Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining turlari. Ularning klassifikatsiyasi. Kompyuter tarmoqlarining tuzilishi va qo‘llanilishi. Lokal kompyuter tarmog‘iga kirish. Lokal tarmoq topologiyasi. Reja



Yüklə 223 Kb.
səhifə2/6
tarix29.11.2023
ölçüsü223 Kb.
#142853
1   2   3   4   5   6
06-21 XAKIMOVA DILRABO QAYTA O\'ZLASHTIRMA ISHI

Lokal tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba’zan, telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma’lumotlarni birgalikda qayta ishlash va ma’lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. . Shuning uchun bittadan ko‘p kompyuterga ega bo‘lgan firmalar o‘z kompyuterlarini lokal tarmoqqa birlashtiradi.

Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va seleksiyalash lozim bo‘ladi. Marshrutlash bu – kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo‘lini aniqlash jarayonidir. Seleksiyalash – tegishli manzildagi axborotni saralash demakdir.

Mintaqaviy tarmoq – biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o‘zida mujassam-lashtirgan tarmoq. . Bunday tarmoqda bir nechta markazlashgan (ya’ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) juda quvvatli serverlar mavjud bo‘ladi va bunday serverlar o‘rtasidagi axborot aloqa kabeli, optik tolali yoki sun’iy yo‘ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi.

Global tarmoq – dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o‘zida birlashtirish imkoniga ega bo‘lgan tarmoq. Bu tarmoq internet deb ham yuritiladi. . Internet bilan birga intranet tushunchasi ham ishlatiladi. . Intranet – bu internet texnologiyasi, dastur ta’minoti va bayonnomalari asosida tashkil etilgan, ma’lumotlar ombori va elektron jadvallar bilan jamoa bo‘lib ishlash imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot miqyosidagi yangi axborot muhitini tashkil etuvchi kompyuter tarmog‘idir.

Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi jihati bilan farqlanadi: bir yoki bir nechta serverdan tashkil topgan tarmoq mijozi undagi ma’lumotlardan foydalanish uchun ularning qaysi serverda, qaysi katalogda, qanday nom bilan saqlanayotganligini, ularga kirish usul va shartlarini bilishi zarur bo‘ladi. . Internetda esa bunday noqulayliklarning oldi olingan bo‘lib, uning foydalanuvchisi bunday ma’lumotlarni bilishi shart emas.


Yüklə 223 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə