Mavzu: Kompozitor Hadim Norxo’jayev ijodida bolalar musiqasi



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix27.12.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#163081
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mavzu Kompozitor Hadim Norxo’jayev ijodida bolalar musiqasi

 
 
 


28 
Qo’shiq sekinroq (moderato) kuygan suratda ijro etiladi. O’lchovi 2/4 , tonalligi 
mi minor (eoliy) ladi hisoblanadi. Kalit yonida Fa diyez belgisi sol major yoki mi 
minorga ishoradir. Kuyning mi notasiga tugashiga ko’ra mi tonika bo’lib 
hisoblanadi. Ohan hajmi kichik , 8 taktni tashkil etadi. Har bir jumla 2 takt ohang 
bilan aytiladi. Kuy si-kvitadan boshlanib, umumiy diapazoni mi birinchi aktavadan 
re ikkinchi aktavagacha qo’shiqda go’zal, serviqor qo’sh-kaklik haqida erkalatish 
asosida kuylanadi.
 
 


29 
Qo’shiq, marsh xarakterida, tantanavor ijro etiladi. O’lchovi 4/
4
yoki bir oz tezroq 
ijro S harfi bilan belgilangan. Boshlanishida takt oldi choraktalik nota bilan 5 takt 
cholg’u muqaddima bor. Ohang hajmi 20takt. 
Ikki band naqoratni tashkil etadi. Tonalligi re major ( eoliy) ladiga to’gri keladi. 
Har bior jumla bir takt ohang bilan aytiladi. Umumiy kuylash diapazoni re
1
- re
2
ya’ni bir aktava 6ton. 
Qo’shiqda askarlarning vatan posbonlari ekanligi, tinchlik yo’lida qalqon 
ekanligi, saf tortib bir ikki uch deyishlari haqida kuylanadi. 
 
 
Qo’shiq o’rtacha sur’atda yozilgan. O’lchovi murakkab 4/4, Re major
tonalligiga yozilgan. Kalit oldida ikkita diyezi bor fa diyez, do diyez belgisi 
turibdi. Diapazoni re
1
-
si
1
seksta intervali (4,5 ton) ohang hajmi 10 takt. Qo’shiq 
matni 2band va 1band naqaoratni tashkil etadi. 


30 
2. Kompozitor qo’shiqlarining tafsifi (“Keng Turkiston” qo’shig’i misolida) 
O’zbek xalq ijodi musiqasi o’ziga xos ko’rinishiga egadir. O’zbek madaniyati 
asosini qushiq tashkil qiladi. U bir ovozli, diapazoni keng bo’lmagan va boy 
usuldan iborat asar sanaladi. 
O’zbek musiqasida tuzilishida, xarakteri bilan bir biridan ajralib turadigan har-
xil turdagi qo’shiqlar mavjud va ular boshqa xalq qo’shiqlaridan farq qiladi. Asosan 
serqirrali va go’zal tematikasi bilan ajratib turadi.
Bugungi davrimiz milliy qadriyatlarimizning qayta tiklanish jarayoni madaniy 
merosimizni, ko’p asrlar davomida shakllangan badiiy merosimizni, ananalarimizni 
har tamonlama o’rganishni taqazo etadi. Xalqimizning bebaho ma’naviy mulki 
bo’lgan milliy kuy- qo’shiqlarimiz muhim va qimmatli manbalardan biri , ularni 
keng miqiyosida tadqiq etish masalasi hozirgi vaqtda alohida ahamiyat kasb etadi.
Xususan, qo’shiqchiligimiz san’atining buyuk ijodkorlari tarixini har tamonlama 
o’rganish va bu borada chuqur izlanishlar qilib, zalqimizga yetkazish uchun keng 
imkoniyatlar ochildi.


31 
Albatta, xalq musiqa ijodiyoti va adabiyoti fanining yoritilishi lozim bo’lgan 
jabxalari bugungi kunda juda keng miqiyosli. U juda ko’p yo’nalishlarda yo’lga 
qo’yilgan bo’lib, shu bilan birga hali o’zining muhim tadqiqotlarini kutmoqda. 
Yo’lga qo’yilgan deganimizda, o’rta maktab, musiqa maktab, bolalar musiqiy 
to’garaklari va bolalar bog’chalari uchun musiqa darsliklari, o’quv qo’llanmalar 
ko’plab bosib nashrdan chiqarilmoqdakim, bular biz va yosh avlodni yuqorida aytib 
o’tilgan ma’naviy go’zallik va boyliklardan baxramand etish istagida yozilgan.
Bunday adabiyotlar, darsliklarning ayrimlarida xalqimizning turmush tarzi 
mehnat faoliyati turli bayram va marsimlari bilan bog’liq qo’shiqlari, milliy 
cholg’ulari haqidagi ma’lumotlar anchagina bo’lib, ular bilan tanishishingiz noyob, 
quvnoq, go’zal, ajoyib kuy-qo’shiqlarni tinglash bilan birga ijro etishimiz mumkin.
Shu bilan birga o’zbekiston bastakori va kompazitorlarining biz yosh avlod vakillari 
uchun ijod etgan qo’shiqlari bilan tanioshamiz.
Diyorimizdagi ko’pgina kampazitor va bastakorlar mehnat qo’shiqlari, marosim 
qo’shiqlari mavzularidan tashqari Vatanimizning o’ziga xos tomonlarini ta’riflab, 
uning xalqi-bag’ri kengligini, go’zal qadimiy shaharlarini mehnat sevarligi haqida 
fikr yuritmagan fidokor, xalqsevar, musiqashunos inson bo’lmasa kerak . Albatta, 
shunday insonlardan biri Nadim Norxo’jayevdir. Har tomonlama istedodli, etiqodli, 
iqdidorli Nadim Norxo’jayev toshkentga 1947-yil 24-dekabrda ziyoli oilada 
dunyoga keladi. Nadimning ota-onalari o’g’illarining musiqaga qizi9qishini sezib, 
umumtalim maktabining 5-sinfidan R.Glier nomidagi maxsus musiqa maktabiga 


32 
berdilar, va bu yerda tambur chalishni o’rgana boshladi. Nadimning musiqa 
nazariyasi va bastakorlikga qiziqishi qobilayatini inobatga olgan holda 1963-yili 
Hamza nomidagi musiqa bilim yurtiga o’tkazishadi. Mash’hur kampazitor 
R.Vildanovdan musiqa sirlarini o’rganadi, va 1967-yili simfonik arkestor uchun 
bastalangan “Syuita”si bilan a’lo baholarga o’qishni bitiradi. O’sha yili TDK sining 
kompazitorlik fakultetida o’qishga kirdi. Bu oily dargohda N.Norxo’jayev 
kompazitorlik mutaxasisligidan G.Mushel, cholg’ulashtirishda A.Kozlovskidan 
saboq oldi. 1972-yili N.Norxo’jayev imtiyozli diplom bilan konservatoriyani bitiradi 
va bekobod musiqa bilim yurtiga yo’llanma oldi.
Kompazitorning ijodida qo’shiq ustuvor ahamiyat kasb etadi. U zamindosh 
shoirlar bilan hamkorlikda turli mavzularda 100dan ortiq Estrada va bog’cha 
bolalari va maktab o’quvchilariga qo’shiqlar yaratadi. Yosh bastakorning bolalar 
uchun 1975-yilda yozgan “Hakkalar” ilk estrada qo’shig’I mashhur bo’lib ketdi. 
Bundan ilhomlangan kampazitor “Yaxshi bola” “Salom bergan bolalar”
“Yulduzlarmiz yulduzlar” “Xox o’qishda, Xox uyda” “Gullar manim kulganim” 
“Bog’cha opa, xafa bo’lmang” “Bobo xo’roz” “Xumo qushi” “Varragim”
“Olmalar” “Gijinglagan toychog’im” “Sayyoraxon” “Kichik chegarachi” “Ex maza, 
Ex maza” “Yod olamiz, shodlanamiz” “O’ynasangchi, tipratikan” kabi aoyib 
qo’shiqlar muallifi sanaladi. Bundan tashqari o’rta maktab o’quvchilarining musiqa 
darsliklarida uning bir qancha qo’shiqlari reja bo’yicha berilgan, bulardan “Keng 
Turkiston” deb nomlangan qo’shig’ini musiqiy tomondan bir taxlil qilib chiqsak.
Qo’shiq P.Mo’min she’ri asosida yozilgan bo’lib, “Mari” suratida (teligida) ijro 
etiladi. Qo’shiqning asosiy tonalligi d-moll (ne-major)da, hech qanday o’zgarishsiz 
keladi. Bu qo’shiq bolalar uchun yozilganlligi sababli ham oddiy 2/
4
o’lchovda 
keladi. Qo’shiq “Bandlli” shaklda yozilgan bo’lib, 3ta band va ulardan keyin 
keladigan 3ta “Naqarot” qismlarini o’z ichiga oladi.
Bosh mavzu bandlarining kuy mavzusiga kelsak, kuy kuchli hissadan boshlandi 
sakkiztalik cho’zishda, iboralarning uzunligi, bir xil bo’lib, bandalar ikki jumladan 
iboprat bo’lgan kvadrat (takroriy tuzulmali) davriya shaklida yozilgan. Jumlalardan 
tantlar soni bir xil (8t+8t).


33 
Qo’shiqning “Naqarot” qismiga kelsak, kuy mavzusi, cho’zilishi, ritmi, 
masshtabi-xajmi, uzunligi bir xil juda ham o’xshash. Naqarot qismi ham juda kuchli 
hissadan (Sol) tovushining sakkiztalik cho’zilishida bir necha marta
takrorlanishidan boshlanadi.Takrorlangan 2 jumladan iborat bo’lgan kvadrat davriya 
shaklida yozilgan. Kadensiyasi to’liq toninyada tugaydi. (Re tovushida). 
Sagno belgisi naqot qismining oxirgi taktida kelib, ikkinchi va uchinchi 
bandlarida o’zgarishsiz takrorlanishidan darak beradi. Qo’shiqning faqat 
bandlaridagi so’z-teksti o’zgaradi xolos (naqarotlardan tashqari). “Soda” sifatida 
kompazitor qo’shiqni yakunlash maqsadida 4taktdan iborat bo’lgan yakunlovchi 
funksiani qo’llaydi. Shu bilan ikkinchi oktava re tovushi yrimtalik so’zlarda to’liq 
toniyada (feramata belgisi ostida) qo’shiq yakunlanadi. Qo’shiqning qisqacha 
sxemasini quydagicha ko’rsatish mumkin.
Kompazitorlar jumladan biz bolalarga atab yozilgan asarlarini tahlil qilayotgan 
N.Norxo’jayevning bir qancha darsliklarga kiritilgan asarlarning bolalar jamoalarida 
maktab musiqa darslarida o’rgatish usuliyoti va bajariladigan ishlar ko’lamini aniq 
tasavvur qilish kerak. O’qutuvchi qo’shiq o’rgatishni avvalo bolalarning ovoz 
apratini mashqlar yordamida tayyorlab, meyoriga keltirilaldi. 
Ikkinchi sinfda musiqa darslarini o’tishga doir metodik tavsiyalar
Sinf bolalari 
ovoz aparatining fizalogik xususiyatlari ya’ni nozikligi, mo’rtligi ovoz pardalarining 
to’la shakllanmaganligi bilan ham birinchi sinf bolalaridan kam farq qiladilar. 
Ularni umumiy ovoz diapazoni do
1
-do
2
atrofida bo’lib, falset tipida yangraydi.
Ikkinchi sinfda ham birinchi sinfdagidek dars tarkibiy (strukturaviy) tuzilishi, 
musiqa faolligi turlarining tematik birligi hamda mantiqiyligi muhim ahamiyatga 
ega . Darsdagi har bir ikkaviy faoliyat chorak tamasini yaratishga qaratadi, chorak 
temalari esa mantiqiy jihatdan nisbatan konkret o’rganiladi. Shu nuqtaiy nazardan 
quyida yangi programma talablariga ko’ra, darsda amalga kiritiladiga musiqa 
faoliyatlariga doir metodik tafsiyalar bayon etamiz. Ma’lumki musiqa tinglash(idrok 
etish) musiqa faoliyatining yetakhi turi hisoblanadi. Zeroki, darsda qo’llaniladigan 
barcha musiqa materiallari asosan eshitib o’zgartirish orqali amaliy faoliyat 
(kuylash, chalish, raqsga tushish, qadam tashlash)ga ko’chadi.musiqa tinglashga 


34 
doir asarlar mavzulari asosida yil mavzusi(musiqaning 3 tayanchi, musiqa nimani 
ifodalashi va tasvirlashi) ni yoritadi. Musiqa janri asosida o’zgartirishida bolalarning 
birinchi sinfda hosil bo’lgan musiqaviy ta’surotlari,bilim va ko’nikmalariga tayanish 
lozim. Shuning uchun birinchi va ikkinchi sinfdagi musiqa o’qitilishida uzviylikni 
vujudga keltirish zarur.
Musiqani badiiy va obrazli tushunish uchun zarur boladigan muhim bilimlar 
sistemasi chorak temalari va ularga doir kichik mavzular asosida hosil bo’ladi.
Xususan, bolalar musiqaning asosiy uch janri (qo’shiq, mashq va raqs)ni; har bir 
janrning o’ziga xos turlanishini ; uch janrning yirik asarlarida mujassamlashuvi va 
ularning qo’shiqona raqsona va marshona xarakterga ega bo’lishini bilib oladilar. 
Mazkur janrlar vositasida musiqa nima haqida “So’zlashi” va uning qanday 
ifodalanishini anglaydilar. Bu mavzular asosida olingan bilim va ko’nikmalar esa
IV-chorakda “musiqa nutqi nima?” degan tema asosida umumlashadi. Musiqa 
repertuari esa o’zbek xalq, kompazitorlarimiz musiqaning yorqin namunialaridan 
tashkil topgan. 
Qo‘llanmadagi tematika asosida berilgan musiqa asarlari vositasida quyidagi 
vazifalarni bajarish ko‘zda tutiladi: 
- o‘quvchilarda musiqaviy-badiiy didni rivojlantirish; 
- bolalarning musiqani idrok qilish tajribasini boyitish; 
- ularning musiqa haqidagi bilim doirasini kengaytirish va chuqurlashtirish; 
- bolalar sevgan kuy va qo‘shiqlar doirasini kengaytirish va boshqalar. Shu bilan 
birga musiqa asarlari vositasida pedagogik jihatdan muhim bo‘lgan yana quyidagi 
vazifa: milliy musiqani idrok etish tajribasi asosida kompazitor va bastakorlik 
musiqasi namunalarini badiiy idrok etishga o‘rgatish nazarda tutiladi. Shunday 
qilinganda musiqaviy tarbiyaning milliylik tuyg‘ulari uyg‘unligi kabi didaktik 
prinsip amalga oshiriladi. Shu boisdan o‘quv repertuari tarkibidagi qator qo‘shiq 
va vokal mashqlar berildiki, bu musiqa darslarida predmetlarning o‘zaro aloqasini 
vujudga keltirishga va tilni badiiy o‘rganishga ham katta yordam beradi. 
Musiqa tinglashda uni faol idrok etish va chorak mavzulari hakida musiqaviy-
nazariy jihatdan maqsadga muvofiq tushunchaga ega bo‘lish dars strukturasining 


35 
pedagogik jihatdan to‘g‘ri tuzilishiga bog‘liq. Dars tematikasi esa darsning badiiy 
kompozitsi ya sini vujudga keltirishni talab etadi. Binobarin, o‘qituvchi darsning 
barcha musiqaviy faoliyati va komponentlari amaliyotiga tayangan holda 
o‘quvchilarga, musiqa - san’atning tarkibiy qismi deb tushunishga o‘rgatmog‘i 
lozim. Buning uchun u o‘quvchining musiqani tinglab idrok etishi bilan musiqa 
ijrochilik faoliyatlari qo‘shiq aytish, cholg‘u- chilik elementlari, raqs va musiqali 
harakatlar)ning o‘zaro uyg‘unligini ishonchli dalillar bilan yoritmog‘i kerak. 
Garchi, tavsiyaninomadagi o‘quv materiallarining taxminiy rejalalashtirilishida 
darslarning tuzilishi ma’lum tartibda berilgan bo‘lsada, bundan hamma dars ham 
shu tartibda tuziladi, degan xulosaga kelmaslik lozim. Aks holda u dars 
mazmunini sxematiklik va yuzakilikka duchor etadi. Shuning uchun ham berilgan 
darslarning tematik planlari va ulardagi asarlar tartibi taxminiydir. Shu tufayli 
har bir dars rejasini tuzishda o‘qituvchi unga ijodiy yondoshib, uning 
strukturasini mantiqiy bog‘lab tuzishi hamda asarlar tartibini har bir sinf 
imkoniyatlariga muvofiq belgilashi darsning pedagogik maqsadlarini aniqlab 
olishga imkon beradi. Bunda o‘qituvchi ayrim asarlarni boshqasi bilan 
almashtirishi ham mumkin. 
Darsning aniq belgilangan tematik rejasi asosida umumiy mazmuni puxta 
ishlab chiqilishi lozim. Unda qo‘llanadigan har bir detal va musiqaviy faoliyat 
turlari, dars o‘tish uslub va metodlari, belgilangan pedagogik maqsadlari yagona 
yo‘nalishga - chorak mavzusini mukammal anglab olishga qaratilmog‘i lozim. 
Ana shundagina darsning kompozitsion tuzilishi (tashkiliy kirish qismi, dars 
jarayonining kulminasion nuqtasi - musiqaviy-nazariy mohiyat va pedagogik 
maqsadning to‘la-to‘kis ochilishi hamda bolalar olgan bilim va malakalarning 
dars oxirida umumlashuvi) ni vujudga keltirish mumkin bo‘ladi. Shunga alohida 
e’tibor berish lozimki, darsning kulminatsion nuqtasi bolalarda faol qiziqish 
uyg‘otib, badiiy-emotsional kechinmalar vujudga keltira olsagina darsning 
emotsional dramaturgiyasi ga erishish mumkin. Har bir musiqa darsi uchun sinfga 
kirish va chiqishga mo‘ljallangan musiqa asarini ham o‘qituvchining o‘zi tanlashi 
maqsadga muvofiqdir, zero, mazkur asarlar dars dramaturgiyasidagi kulminatsion 


36 
momentning muhim elementi yoki vositasi bo‘lmog‘i lozim. Shuni unutmaslik 
kerakki, faqatgina dars mazmunining mantiqiy dramaturgiyasi darsning qiziqarli 
o‘tishiga omil bo‘la oladi. Mazkur darslarning tarkibiy tuzilish va mantiqiy 
dramaturgiyasi misolida musiqa darsi zamonaviy xarakterga ega ekanligini 
ko‘rish mumkin. 
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, musiqa darsi san’at darsi sifatida 
o‘qituvchidan ijodkorlikni talab etadi. Musiqa o‘qituvchisining faoliyatini dars 
rejasi va mazmuni (plan-konspekti)ni tuzishda senariy avtorining ishi bilan, 
mazkur darsga ijodkorona tayyorgarlik ko‘rishini rejissorning ishi bilan hamda 
sinfda mahoratli dars olib borishini ijrochi san’atkor artist faoliyati bylan 
taqqoslash mumkin. Darhaqiqat, yirik musiqa asarlari (opera, balet, simfoniya) 
bir necha janrga doir musiqa qismlarining mantiqan bog‘lanishi bilan vujudga 
kelg‘anidek, bir soatlik musiqa darsida ham o‘rganiladigan turli janr va 
xarakterdagi asarlarning chorak mavzuiga muvofiq mantiqan bog‘lanib bir butun 
mazmunga ega bo‘lishidan “yirik musiqa asari” vujudga keladi. 
Dars unumi o‘quvchilarda hosil bo‘lgan yorqin musiqaviy taassurotlar va 
badiiy-estetik kechinmalar, musiqa tuzilishi va ifoda vositalari haqida bilimning 
boyishi hamda malakalarning takomillashuvi bilan o‘lchanadi. O‘quvchilar bilan 
amalga oshiriladi- gan har bir musiqaviy faoliyat turi o‘zining mantiqiga, 
beriladigan bilim, tushuncha hamda hosil bo‘ladigan malaka va ko‘nikmalarning 
muayyan sistemasiga ega bo‘lmog‘i lozim. Musiqani tinglab idrok etish 
jarayonida olia digan bilim, shakllanadigan malaka va ko‘nikmalar kundalik 
musiqaviy hayotimizda uchrab turadigan oddiy musiqa janrlarini farklay bilish 
va ularnig xarakterini ajrata bilishdan iboratdir. Bunda bolalarning birinchi sinfda 
olgan bilim va muzkaviy taassurotlariga tayanish lozim. Ikkinchi sinfda esa
mazkur bilim va malakalar chuqurlashib, takomillo shadi hamda konkretlashadi.
Masalan, birinchi sinf bolalar marsh musiqalarining jadal, shaxdam xarakterini 
musiqa ohangiga mos qadam tashlash bilan ajratadilar. Ikkinchi sinfda esa 
marsh - bu musiqa janri ekanligi, shu bilan birga marshlar hayotda
qo‘llaniladigan o‘rniga ko‘ra bir necha turlar (o‘yin choqlar, bolalar, o‘quvchilar 


37 
marshlari, sport, bayra harbiy marshlari hamda yirik musiqa asarlari tarkibidagi 
fantastik marshlar) ga bo‘linishi xaqida konkret bilim va tushunchaga ega 
bo‘ladilar. Shu tarzda qo‘shiq va raqs janrlari ham o‘rganiladi. Bunda mazika 
tinglash, asarlarni oddiy tahlil qilish, kuylash. musiqa xarakterini harakatlarda 
ifodalash va bola lar cholg‘u asboblarida chalish, musiqaga ritmik jo‘r bo‘lish 
kabi amaliy faoliyatlar – bolalarda mustaqil fikrlash, izlanish va ijodkorlik 
elementlarini kuchaytirishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. 
Musiqa janrlari va ularning shakliy tuzilishlarini anglab olish uchun 
musiqaning ifodaviy vositalarini o‘rganish zarur. Bu asosan musiqa obrazlarini 
anglash, his etish va tasavvur etish orqali amalga oshiriladi. O‘qituvchi ikkinchi 
chorakda musiqaning asosiy janrlarini ajrata bilishga o‘rgatish shutariqa davom 
ettirib, o‘qkuvchilarda musiqaning ifodaviy vositalari haqida ilgari hosil bo‘lgan 
bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlaydi. Shu maqsada berilgan turlicha mashqlar 
va musiqaviy misollar o‘quvchilarga fakat musiqaning ifoda vositalari haqidagina 
tushuncha berib kolmay, ularning tembr, temp, ritm, lad, dinamika va boshkalar 
orqali u yoki bu musiqa obrazi qay tarzda vujulta kelishini bilib olishga ham 
yordam berishi lozim. Janr haqidagi bilimlar uchinchi chorakda musiqaning 
qo‘shiqona, raksona va marshona singari ko‘rinishlari bilan umumlashadi. Bunda 
bolalar yirik asarlar oddiy janrlar qo‘shiq, raqs va marshlarda vujudga kelishi 
haqidagi tushunchaga ega buladilar. Bu esa bolalarni simfoniya va opera kabi 
jaddiy asarlari olamiga olib kirishning eng oddiy qulay va yaqin yo‘lidir.
Musiqaning “tili”, ya’ni ifoda vositalari asosida obrazlar hosil bo‘lishi, ifoda 
vositalari almashinuvi natijasida esa musiqa obrazlarining o‘zgarishi “Dutor 
bayoti”, “Olmani otdim”, haqida tushuncha to‘rtinchi chorakda chuqurlashib, 
umumlashadi. Shu asosda har uchchala chorakda olingan bilim va ko‘nikmalar 
yakunlanadi. Bunda o‘qituvchining vazifasi bolalarni musiqani “kuzatib” 
tinglashga va obrazlar o‘zgarishini anglab olishga o‘rgatishdan iboratdir. 
Musiqa xarakteri va janr xususiyati asosida obrzlarni anglash va shu munosabat 
bilan asar tuzilishidagi (kontrast)ni his etish ham yirik musiqa janri «olami»ga 


38 
kirishning muhim yo‘lidir. Shuning uchun o‘qituvchi to‘rtinchi chorakda 
o‘quvchini kontrastni his eta olishga o‘rgatishni o‘ziga maqsad qilib olishi lozim. 
Bunda eng muhim va hal qiluvchi omil bolaning asardagi mazmun va shakl 
birligini anglab olishiga erishishdan iboratdir. Shuning uchun ham to‘rtinchi 
chorakda oldingi choraklarda o‘rganilgan asarlar takroran tinglanadi, ammo yangi 
talablar nuqtai-nazaridan, ya’ni asarda mazmun va shaklning uyg‘unligini
kontrastlar orqali idrok etish nazarda tutiladi. Bu esa tanish asarlarda shakl va 
janr, musiqaning vositalari (musiqa nutqi) haqida bolalarda umumlashgan 
tushuncha va ko‘nikmalarni shakllanti- imkon beradi. Ohanglar vositasida 
asarning badiiy obrazi va g‘oyaviy mazmuni anglab olinadi.Mazkur masuliyatli 
vazifani amalga oshirishda o‘qituvchi mahoratli musiqa ijrochisi va mohir 
pedagog bo‘lishi muhimdir. 
Tahlil davomida asarning mazmuni, g‘oya yoki syujeti bi1an birga uning 
yaratilish tarixi, davri, hayotda qanday voqeliklarga uchraganligi, kompozitor 
hayotidagi asar bilan bog‘liq bo‘lgan muhim lavhalar haqida. Hikoya qilib 
berishni unutmaslik lozim. Suhbat jonli va qiziqarli, hikoya qisqa va obrazli 
bo‘lmog‘i lozim. 
Bolalar muziqani chuqur idrok etishi uchun quyidagi faoliyat turlaridan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir: 
a)xor bilan ashula aytish; 
b)chapak va urma cholg‘u asboblarda chalib muziqaga ritmik jo‘r bo‘lish; 
v)muziqa xarakteri yoki obrazlarini harakatlarda ifodalash. 
Amaliy faoliyatning har uchchala turi ham chorak temasiga bo‘ysungan bo‘lib, 
tinglash va xor bilan kuylashga doir asarlarning pedagogik vazifalaridan kelib 
chiqishi lozim. Shuning uchun ham xor bilan ashula aytish muziqa tinglash qatori 
yetakchi faoliyat hisoblanadi. Bunda tinglash .orqali .hosil etilgan musiqaviy 
taassurotlar va ko‘nikmalar amaliy faoliyatda mustahkamlanadi. Berilgan o‘quv 
materiallarining taxminiy rejalashtiri-lishida har bir darsdagi o‘rganiladigan 
vokal-xor mashklari, mashq-qo‘shiq va qo‘shiqlarga doir metodik tavsiyalar 
bayon etilgan. Musiqa o‘qituvchisi programmadagi umumiy talablar asosida 


39 
birinchi sinf qo‘llanmasida bayon etilgan metodik tavsiyalardan xabardor bo‘lgan 
holda ish tutishi lozim bo‘ladi. 
Ikkinchi sinfda vokal-xor ishlari birinchi sinfda olingan bilim va malakalarni 
mustahkamlash va ashula aytishdagi mavjud nuqsonlarni tuzatib borishdan 
iboratdir. Bunda bolalarning ashula aytish jarayo- nidagi musiqa o‘quv 
qobiliyatlarini aktiv rivojlantirish va bu ularning umumiy musiqa idroki ravnaqi 
uchun muhim ekanligini hisobga olish lozim. 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə