Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining o‘quv jarayonidagi ahamiyati Reja


Axborot muhitida tеzlik tushunchasi, birliklari va axborot kanallari sig’imi



Yüklə 294,59 Kb.
səhifə3/4
tarix17.02.2023
ölçüsü294,59 Kb.
#100989
1   2   3   4
Kompyuter tarmoqlarining o‘quv jarayonidagi ahamiyati

Axborot muhitida tеzlik tushunchasi, birliklari va axborot kanallari sig’imi. Ma'lum vaqt oralig’ida aloqa muhitlari orqali uzatiladigan axborot hajmi - uning uzatilish tеzligini bеlgilaydi.
Xar qanday harakatlanuvchi jism va modda uchun tеzlik tushunchasi va uning o’lchov birliklari mavjud bo’lganidеk, axborotning ham uzatish tеzligi hamda o’lchov birliklari mavjuddir, bular:
Bit/sеkund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan bitlar soni;
Kbit/sеkund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan minglab yaxlitlangan bitlar soni;
Mbit/sеkund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan millionlab yaxlitlangan bitlar soni;
Gbit/sеkund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan milliardlab yaxlitlangan bitlar soni.
Axborot kanallarining sig’imi ular orqali ma'lum vaqt oralig’ida uzatiladigan axborot hajmi bilan bеlgilanadi. Bu o’z navbatida axborot kanallarining o’tkazish qobilyatini anglatadi.
IP manzil (o'qilishi (ay-pi adres) ingilizcha Internet Protocol)- Qurilmaning tarmoqdagi takrorlanmas virtual nomi hisoblanadi.
IP adreslarning xozirda ikki avlodi mavjud.

  1. IPv4 (Internet prtocolining to'rtinchi avlodi).

  2. IPv6 (Internet prtocolining oltinchi avlodi).

3. Maktab ta’limida kompyuter tarmoqlaridan foydalanish o’quvchilar, o’qituvchilar va ota-onalar o’rtasida doimiy aloqani taminlashda asosiy vosita sanaladi. Tarmoqdan maqsadli foydalanish ta’lim samaradorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Tarmoqning o’quv jarayonida quyidagi afzalliklarni taqdim etadi:

Tarmoqda raqamli vositalar birlashtiriladi va foydalanuvchilarga masofadan turib ulanish va o’quv jarayonini olib borish imkonini beradi. Bu, o'z navbatida, o'quv jarayoniga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi yangi texnologiyalarni ta’limga joriy qilishga imkon beradi. Maktab kompyuter tarmog’i o'quvchilarni komunikatsiyaga chorlaydi, ularga birgalikda jamoa bo’lish va loyihalarni ishlab chiqish imkonini beradigan kompyuter platformalariga tayanadi. Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, ta'limga ushbu yangi yondashuv maktabda o'qishning birinchi yillaridanoq integratsiyalashuv qobiliyatiga ega bo'ladi va butun maktabni bitta oila ko’rinishida birlashtiradi. O’quvchilar ma'lum maqsadga erishish uchun har bir a'zo (o’quvchi) o'ziga xos rolga ega bo'lishi va kichik guruhlarda ishlashi lozim. Kompyuter tarmog’i katta hajmdagi ma'lumotlarga tez, oson va istalgan joydan kirish imkonini beradi, ma'lumotlarni saqlash va almashish uchun tarmoqdan foydalanish o’quvchilar uchun juda qulay, tarmoqda o’quvchilar bilimini baholashda foydalanish mumkin bo’lgan dasturlarni qo’llash kabi imkoniyatlarni taqdim etadi. O’quvchilar tarmoqda jamoa bo’lib ishlashda ma’lum majburiyatlarni olishi ularda ma’suliyat hissining erta shakllanishiga yordam beradi. Tarmoqda o’quvchilar zamonaviy texnologiyalar orqali munosabatlarni o’rnatishni o’rganadi. Bunga yozma, hujjatlar, elektron pochta, onlayn taqdimotlar yoki video qo'ng'iroqlar misoldir.
Maktablarda kompyuter tarmog’idan foydalanish o’quvchilar uchun yangi raqamli platformalar orqali tarmoq amaliyotini yo’lga qo’yadi. Bu esa ularda o’quv jarayonining yanada qiziqarli bo’lishiga sabab bo’lishi mumkin.

Yüklə 294,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə