempi quvnoq, 
fa
major tonalligida yozilgan bo‘lib, dominantadan 
boshlanib tonikaga tugagan. Asarning diapazoni nona intervali oralig‘ida 
yozilgan. 


13 
Bu asar 4/4 murakkab o‘lchovda yozilgan, unda ikkita kuchli hissa mavjud. 
Asarning tempi Allegro ya’ne tez,
re
major tonalligida yozilgan bo‘lib,
re
dan 
boshlanib re ga tugagan. Asarning diapazoni oktava intervali oralig‘ida yozilgan. 
 
 
 
 


14 
 
 
 
 
Bu asar 4/4 murakkab o‘lchovda yozilgan, unda ikkita kuchli hissa mavjud. 
Asarning tempi quvnoq,
do
major tonalligida yozilgan bo‘lib,
do
dan boshlanib 
do ga tugagan. Asarning diapazoni septima intervali oralig‘ida yozilgan. 


15 
II
-
BOB. NADIM NORXO’JAYEV BOLALAR KOMPOZITORI 
2.1. Nadim Norxo’jayevning hayoti va ijodi haqida 
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat 
xodimi, O’zbekiston dablat konservatorriyasi 
professori, kompozitori Nadim Norxo’jayevning
O’zbekiston Bastakor uyushmasi safiga 1978 
yili qabul qilindi. U o’zining jozibali musiqiy 
asarlari. Ayniqsa, estrada va bolalar uchun 
yaratgan qo’shiqlari bilan el-yurt hurmatiga 
sazavor bo’ldi.Norxo’jayev Nadim qodirovich
Toshkentda. 1947 yilning 24 dekabrida ziyoli 
oilada dunyoga keldi. Nadimning ota-onalari o’g’illarini musiqaga qiziqishini sezib
umumta’lim maktabining 5-sinfidan R.Glier nomidagi maxsus musiqa maktab 
internatiga berdilar va bu yerda tanbur chalishni o’rgana boshladi. Nadimning 
musiqa nazariyasi va bastakorlikka qiziqishi qobilyatini inobatga olgan holda 1963 
yili Hamza nomidagi musiqa bilim yurtiga o’tkazishadi. Mashhur kompazitor 
R.Vildanovdan musiqa sirlarini o’gandi va 1967 yilda sinfonik orkestr uchun 
bastalagan “Syuita” si bilan a’lo baholarga o’qishni bitiradi.O’sha yili Toshkent 
davlat konservatoriyasining kompozitorlik fakul’tetiga o’qishga kiradi. Bu oliy 
dargohda 
N. 
Norxo’jayev 
kompozitorlik 
mutaxassisligidan 
G.Mushel, 
cholg’ulashyirishdan A.Kozlovekiydan saboq oldi.
1972 yili N.Norxo’jayev imtiyozli diplom bilan konservatoriyani bitirdi va
Bekobod musiqa bilim yurtiga ishga yo’llanma oldi. Harbiy xizmatni o’tab yurgan 
davrda N.Norxo’jayev vokal- cholg’u estrada ansamblini tashkil qilib, konsertlar 
bera boshladi. Ansamblining repetuari uchun yosh kompozitor qo’shiqlar yaratdi. 
Uning faoliyatida qo’shiq janriga ko’proq ahamiyat berilishining sababi shu 
bo’lsa kerak. Kompozitor N.Norxo’jayev mehnat faoliyatini talabalik davridan 
boshladi. U 1968-1972 yillarda bolalar musiqa maktabida. 1972-1975 yillari 
Bekobod musiqa bilim yurtida, armiya safidan qaytganidan so’ng , yana musiqa


16 
maktabida o’qituvchi va o’quv bo’limi mudiri bo’lib ishladi 1975- 1976 yillarda 
“Melodiya” firmasining ovoz yozish studiyasida bosh muharrir vazifasida
ishladi. 1976-1994 yillarda A.Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyati 
institutining Portitura o’qish va cholg’ulashtirish rafedrasida o’qituvchi, katta 
o’qituvchi 1993 yildan dosent, ayni paytda 1996-1998 yillarda Yu. Rajabiy 
nomidagi Toshkent pedagogika bilim yurtida o’qituvchi. 1998yildan buyon davlat 
konservatoriyasi estrada ijrochilik kafedrasi mudiri,2003 yildan professor 
lavozimida ishlab kelmoqda. 
N.Norxo’jayev talabalik chog’ida fortepiano uchun 3ta p’esa, 4 ta prelyudiya,
2 ta variasiya, sonatina, “Luqmalar” nomli miniatyuralar turkumi, so’zsiz qo’shiq, 
fortepiana uchun 2ta sonatina, skripka va fortepiano uchun p’esa, torli kvartet,
fortepiano va simfonik opkestr uchun “Konsertino”, 4qismli simfonik syuita, 1 
qismli simfoniya va bir necha qo’shiqlar yaratdi. “Konsertino” 1970 yili “Bahor” 
konsert zalida ijro etilib, olqishlarga sazovor bo’ldi. Fortepiano uchun yozgan 2ta 
prelyudiya, so’zsiz qo’shiq va 8ta miniatyuralari 1977 yilda “Milodiya” firmasida
plastinka yozildi. “P’esa”ning notasi esa 1974 yili chop etildi. N.Norxo’jayevning 
ijodida ijodida qo’shiq ustuvor ahamiyat kasb etadi. U zamondosh shoirlar bilan 
hamkorlikda.Turli mavzularda. 100dan estrada va bog’cha bolalari va maktab
o’quvchilariga qo’shiqlar yaratdi. Yosh bastakorning bolalar uchun 1975 yilda 
yozgan “Hakkalar” N. Orifjonov so’zi 
Ilk estrada qo’shig’i endigina tashkil topgan “Paxtaoy” nomli bolalar estirada 
vokal cholg’u ansambli ijrosida mashhur bo’lib ketdi. Bundan ilhomlangan
kompozitor bolalar va o’spirinlar uchun qo’plab qo’shiqlar yaratdi. Jumladan
“Yaxshi bola”, “Oltin paxtam”, “opog’im”, “Salom bergan bolalar”, “Gullar manim 
kulgan”, “Bog’cha opa, bo’lmang xafa”. “Kitob qo’limda”, “Bobo xo’roz”, “ Xumo 
qushi”, “Varragim”, “Olmalar” yaratgan . 
O’zbekiston geleradiokompaniyasi qoshidagi “Bulbulcha” va bolalar xori 
uchun ham ko’pgina qo’shiq yaratib berdi. Ular orasida: “Eng maza, eh maza”, 
“Yod olamiz, shodlanamiz”, “O’ynasang-chi, tipratikan” (P. Mo’min so’z), jo’rsiz
xor uchun 7 qisimli, shoir A. Muxtor so’ziga bolalar xori uchun “Hafta” kantatasi; 


17 
shoir E. Vohidovning so’ziga “Daraxtlar suhbati” xor syuitasi yoki o’zbek xalq 
qo’shiqlarini xor syuitasi yoki o’zbek xalq qo’shiqlarini xor uchun qayta
ishlagan: “Pashsha g’ing-g’ing”, “Bozor bayrami”, “ Osmondagi oy”, “Chori 
chambar”, “Kovushim”, “Boshginam og’riydi”, “Osmondagi oy”, “”Chuchvara 
qiynaydi, 1993 yilda P. Tolib so’ziga kichkintoylar uchun yozgan to’plamga 
qo’yidagi qo’shiqlarni xor uchun yozilgan to’plamga quyidagi qo’shiqlar 
kiritilgan: “Halima va Salima ”, “Birinchi qor”, “Toshboqa”, “Shalola”, “Qiichim”, 
“Shamoljon”, “Dangasa”, “Soat qo’shig’i” Bularning hammasi bolalarni ma’naviy 
– estetik tarbiyalashda muhim rol o’ynamoqda.
Shuni aytish joizki, Nadim Norxo’jayev zamonaviy estrada qo’shiqchiligiga 
katta e’tibor berib kelmoqda. U estrada xonandalari va turli vokal –cholg’u
estrada ansanbllariga rang-barang, jozibali qo’shiq va cholg’u kuylar yaratib, 
ularning repeptuarlarini boyitishga ko’maklashmoqda. Masalan, uning “Dilda bahor 
” (M.Qopiev so’zi), “Seni zor etgandim” (M.Mirzaev so’zi), “Chavandoz bir yig’it 
bor ” (S Qo’qonboev so’zi), “Yor yo’li ”, (S.Zunnunova so’zi), “Sening bor” kabi
qo’shiqlari respublikamizda taniqli ijrochilar prepertuaridan joy olib radio oltin
fondida o’rin olganlar. Estrada qo’shiqchiligini rivojlantirishda qo’shgan hissasi 
uchun 1981 yili O’zbekiston Yoshlar mukofoti bilan taqdirlangan. Uning 
qo’shiqlari “O’zbekiston - Vatanim manim” respublikasi tanlovlarida sovrinli 
o’rinlarni oldi. 
N. Norxo’jaev ijodida turli janrlarda bastalagan yirik shakldagi musiqiy 
asarlar ham mavjud. Ular orasida: “Simfonietta” (1979y), simfonik orkestr uchun
2ta uvertyura (1978,1984y.), kamer simfonik orkestr uchun “ Miniaturalar” 
(1977y.), fortepiano va simfonik orkestr uchun “Konsertino”, (1984.), simfonik 
orkestr uchun “ Shodiyena ” uvertyurasi, kamer simfonik orkestr uchun 3 ta p’esa 
(1982y.), “Vatan yoshlari ” poetoriya. O’zbek xalq cholg’u orkesti uchun : “Bolalar 
syuitasi” (1988y.), “Rondo”(1981), Estrada –simfonik orkestri uchun : “Navro’zi 
olam” syutasi (1995), Respublika yosh tomoshabinlar teatri uchun “Jo’jalarim”, 
“Ajoyib urug‘” spaktakllariga musiqa bastalash.


18 
N. Norxo’jayeva O’zbekiston Bastakorlar uyushmasida qo’shiq sho’’basi raisi, 
respublikamizda o’tkazilayotgan turli ko’rik tanlovlarda jyuri hayatlarida faol 
qatnashib kelmoqda. U respublika “ Ofarin -2000” ko’rik –tanlovining sovrindori. 
1999 yili u “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyati xodimi” faxriy unvoni
bilan taqdirlangan.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə