Mavzu: kompyuter testlari yordamida o’quvchilar bilimini nazorat qilishni loyihalashti kirish mavzuning dolzarbligi


II BOB. BAHOLASH TIZIMIDA TEST ORQALI BILIM KO’NIKMA VA MALAKANI ANIQLASHNING AFZALLIK JIHATLARI



Yüklə 46,46 Kb.
səhifə5/9
tarix13.10.2023
ölçüsü46,46 Kb.
#127751
1   2   3   4   5   6   7   8   9
KOMPYUTER TESTLARI YORDAMIDA O’QUVCHILAR BILIMINI NAZORAT QILISHNI LOYIHALASHTIRISH

II BOB. BAHOLASH TIZIMIDA TEST ORQALI BILIM KO’NIKMA VA MALAKANI ANIQLASHNING AFZALLIK JIHATLARI
2.1. O’quvchilarda bilim darajasini aniqlovchi texnologiyalar
Matematika va informatikadan 45-minutlik dars o'tilgan mavzuni o'quvchilardan so'rash yangi mavzuni bayon qilish, uni mustahkamlash, o'quvchilaming bilim, ko'nikma va malakalarini tekshirish kabi qismlarga ajratish, o'tiladigan har bir darsni didaktik maqsad va mazmunini tushunarli bo'lishini ta'minlaydi.
Maktab matematika va informatika darslarida yangi mavzu mazmunini tushuntirish asosan uch xil usulda olib boriladi. Ular ma'ruza, suhbat va mustaqil ishdir.
Hozirgi yangi pedagogik texnologiyani mohiyati ham suhbat metodi orqali yangi mavzu mazmuni ochib berishdan iboratdir. Bunda mavzu mazmunini o'qituvchining o'zi bayon qiladi, lekin mantiqiy mulohazalar vaqtida va turli hisoblashlarni bajarishda o'qituvchi o'quvchilarga mavzu mazmunini ochib beruvchi mantiqiy ketma-ketlikka ega bo'lgan savollar tizimi orqali murojaat qiladi, o'quvchilar ana shu savollarga javob berish orqali mavzu mazmunini chuqurroq o'zlashtirib oladilar.
Sinfda yangi materialni o'rganishda qo'llaniladigan usullardan yana biri bu o'quvchilaming mustaqil ishlaridir. O'quvchilaming mustaqil ishlarida misol va masalaiar yechishni mashq qilish, teorema isbotlarini turli xil usullarda bajarish (agar imkoni bo'lsa), mavzu mazmuniga qarab natijaviy formulalarni chiqarish va unga doir misollar yoki masalalami tadbiq kilish kabi o'quv metodik ishlar amalga oshiriladi. Masalan, o'qituvchi to'la kvadrat tenglama va uning ildizlarini topish mavzusi o'tilgandan keyin, keltirilgan kvadrat tenglama va uning yechimlarini topishni mustaqil ish sifatida berishi mumkin, Bunda o'qituvchi o'quvchilarni kvadrat tenglama va uning yechimlari mavzusining mazmunini ochib beruvchi mantiqiy ketma­-ketlikga ega bo'lgan savollar tuzishi bilan o'quvchilami yo'naltirib turishi maqsadga muvofiqdir. O'qituvchi har bir o'quvchini qo'yilgan topshiriq mazmunini ochishdagi xato va kamchiliklarini to'g'rilab borishi lozim bo'ladi. Shundagina mustaqil ishlash usuli orqali o'quvchilar bilimini chuqurlashtirish mumkin bo'ladi.
Matematika va informatika darslarida ma'ruza metodidan ham foydalanib darslar o'tiladi. Bu holda o'qituvchi' o'quvchilami mulohazada ishtirok etdirmasdan, mavzu mazmunini yolg'iz o'zi bayon etadi. Shu bilan birga bayon etilayotgan mavzu mazmunidah nimani yozib olish, qanday chizmani chizib olish, doskadan nimalami ko'chirib yozish kerakligi o'quvchilarga aytib beriladi. O'qituvchi nazariy materialnigina emas, balki masalalami yechilishini ham o'zi bajarishi, hamda mantiqiy mulohazalarni o'zi aytishi va barcha chizmalarhi chizish va yozuvlarni yozishni ham o"zi bajarishi mumkin. Bunda o'qituvchining mavzu mazmunini bayon qilish usuli o'quvchilar uchun namuna bo'Iishi, o'quvchilar ham o'z fikrlarini o'qituvchilardek bayon etishga intiladigan bo'Iishi kerak. O'qituvchilaming nutqi savodli, mulohaza va isbotlari etarli darajada asoslangan bo'Iishi hamda nutqi ravon bo'Iishi kerak. Agar darsda qo'llanilgan metodlar o'quvchilarda qiziqish tug'dirgan, ular diqqatini jalb qilgan bo'lsa, o'quvchilar mavzudagi asosiy mulohazalarni to'g'ri takrorlab bera olgan boisalar, demakki, o'qituvchi mayzu mazmunini yoritishda qo'llangan metodidan qanoat hosil qilishi mumkin.
O'tilgan mavzuni mustahkamlash deganda biz asosan o'quv materialini nazariy ma'Iumotlarini takrorlash hamda o'quvchilami o'tilgan mavzu materiallari yuzasidan malaka va ko'nikmalarini shakllantirish uchun; misol, masalaiar yechish orqali o'tilgan darslarini takrorlab mustahkamlashni tushunamiz. O'tilgan materialni takrorlash ilgari olingan bilimlami yangilashga, o'tilgan mavzu mazmuniga umumiyroq nuqtai-nazardan qarashga yordam beradi.
O'tilgan mavzu mazmuninii mustahkamlashda asosan quyidagilarga e'tibor berish kerak.
-Yangi mavzt mazmunida ishlatilgan asosiy tushun­chalarni o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilganlik darajasi.
-Yangi mavzudagi teorema yoki uning isbotini o'quvchilar tononidan aytib berilishi darajasi.
-Yangi mavzu o'rganilgan teorema va formulalardan misol, masalilar yechishda o'quvchilarning foydalana olish darajasi.
-O'quvchilarnhg yangi mavzu mazmunini kundalik hayotda uchraydigan elementar muammolarga tadbiq qilish darajasi
O'quvchilami bilim, ko'nikma va malakalarini tekshirish o'tilgan materiallar yuzasidm og'zaki so'rash yoki yozma ish olish usuli bilan aniqlanadi.Bunday tekshirish darslarini o'tkazish o'qituvchi tomonidan bir hafta oldin e'lon qilinib, o'quvchilarga og'zaki so'raladigan mavzu materiallari va ular asosida o'qituvchi tomonidan tuzilgan savollar ketma-ketligi beriladi Agar tekshiruv darsi yozma ish orkali o'tkaziladigan bo'lsa, bunda ham yozma ish variantida tushadigan misol va masalalar qaysi mavzularga taalluqligi o'qituvchi tomonidan bir hafta oldin aytib qo'yiladi.
O'quv materialini takrorash va umumlashtirish. Maktab matematika va informatika danlarida biror bob o'tib bo'lingandan keyin ana shu bob mavzu materallarini umumlashtirish xarakteridagi takrorlash, umumlashtirish darslari o'tkaziladi.
O'tilgan materiallami takrorlash-umumlashtirish darslari ilgari otingan bilimlarni yangilashga, ularni ma'lum bir tizimga solishga va o'tilgan materialga unumiyroq nuqtai-nazardan qarashga yordam beradi. Maktab matematka va informatika darslarida takrorlash-umumlash­tirish darslarini quyidagi turlarga ajratish mumkin.
1. O'quv yili boshidagi takrorlash-umumlashtirish.
2. Kundalik takrorlash.
3.Tematik takrorlash-umamlashtirish darsi.
4. Yakuniy takroriash-umumiashtirish darsi.
Har bir takrorlash darsini o'z o'rni va maqsadi bordir. O'quv yili boshidagi takrorlash darsida o'qituvchi avvalgi sinfda o'tilgan asosiy mavzu materiallarining mazmunini hamda bu mavzularda ishlatilgan asosiy matematik tushunchalarni o'qituvchining o'zi takrorlab imkoniyati boricha umumlashtirib beradi. Matematika fanini o'zi shunday fanki, o'qituvchining o'zi har bir darsda yangi mavzuning mazmunini tushuntirish jarayonida ilgari o'tilgan mavzular mazmuni va ulardagi matematik tushunchalardan foydalanib dars o'tadi. Bunday takrorlashni kundalik takrorlash darsi deb yuritiladi.
Matematikadan biror bob mavzu materiallari o'tib bo'linganidan keyin alohida takrorlash-umumlashtirish darslari o'tkaziladi. Bunday takrorlashni tematik takrorlash-umumlashtirish darsi deyiladi. Tematik takrorlash-umulashtirish darsi bo'lishidan oldin o'qituvchi takrorlanadigan bob mavzu materiallarini o'z ichiga oluvchi mantiqiy ketma-ketlikka ega bo'lgan savollarni o'quvchilarga bir hafta ilgari berib qo'yishi va ana shu savollar asosida tematik takrorlash darsi bo'lishini aytib qo'yishi lozim. Ana shu berilgan savollar asosida o'quvchilar bo'ladigan tematik takrorlash darsiga oldindan tayyorgarlik ko'radilar. Bunday takrorlash darsini o'qituvchi savol javob usuli orqali o'tkazadi. O'qituvchi rahbarligida o'quvchilar mavzularning ketma-ketligi va ularda qatnashayotgan matematik tushunchalar orasidagi mantiqiy bog'lanishlarni tushunib etadilar. Natijada o'quvchilarning ana shu bob mavzu materiallari yuzasidan olgan bilimlari mantiqiy ketma-ketlikka ega bo'ladi va umumlashadi.



Yüklə 46,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə